O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho deyiladi.
MD taqsimlanishidan 
oldin tovar sotilishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot sotishdan kelib tushishi 
mumkin bo’lgan pul mablag’larining o’lchamini aniqlaydi va navbatdagi 
taqsimlash jarayonlari uchun boshlang’ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho 
tovarlarga bo’lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab 
chiqarishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho nafaqa va hatto minimal ish haqini 
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkich hisoblanadi. Agar 
davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy to’lovlarni o’zgartirishga va minimal 


15 
ish haqini oshirishga majbur bo’ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko’p 
mamlakatlarida davlat sotsial ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini 
boshqarib turibdi. Baho, shuningdek, bojxonaviy tartibga solishda va bojxona 
daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim 
mamlakatlarda bojxona bojlari ayrim tovar guruhlari bo’yicha sotib olish bahosi 
bo’yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar 
bo’yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo’lgan 
taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori 
oshadi. 
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar hisoblanishadi, lekin 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida ko’p hollarda ular bir-biri bilan 
bog’liq bo’ladi. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul 
fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus 
moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining 
harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko’rinishda tushuniladigan kredit 
davlatga bevosita bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli 
yetarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar o’rtasidagi vaqtinchalik 
uzilishni qoplash usuli hisoblanadi. Biroq, bir vaqtning o’zida, kredit - byudjet 
defitsiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar 
byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo’lgan paytda)
qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari tijorat 
banklarining hisobvaraqlarida saqlanayotgan bo’lsa, bu banklar uchun muhim 
ssuda manbaidir. 
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o’zining qaytariluvchanligi va 
muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi. Bir vaqtning o’zida, har 
ikki holatda ham ular pul mablag’larining harakatlanishini ifodalaydi hamda 
kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga 
chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar 
korxonalar va aholining bo’sh pul mablag’larini yig’adilar va ularni 
ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik
va muddatlilik asosida mablag’ga
ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga beradilar. Agar moliya qiymatning 
bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini 
ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o’rnatilgan 
foizlarni qo’shgan holda qaytarilishi kerak. 
Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga 
ega bo’lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, 
ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to’lanma, ya’ni pul deb atalishi
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo’lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan 
pul hisoblanadi. 


16 
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda 
davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli 
bo’lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga 
chiqarish (emissiya qilish) bo’yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining 
manbai hisoblanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati 
birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan o’zlarining funksiyalari va muayyan 
maqsadga mo’ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli 
bo’lgan barcha belgilarning majmui birgalikda ko’rib chiqilsa, ularning bir-
birlaridan farqlarini yanada yaqqolroq ko’rish
mumkin. Moliyaning funksiyalari 
bilan tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam beradi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish