shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga
muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
tegishli tuman xalq deputatlari
Kengashining shaharcha,
qishloq yoki ovulni
tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralarining va shaharcha, qishloq yoki ovul
tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining
kartografik chizmasi hamda shaharcha, qishloq yoki ovul chegaralari chizig‘ining
tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shaharcha, qishloq yoki ovul hududi o‘tkazilayotgan
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va ma’muriy-
hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shaharcha, qishloq yoki ovulni
tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq tegishli hisob-
kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tegishli tuman hokimining shaharcha,
qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini iltimosnoma kelib
tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni ma’qullash yoki rad etish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
21-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi
shaharlarni, shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuman bo‘ysunuvidagi shaharlarni,
shaharchalarni, qishloqlarni va ovullarni tuzish hamda tugatish Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan tegishli tumanlar hokimlarining iltimosnomalari asosida
amalga oshiriladi.
Tegishli tuman hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish zarurligi va
maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan iltimosnoma;
xalq deputatlari
tuman Kengashining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni
tuzish yoki tugatish masalasiga doir qarori;
tuman hokimi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
shahar, shaharcha, qishloq yoki
ovul chegaralarining va shahar, shaharcha,
qishloq yoki ovul tarkibiga hududlari o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar
chegaralarining kartografik chizmasi hamda shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul
chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar, shaharchani, qishloqni,
ovulni tuzish
to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
tarkibiga tugatilayotgan shahar, shaharcha, qishloq yoki ovul hududi
o‘tkazilayotgan ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining
kartografik chizmasi va
ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chizig‘ining tavsifi (shahar, shaharcha, qishloq
yoki ovulni tugatish to‘g‘risidagi taklifga ilova qilinadi);
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish bilan bog‘liq
tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli tuman hokimining
shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki tugatish haqidagi iltimosnomasini
iltimosnoma kelib tushganidan keyin o‘ttiz kun ichida ko‘rib chiqadi va uni
ma’qullaydi yoki rad etadi.
Tegishli tuman hokimining shahar, shaharcha, qishloq yoki ovulni tuzish yoki
tugatish haqidagi iltimosnomasi ma’qullangan
taqdirda, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi tuman bo‘ysunuvidagi shahar, shaharcha, qishloq yoki
ovulni tuzish yoki tugatish to‘g‘risidagi taklifni o‘n kun ichida tayyorlaydi hamda
ushbu
moddaning ikkinchi
qismida nazarda
tutilgan
hujjatlar
bilan
birga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: