606
Bu oynadan Sozdat Нoвый тест test bo‘limini
tanlasak testlarni tuzish
uchun oyna ochiladi (3-rasm).
3-rasm
.
Bu oyna dasturning ishchi oynasi hisoblanadi. Ishchi oynaning Добавить
тест bo‘limidan test yaratish amali boshlanadi. Ushbu bo‘limda pedagogik testlar
turlarining 11ta turi keltirilgan ularni kerakligini tanlab test tuzishimiz mumkin.
Ular quyidagilar:
1)
to‘g‘ri/noto‘g‘ri test turi –bunda savol berilib to‘g‘ri ѐki noto‘g‘ri javobini
tanlanadi;
2)
bitta javobni tanlash – bir necha variatdan kerakli javobni tanlash;
3)
bir necha javobni tanlash;
4)
satr kiritish – javobni satrga kiritish yo‘li bilan javob berish;
5)
mos keltirish – savollarni javoblariga mos keltirib qo‘yishorqali javob
berish;
6)
tartib – javobni kerakli tartibga keltirib javob berish;
7)
sonni kiritish – satrga savol javbiga
mos sonni kiritib javob berish;
8)
tushirib qoldirilgan –tushirib qoldirilgan so‘zlarni kerakli joyga qo‘yib
ѐzish;
9)
jamlagan javoblar–jamlangan javoblar ichidan to‘g‘ri javobni tanlash
orqali javob berish;
10)
so‘zlar ombori –so‘zlar omboridan kerakli so‘zlarni to‘g‘ri ketma
ketlikda qo‘yish orqali javob berish. Bunda so‘zlar omboriga so‘zlarni ham
kiritish kerak bo‘ladi.
11)
faol soha –rasmda aktiv sohani tanlab javob beriladi. Bunda rasmning
biror sohasini tanlash kerak bo‘lgan savol kiritiladi. Test tuzishda ana shu testlar
turini tanlab unga
mos savollar berib, javobini ham kiritish kerak bo‘ladi.
607
Mustaqil ta’limning yana bir shakli “Krossvord” tayyorlash bo’lib, uni
faqatgina tanlanga mavzu doirasida tayanch so’z va iboralardan foydalangan
tuzish tavsiya etiladi.
Mustaqil ta’lim shakllaridan yana biri mavzu doirasida glossariy
tayyorlashdir. Glossariy - mavzuni tez o‘zlashtirish uchun qulay bo‘lgan
qo‘llanma bo‘lib, mavzuda uchraydigan terminlarning lug‘aviy ma’nosini
bildiradi. Talaba glossariy tuzishda terminlarning izohini o‘zbek, rus va ingliz
tillarida ifodalashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, glossariyni iSpring Visuals
dasturi orqali ham yaratish imkoniyati mavjud.
Mustaqil ta’limning yana bir shakli “Tarqatma materiallar”
tayyorlash
bo’lib, tarqatma materiallar mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni to‘plash va
umumlashtirish bo‘lib, unda bugungi kundagi yangiliklar o‘z aksini topishi
lozim.
Yuqorida keltirilgan topshiriqlar bo‘yicha baholash mezoni V punktda
keltirilgan.
Mustaqil ta’limni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog’i kerak.
Talabalarni fanni mustaqil o’zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo’yilgan:
-
bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki
ham
ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan
birgalikda foydalanishi lozim;
-
o’rganilayotgan mavzu bo’yicha rivojlangan
davlatlar tajribalari qay
darajada ekanligiga e’tibor berilishi lozim;
-
ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo’lib, har bir
reja bo’yicha talaba o’z fikr mulohazalarini bayon etishi shart;
-
mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma’lumotlar aniq va to’g’riligiga
ishonch hosil qilish uchun manbasi ko’rsatilishi shart;
-
mustaqil ta’lim “Ilmiy loyiha” tarzda yoziladigan bo’lsa kirish, 3-4 ta reja,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, elektron (14
shriftda, 1,5 interntervalda 15-20 bet) shakllarida bo’lishi mumkin (1 -ilova).
-
mustaqil ta’lim taqdimot ko‘rinishida bo‘lsa, u “Power Point” dasturida
tayyorlanadi va unda titul varog‘i, mavzu, 3-4 ta reja, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhati (15-20 ta slaydlar)dan iborat bo‘lishi kerak (2-ilova);
-
mustaqil ta’lim test shaklida uch darajali testlar yoki “iSpring QuizMaker”
dasturida tuzilgan va ularning soni 15 tadan 20 tagacha bo’lishi
maqsadga
muvofiq (3-ilova).
-
glossariy mavzuni qamrab olgan holda, o‘zbek, rus va ingliz tillarida 15-
20 ta bo‘lishi talab etiladi (4-ilova);
608
-
mustaqil ta’lim krossvord test shaklida bo’lganda tanlangan mavzu
doirasida 10-15 ta tayanch so’z va iboralardan foydalangan holda tuzilishi kerak
(5-ilova).
Yuqoridagilardan
tashqari, fan mazmunini boyitish va uning
ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo’lga
qo’yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya
etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq
o’rganish; fanni mukammal o’zlashtirish maqsadida
talabalar tomonidan
mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo’llarini izlab topish va
muammolarni maqolalar orqali yoritishlari ham mumkin.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ushbu uslubiy ko’rsatmada keltirilgan
topshiriqlar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: