www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
bila turib tepaman. O’zim xohlab, o’zim yig’layman. Yaxshi odamlarga ham duch keldim,
albatta. O’jarligim ularni ko’rishga, ergashishga to’siq bo’lardi. Amina, dadasi, Imom
afandi, matematika o’qituvchisi…Bu insonlar meni juda yaxshi ko’rishdi. Himoya
qilmoqchi bo’lishdi. Yordam bermoqchi bo’lishdi. Men esa? Zehnli, aqlli, ilg’or fikrli,
inqilobchi bo’laman, deb ularni mensimadim. Ko’zing ko’r bo’lsin. Bilaturib jarga qulash
deganlari shu-da…
Shu erkinlikmi?
Istanbulda mustaqilman, shundaymi? Sho’ri qursin bu erkinlikning. Tashqariga chiqsang
ortingdan bir suruv it…To’satdan oromingni buzishadi. O’qishga ketyapman. Juda
orqadaman. Tartibga kelishim qiyin. Yotoqxonadan ayrildim. Uy topishim kerak. Ammo
ijaraga katta haq to’lanadi. Har galigi to’lov ruhimdan, rostg’oyligimdan, xayollarim va
idelimdan bir parchasini olib ketadi. Shumi erkinlik? Yo’q, azizim, yo’q. Sen erkin
falonchi emassan. To’rt devor ichida yashayotgan qishloq qizining fikrlarida sening bu
qarashlaringdan ilg’orroq bir erkinlik bor. Gapir? Amina, Imom afandi mendan ko’ra
erkin emasmi? Men zamonaviy, ular eskicha. Miyamga bunday mantiqsiz fikrlar qaydan
keldi? Endi ulardan qutulolmayapman. Chiqarib tashlolmayapman. Ichishni
xohlayapman, bo’lmaydi. Uchishni xohlayapman. Qayg’ularimni unuttiruvchi sehr kerak.
Shu ahvolda ketsam manzil juda yaqin. Kinlarim yomon xonalarda, iflos uylarda, tark
etilgan burchaklarda o’tmoqda. U yerlarda ichar, faqat ichardim. Keyin esa ukol.
Topsam, albatta. Hozircha piyodaman. Ukollarni tashiydigan qizlar bor. Bu ham bir
tijoratmi? Keyin esa chidab bo’lmas iztirob. Mudhish bo’shliq…Nega yashayotganimni,
qayerdaligimni unutaman. Qaniydi, umuman uyg’onmasam. Bir mikrob yo’qolardi.
Ba’zan inqilobchi do’stlarim majlisiga qatnashaman. Haqiqat haqidagi yolg’on gaplarga
kulib qo’ya qolaman. Oh, haqiqatlar, tildagidek toza bo’lsa, to’g’ri chiqsa. “Obro’li
kurash, to’g’ri hayot, inson haqlari…”qanchalar go’zal emasmi? Xuddi shunday deb
hayqirganlarning hayotimizni zulmatga aylantirishi, bizni bir matohdek ishlatib, so’ngra
tashlashi? Mana shuning uchun isyon qilardim. Shuning uchun ichib alamlarimni
unutmoqchi bo’lardim. Kunlarim azobli, oylar umidsiz. Zo’rg’a ikkinchi kursga o’tdim. Bu
yog’I yoz mavsumi. Aminaning yuzlarcha da’vatlari ortda qoldi. Necha marotaba Imom
afandining ayoli va matematika o’qituvchim yo’qladi. Yo’q, yo’q. Yonimga kelmang,
mendan yaxshilik kutmang. Ular bilan gaplashsam, yanada terslashardim. Aminaning
ahvol so’rashi, matematika o’qituvchimning chin dildan samimiy bir tarzda “Qandaysan,
qizim?” deyishi…Imom afandini ayolining “Seni sog’indik” deyishi yuragimga bir og’riq
solardi. Bu yaxshi insonlarni ko’rgach, ichimda bir mudhish kurash boshlanardi. O’zimni
hisob berishga majburlovchi bir tuyg’u…Qilmishlarim uchun meni ayblovchi bir ovoz.
Shunday paytlarda o’zimni burda-burda qilib tashlagim kelardi. Nega men bunchalik
yomon odamman, deb ezilardim.
Eng yaxshisi ular bilan ko’rishmaslik. Ichaman, ichaveraman, o’zimni yo’qotaman,
alamlarimni unutaman. Yozda yana bekorchiman. Ish topishim kerak. Ammo meni
o’g’irlaganlar also o’z holimga qo’yishmaydi. ”Biz senga pul, ovqat, yoradigan joy
beramiz”. To’g’ri berishadi…Ammo endi yetar, axir mening ham izzat-nafsim bor-
ku…Nomim, ishim, obro’yim, ayolligim bo’lishi kerak. Yo’q hammasi bir-biriga qorishib
ketadi. O’zgarmas vat ark etilmas bir muhitdaman. Necha to’shak, necha “sevgili” necha
aldagan insonlar yoki aldanganlar…Titrayman, uyalaman, boshimni devorlarga uraman.
Meni xalos etuvchi yo’qmi…Ammo qutqarmoqchi bo’lganlarga ham yaqin yo’lamayman.
Bu holat meni yiqitadi. Ular yonimga kelishganida o’zimcha ulardan intiqom olardam.
Qanday qilib, deysizmi? Ayollarni matohdek biluvchi va ko’pxotinlikni yo’qlovchi va bu
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Do'stlaringiz bilan baham: |