O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

5. Investitsion banklar 
Investitsion banklar – bu shunday firmalarki, ular-ning asosiy vazifasi 
xususiy korxonalar, hukumat va boshqa tashkilotlarga o‘z faoliyatini 
moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam berishdan iborat. 
Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijozlarining qimmatli qog‘ozlari 
chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto firmalar 
qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga ta’sir 
ko‘rsatadilar. 
Investitsion banklar ko‘pincha 
anderrayting
, yoki o‘zlari bozorda 
joylashtiradigan 
qimmatli qog‘ozlarga obuna
bilan shug‘ullanadilar. Anderrayting 
mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank 
emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish majburiyatini 
o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib 
olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan oldindan 
belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda sotib oladi. 
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari 
vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933-yilda qabul qilingan Glass-
Stigalqonuniga muvofiq tijorat banklariga anderraytingga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina 
faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi yillarda AQShning bu 
banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.
6. Venchur
korxonalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni 
boshqaruvchi firmalar 
Venchur korxonalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) 
investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korxonalar 
emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firmalardir. Bunday yosh korxonalarning 
boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni 
olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda 
o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.


399 
“Venchur kapitalistlari” yangi biznesga pul tikadi va boshqaruv xodimlariga 
firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib 
aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam 
beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z 
ulushini sotadi va yangi venchur korxonasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
 
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, 
investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) 
boshqaruvchi korxona
deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro 
va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va 
davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi 
yoki boshqa korxona tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast 
korxonasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir 
bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish