Ma’naviyatshunoslik



Download 214,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.03.2022
Hajmi214,93 Kb.
#513448
  1   2
Bog'liq
1-mavzu



1-Mavzu.
 
“Ma’naviyatshunoslik” fanining obyekti, predmeti va 
ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni 
Ma’naviyat asoslari fani О‘zbekiston mustaqillikka erishgandan sо‘ng paydo 
bо‘lgan ijtimoiy fanlardan biri hisoblanadi. Fan о‘z о‘zidan mutlaq bо‘sh joyda 
paydo bо‘lmaydi, aksincha har bir fan ijtimoiy zarurat asosida shakllanib 
rivojlanadi. Ushbu qonuniyat Ma’naviyat asoslari fani uchun ham о‘rinlidir. 
Ma’naviyat asoslari fani quyidagi ijtimoiy zaruratlar asosida shakllangan. Bular: 
Birinchidan, О‘zbekiston xalqi mustaqillikni qо‘lga kiritib demokratik siyosiy 
tanlovni amalga oshirganligi. Demokratik siyosiy tizim jamiyat boshqaruvining 
insoniyat tomonidan kashf etilgan eng oliy shaklidir.
Bugungi ijtimoiy taraqqiyot demokratik siyosiy tizim sharoitidagina inson 
huquq va erkinliklarini ta’minlash, iqtisodiy-ijtimoiy yuksalish mumkinligini isbot 
etdi. Demokratik siyosiy tizim esa fuqarolarning yuksak ma’naviyatiga tayangan 
siyosiy-huquqiy madaniyat asosida boshqariladigan tizimdir. Shu bois О‘zbekiston 
jamiyatni ma’naviy yuksaltirishni, totalitar-avtoritar tizimdan demokratik siyosiy 
tizimga о‘tishning eng muhim shartlaridan biri deb e’tirof etadi. Jamiyatni 
ma’naviy yuksaltirish esa ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni ilmiytadqiq etishni 
hamda barkamol insonni tarbiyalashni zaruratga aylantiradi. Shuning uchun ham 
birinchi Prezident Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori» degan 
purhikmatga shioriy mazmun bergan edi. «Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan 
kam bо‘lmasligi, farzandlarimizning bizlardan kо‘ra kuchli, bilimli, dono va 
albatta baxtli bо‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar 
etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos 
ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat 
va mas’uliyatimizni yо‘qotsak, bu о‘ta muhim ishni о‘z holiga, о‘zbо‘larchilikka 
tashlab qо‘yadigan bо‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yо‘g‘rilgan va ulardan 
oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda о‘zimiz 
intilgan umumbashariy taraqqiyot yо‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin» . 
Ikkinchidan, jahonda inson ongi va qalbi uchun kurashlarni kuchayib 
borayotganligi hamda insoniyat hayotiga xavf soluvchi ma’naviy tahdidlar xuruji. 


Hozirgi zamonda manfaatlar tо‘qnashuviga barham berilgan emas. Manfaatlar 
tо‘qnashuvi aksariyat holatlarda inson ruhiyatida amalga oshirilmoqda. Insoniyat 
leksikoniga ilgari mavjud bо‘lmagan psixologik urush (psixologicheskaya voyna), 
axborot urushi (informatsionnaya voyna) kabi tushunchalar kirib keldi.
О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hozirgi 
zamondagi manfaatlar tо‘qnashuvini о‘ziga xos xususiyatlarini ifodalab haqli 
ravishda quyidagilarni ilgari surgan edi: – «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga 
qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish mumkin»; – 
«Eng dahshatlisi fikr qaramligi, tafakkur qulligi»; – «Milliy mafkura millatni 
birlashtiruvchi bayroqdir»; – «Mafkurasiz odam, jamiyat, davlat о‘z yо‘lini 
yо‘qotadi»; – «Ma’naviyatimiz qо‘limizda yengilmas kuchga aylansin»; – 
«Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchlidir»; – «Ongli turmush jamiyat 
taraqqiyotining bosh mezoni»; – «Maqsadimiz erkin shaxsni tarbiyalash»; – 
«Jaholat ma’rifatning kushandasi»; – «Jahonga о‘z sо‘zimizni aytaylik». 
Yuqoridagi hikmatli sо‘zlardan kо‘rinib turibdiki, har qanday ma’naviy 
tahdidlarga qarshi faqat yuksak ma’naviyatni qarama-qarshi qо‘yish, ma’naviy 
barkamol avlodgina ma’naviy tahdidlarni bartaraf etishga qodir ekanligidan 
dalolatdir. Uchinchidan, jamiyatni iste’molchilar jamiyatidan ishlab chiqaruvchilar 
jamiyatiga aylantirish, qullik psixologiyasini bartaraf etish, о‘zlikni anglash, 
fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirish zarurati. Tinglovchilarda 
Ma’naviyat asoslari fani predmeti, kategoriyalari, maqsadi va vazifasining 
mazmunini, uning ijtimoiy fanlar tizimidagi о‘rnini bilishlari tо‘g‘risida zaruriy 
bilimlar hosil qilish esa ushbu ma’ruzaning asosiy maqsadidir. 1. Ma’naviyat 
asoslari fanining predmeti, kategoriyalari va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan о‘rni 
Insoniyat yaratgan, о‘qib о‘rganayotgan har bir fanning predmeti va kategoriyalari 
mavjud. Biror-bir fan yо‘qki (u ijtimoiy yoki tabiiy fanlar), u о‘zining aniq 
izlanish, ilmiy-tadqiqot о‘tkazish sohasiga ega bо‘lmagan bо‘lsa.
Demak, fan predmetsiz va kategoriyalarsiz mavjud bо‘lmaydi. Bu barcha 
fanlar uchun universal qonundir. Ushbu qonun Ma’naviyatshunoslik fani uchun 


