O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish 
Korxonalarning jamg’armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va 
markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanish jarayonidagi pul mablag’larining miqdoriy va sifat jihatidan 
harakatiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida 
shakllanishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslar fondlarining o’lchamiga bog’liq.
Mamlakatning iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo’lsa, uning o’sishiga xizmat 
qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta
bo’ladi. 


91 
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi 
moliyaviy resurslar fondining nimaga mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. 
Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi 
moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni 
boshqarish metodlari ham turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko’ra 
quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq: 

byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha dara-jalardagi byudjetlarning 
mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi; 

tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari – tadbirkorlik xo’jalik subyektlari 
tomonidan amalga oshiriladi; 

nobyudjet moliyaviy oqimlar – notijorat tashkilotlarining fondlarini 
shakllantiradi. 
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat: 

qonunchilik – Oliy Majlisning vakolatida; 

nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) – Hisob palatasi va mamlakatning 
boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo’mitalari va 
boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi; 

boshqaruvchanlik – korxona va korxonalar, banklar, soliq organlari, 
G’aznachilik apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa 
xizmatlarining vakolatida; 

nazorat-kuzatuv 
– korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga 
uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy oqimlar 
ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo’yicha yuqoridagi organlarning 
funksiyalari bir-biri bilan qo’shilib ketgan va ularni har doim ham ajratib (alohida 
qilib) bo’lmaydi. 
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylani-shining qonuniyatlariga 
muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan 
hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni samarali yechish uchun kerak 
bo’lgan tarzda va takror ishlab chiqarish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq 
ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali 
ekanligidan dalolat beradi. 
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’-larining etarli bo’lmagan 
hajmda va o’z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining 
buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi va daromad-larning olinishida 
uzilishlarning bo’lishiga, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatda keskin yo’qotmalarning 
bo’lishiga olib keladi. Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash 
mumkin: 


92 
𝑲
𝒔
=
𝑯
𝒎𝒐
𝑹
𝒎𝒐

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish