Illyustratsiya
Illyustratsiya
(lot. illustratio —
yoritish, koʻrgazmali tasvirlash) — tasviriy sanʼatning adabiy
asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini bilan bogʻliq sohasi. Matnga qoʻshimcha tarzda
uning mazmunini obrazli yoritishga, toʻldirishga xizmat qiladi. Ilk qoʻlyozma
kitoblar paydo
boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻlyozmalar mi-niatyuralar bilan bezatilgan, kitob
nashr etish va ksilografiyaning yuzaga kelishi I. ni grafshapshnt yetakchi sohasiga aylantirdi.
Xitoyda 6—7-asr larda dastlabki ksilografiyaga oid I., 16-asr oxirida rangli gravyura yuzaga
kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-asr boshlarida paydo boʻlgan, gullab yashnagan davri
18— 19-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Yevropada (15-asr) I. miniatyura sanʼati bilan uzviy bogʻliq
boʻlgan, diniy,
didaktik, keyinchalik insonparvar gʻoyalarni tarqatuvchi vositaga aylangan. 16-
asr oxiriga kelib I. mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa ishlanib, matnga
yopishtirilgan. 18-asr da I. bilan kitobning
aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul
va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratish qoidalari rivojlandi. 18—19-asr lar chegarasida
tasviriy vosita — koʻndalang , kesmali gravyura va litografiya
yuzaga keldi; 19-asr uchun
tugallangan I. — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil chizgilar xos
boʻldi. 20-asr ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turlicha yondoshib, uni turlicha talqin eta
boshladilar.
20-asr 20-y. laridan I. gʻoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol oʻynadi,
texnik
imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi,
plakatchilik xususiyatlari na-moyon boʻldi, kitob va I. birligi kuchaydi, bolalar kitobi I. si
rivojlandi. Koʻpvaraqli turkumlarni yaratilishi I. ni dastgohli grafika bilan yaqinlashtirdi.
Sharqda, jumladan oʻzbek sanʼatida I. ishlash qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻrta
ayerlarda
klassik shoirlarning asarlariga I. ishlash keng tarqalgan. Ka-moliddin Behzod, Mahmud
Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir rassomlar shu sohada samarali ijod qilib,
Alisher
Navoiy, Bobur va b. klassik shoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar bilan bezagan. Biroq
oʻzbek I. sining haqiqiy rivoji 20-asr ga toʻgʻri keladi. Bu davrda oʻzbek I. si uslub va usul
jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Us to Moʻmin (A. Nikolayev), ʼ.Kaydalov, L. Abdullayev,
V. Kedrin, Ch. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Basharov va b. rassomlar shu sohada samarali ijod
qildi. Oʻzbekistonlik
rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va
goʻzal be-zalishiga samarali hissa qoʻshmoqda.
Ilmiynazariy matn (maqola, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yoritadigan,
maʼruzalarda fikrni tasavvur qilishga yordam beradigan koʻrgazmali tasvirlar (reproduksiya,
fotosuratlar, turli chizmalar) ham I. deb ataladi.
Neʼmat Abdullayev.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Illyustra
tsiya&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Illyustratsiya&oldid=21147
82
" dan olindi
Manbalar