ham о‘rinlidir. Ma’naviyat asoslari fanining izlanish obyekti mavjud, shuning 
uchun ushbu fan oldiga hayotning о‘zi aniq vazifalarni qо‘ymoqda.
1994-yili respublika ma’naviyat va ma’rifat faollari bilan о‘tkazgan 
uchrashuvida Islom Karimov «Prezident – ma’naviyat homiysi» – deb e’lon qilgan. 
Ma’naviyat masalalariga panja ortidan qarovchi, qoldiq prinsipi asosida 
yondashuvchi hokim va quyi rahbarlarni tanqid ostiga olib, tegishli qaror va 
farmonlar chiqaradi. Endi о‘zingiz о‘ylang, davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan 
masalani bitta mavsumiy maxsus kurs doirasida о‘rganish mumkinmi? Albatta, 
yо‘q. Qolaversa, fanning maxsus kursdan farqi izlanish, ilmiy-tadqiqot о‘tkazish, 
anglab olinmagan narsalarni anglash, ilmiy bilimlarni ishlab chiqish va 
kо‘pchilikning intellektual mulkiga aylantirishdan iborat.
Maxsus kurslarni ta’lim tizimiga joriy etishdan maqsad bir necha fanlar 
tomonidan ishlab chiqilgan, kunning dolzarb masalasiga aylangan mavzuga oid 
bilimlarni 
tartiblashtirilgan 
(sistemalashtirilgan) 
shaklda 
tinglovchilarga 
yetkazishdan iborat bо‘lib, u doimiy emas, mavsumiydir. Taniqli olim T. 
Mahmudov esa «ma’naviyat»ni ham alohida fanlar, ijod turlari va faoliyatlari 
orqali о‘rgatish va о‘rganish uni mavhum holda tasavvur etishdan kо‘ra ming 
marta foydaliroq va maqbulroqdir» , – deydi. Bu borada faylasuf A. Begmatovning 
fikrlari ham alohida e’tiborga loyiq . Ikkinchidan, qanday qilib о‘ziga xos 
kategorial apparatga (tiliga) ega fanni kurs deb atash mumkin, axir maxsus 
kurslarda kategorial apparat yо‘q-ku. Yuqoridagi tanqidiy fikrlardan xulosa shuki, 
maxsus kurslar fan emas, maxsus kurslarning ayrimlari fanga aylanishi, 
aylanmasligi ham mumkin. Ma’naviyatshunoslik esa fan sifatida tarixan shakllanib 
ulgurgan va fan sifatida mavjud bо‘lgan. Faqat mustaqillik sharofati bilangina 
sobiq sovetlar davrida qatag‘on qilingan, quvg‘inga olingan fanlardan bо‘lgan 
Ma’naviyatshunoslik fani О‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov tashabbusi bilan boshqa fanlar qatori xalqqa qaytarildi. Bu tarixiy 
haqiqatni unutmaslik lozim.
Endi Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti nima? degan savolga 
quyidagicha javob berish mumkin. « Ma’naviyatshunoslik » inson ruhiyatining 


shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy tadqiq etuvchi, komil insonni 
tarbiyalash 
jarayonlarini 
о‘rganuvchi 
ijtimoiy 
fandir. 
Demak, 
«Ma’naviyatshunoslik» inson, uning kamoloti bilan bog‘liq barcha munosabatlarni 
о‘rganuvchi insonshunoslik fanidir.
Bu nomning qо‘yilishida о‘ziga xos ma’no bor. Ma’naviyatshunoslik 
deyilishiga asosiy sabab xalqimizning chuqur ma’naviy ildizlarga ega qadimiy xalq 
ekanligiga urg‘u berishdir. Birinchi Prezident Islom Karimov aytganidek, 
«ma’naviyat о‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilishi 
va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi». Ma’naviyatning 
asoslari quyidagilardan iboratdir: birinchi asos – xalqimiz tomonidan yaratilgan 
yozma va og‘zaki ijodiyot namunalari (bunda «Avesto», «Devonu lug‘otit turk», 
«Qutadg‘u bilik», «Alpomish», «Gо‘rо‘g‘li» kabi asarlar kо‘zda tutiladi); ikkinchi 
asos – xalq ma’naviyatining asosiy negizi bо‘lgan milliy an’analar, urf-odatlar, 
hikmatlar, askiya va boshqalardan komil insonni tarbiyalashda unumli foydalanish; 
uchinchi asos – umuminsoniy qadriyatlarga aylangan jahon intellektual mulki. 
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik milliy biqiqlikdan saqlab qoladi hamda milliy 
ma’naviyatni boyishiga olib keladi; tо‘rtinchi asos – О‘zbekiston Respublikasining 
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning milliy ma’naviyatning rivojlantirishga 
qaratilgan g‘oyalari.
Darhaqiqat, Islom Karimovning 23 jildli asarlarida «milliy ma’naviyatni 
rivojlantirish nazariyasi» yaratilgan. Bu asarlarni о‘rganish hamda ularni 
amaliyotga tatbiq etish esa dolzarb vazifadir; beshinchi asos – О‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun, farmon, farmoyish va qarorlari. 
Ta’kidlash joizki, har qanday qonun – xalq ma’naviyatining kо‘zgusidir. Shunday 
ekan, qonunlarning sifati, ijrosi, qonunga itoatkorlik, qonun ustuvorligi kabi 
muammolarni bartaraf etish shaxs kamoloti bilan bog‘liq hodisalardir.

Download 214,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish