O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Xorijiy davlatlarda beta-koeffitsenti ko‘rsatkichi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

Xorijiy davlatlarda beta-koeffitsenti ko‘rsatkichi
133

O‘rtacha kvadrat 


og‘ishish
134
Korrelyasiya 
koeffitsenti 
Beta
135
Misr 
3.11 
0.18 
0.55 
Polsha 
1.93 
0.42 
0.81 
Tailand 
2.91 
0.48 
1.40 
Venesuela 
2.58 
0.30 
0.77 
Boshqacha aytganda menejer birinchi galda, investitsiyaning risk darajasini 
kompaniyaning va boshqa shved farmatsevtik kompaniyalarining beta 
133
http://www.spindices.com/indices/equity/sp-500
134
Mamlakat bozor indeksining o‘rtacha kvadrat og‘ishishining S&P indeksining o‘rtacha kvadrat og‘ishishiga 
nisbati.
135
Beta kovariatsiya darajasini dispersiyaga nisbatidan iborat. Koariatsiya darajasi quyidagi formula yordamida 
hisoblanadi: 
, bu yerda 
i-
mamlakatning bozor indeksi, 
m- 
AQSh bozor 
indeksi.


483 
koeffitsentlarini hisoblash orqali baholaydi. Menejer AQSHlik hamkasbidan 
farqli ravishda, betani SHveysariya bozor indeksiga bog‘liq holda hisoblaydi. 
Faraz qilaylik, ikkala holatda (kompaniya bo‘yicha ham, o‘rtacha soha bo‘yicha 
ham) beta-koeffitsent bir xil 1.1 ko‘rsatkichga ega va SHveysariya bozori 
bo‘yicha risk-premium 6%ni tashkil qiladi. Demak, kompaniya shveysariya 
frankidagi pul oqimlarini frankdagi foiz stavkasini 6.6% (=1.1×6%) stavkada 
diskontlashi kerak bo‘ladi.
Faraz qilaylik, kompaniya o‘zining yangi fabrikasini SHveysariyada emas, 
balki AQSHda ochmoqsi. Bunda ham moliyaviy menejer investitsiyaning risk 
darajasini SHveysariya bozor indeksiga bog‘liq holda hisoblaydi. Lekin, shuni 
e’tiborga olish lozimki, kompaniyaning AQSHdagi biznesining qiymati 
SHveysariya fond bozorining o‘zgarishi bilan yaqin bog‘lanmagan. SHunday 
ekan, Amerikadagi loyihaning beta-koeffitsenti bilan SHveysariya fond bozori 
o‘rtasidagi bog‘liqlik qo‘rsatkichi 1.1 darajaga past. Bu qanchalik past? YAgona 
foydali indikator sifatida SHveysariya bozor indeksiga bog‘liq ravishda 
hisoblangan AQSH farmatsevtika sohasining beta-koeffitsenti olinishi mumkin. 
Aniqlanishicha, bu ko‘rsatkich taxminan 0.36 ga teng. Agar SHveysariya 
bozorining kutilayotgan risk-premiumi hamon 6%ni tashkil qilsa, unda 
kompaniya shveysariya frankidagi pul oqimlarini o‘zining AQSHdagi loyihasini 
2.2% (=0.36×6) stavkada diskontlashi kerak.
Bu borada quyidagicha savol tug‘ilishi mumkin: Nima sababdan kompaniya 
moliyaviy menejeri o‘z investitsiyalarining beta-koeffitsentini shveysariya bozor 
indeksiga bog‘lamoqda, vaholanki amerikalik hamkasblari uni AQSH bozor 
indeksiga bog‘lamoqda? Sababi, riskni ajratilgan holda qarash mumkin emas. 
Risk investor portfelidagi boshqa qimmatli qog‘ozlarga ham bog‘liq. Beta-
koeffitsent risk darajasini investor portfeliga bog‘liq ravishda o‘lchaydi. Agar, 
amerikalik investor AQSH fond bozorida portfelga ega bo‘lsa, unda ichki bozorga 
investitsiya qilingan qo‘shimcha dollar – portfelning risk darajasini 
kamaytirmaydi. Ammo, agar investorlar portfeli shveysariya fond bozorida 
bo‘lsa, unda AQSHga qilinadigan investitsiya ularning risk darajasini 
kamaytiradi. Mana nima uchun AQSHga qilingan investitsiyalar shved 
kompaniyasi aksiyadorlari uchun boshqa kompaniya aksiyadorlariga qaraganda 
past risk darajasiga ega. SHu sababli, bunday investitsiyalardan keladigan past 
daromadlilik darajasi amerika kompaniyalari aksiyadorlaridan ko‘ra ko‘proq 
shved kompaniyasi aksiyadorlarini qoniqtiradi. Ham AQSH bozoriga bog‘liq 
holda riskni baholovchi kompaniya menejeri, ham shved moliya bozoriga bog‘liq 
holda riskni baholovchi menejer aksiyadorlar aksiyalarni faqat o‘z 
mamlakatlarida saqlaydilar degan noaniq farazga tayanadilar
136
. Amerikalik 
136
Shunday mamlakatlar mavjudki, bunday faraz ularga to‘g‘ri kelmaydi. Moliyaviy chegaralari ochiq kichik 


484 
investorlar chet el aksiyalari hisobiga o‘z portfellari diversifikatsiyasini 
kuchaytirish orqali risk darajasini kamaytirish imkoniga ega bo‘lsalar ham, 
amalda o‘z aktivlarining juda kichik ulushini chet elga investitsiya qiladilar
137

Ehtimol, ular xorijiy investitsiyalar yuqori xarajat talab qilishidan qo‘rqishar, 
ammo bu xarajatlar tarkibiga nimalar kirishi ko‘pchilik tadqiqotlarda 
noaniqligicha qolmoqda. Balki, qaysi xorijiy aktivlarni qanday bahoda sotib 
olishni aniqlash ularga katta qiyinchilik to‘g‘dirar, yoki investorlar chet el 
mamlakatlari xukumatlari ularni o‘z aksiyalariga egalik huquqidan mahrum 
qilishlaridan, dividend to‘lovlarini cheklanishidan yoki soliq qonunchiligining 
o‘zgarishi riskidan xavotirlanadilar.
Xalqaro darajadagi o‘zgarishlar investorlar o‘zlarining xorijiy aksiyalari 
paketini dunyoning barja joyida kengaytirib borayotganliklarini ko‘rsatmoqda. 
Amerikadagi yirik moliya institutlari o‘zlarining xorijiy investitsiyalari hajmini 
sezilarli ravishda oshirmoqdalar va haqiqatan oxirgi vaqtlarda boshqa 
mamlakatlarga investitsiya qilmoqchi bo‘lgan investorlar tomonidan ko‘plab 
fondlar yaratilmoqda. Madomiki, investorlar xorijiy aktivlar bo‘yicha o‘zlarining 
ulushlarini oshirishar ekan, ichki bozorga bog‘liq holda betani hisoblash o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmoqda, va aksincha, har qanday investitsiyani beta-
koeffitsentini investor qo‘lidagi portfelga nisbatan hisoblash borgan sari 
muhimlashib bormoqda.
Bir-necha mamlakatlarda foiz stavkasi boshqa davlatlarga nisbatan past. 
Misol uchun, yaqin yillargacha YAponiyaning foiz stavkasi darajasi nol 
ko‘rsatkichga yaqin edi. AQSHda bu ko‘rsatkich 3%ga yaqin bo‘lgan edi. 
Ko‘pchilik YAponiya kompaniyalari uchun kapital bahosining pastligi ular uchun 
foydali deb o‘ylashadi. Bu ko‘p masalada xato fikrlash bo‘lsa, lekin bunda 
ehtimol qandaydir darajada haqiqat ham bor. Anglashilmovchilik sababi 
YAponiyada foiz stavkasi ienada hisoblansa, AQSHda u dollarda hisoblanadi. 
Faraz qilaylik, ikkala holatda ham foiz stavkani real ko‘rsatkichlarda aniqlandi. 
Endi, ularni o‘zaro solishtirib quyidagi savolni berish o‘rinlimi: xorijiy 
investitsiyalar YAponiyada real kapital bahosini tushishiga sabab bo‘la oladimi? 
Ma’lumki, yapon xalqi azaldan tejamkor va yirik jamg‘armalarga ega bo‘lgan. 
Lekin vaqt o‘tishi bilan ular kelajakdan xavotirlanmoqdalar va ular odatdagidan 
ko‘ra ko‘proq mablag‘larini jamg‘armalarga yo‘naltirdilar. YAponiya sanoati 
bunday mablag‘larni o‘zlashtira olmadi va natijada mamlakat ularni chet el 
investitsiyalariga yo‘naltira boshladi. 
davlatlar (misol uchun, Lyuksemburg) uchun ichki bozorga nisbatan beta-koeffitsentni aniqlash ma’nosizdir. 
Lyuksemburgda mahalliy aksiyalarga ega investorlar juda ham kam.
137
I. A. Cooper and E. Kaplanis, “Home Bias in Equity Portfolios and the Cost of Capital for Multinational 
Firms,” Journal of Applied Corporate Finance 8 (Fall 1995), pp. 95–102


485 
Xalqaro darajada investitsiya qilish doim ham investorlar uchun riskli 
hisoblanmaydi. Buni yuqorida keltirilgan misollar ham isbotlaydi. Zero, xalqaro 
darajada investitsiyalarni amalga oshirishda investorlar o‘z portfellarini 
diversifikatsiya qilishlari, to‘g‘ri investitsiya hududini tanlashlari va qulay bozor 
riskiga ega bozorlarni aniqlashlari muhim ahamiyatga ega. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish