30. Qonun loyihasida (qonunda) pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklardan
foydalaniladi:
qism;
bo‘lim;
kichik bo‘lim;
bob;
paragraf;
modda.
31. Qonun loyihasi (qonun) moddasida pastlab
boruvchi quyidagi tarkibiy
birliklardan foydalaniladi:
qism;
band;
kichik band;
xatboshi.
Yirik tizimlashtirilgan qonun loyihalari qismlarga, bo‘limlar
kichik
bo‘limlarga, boblar paragraflarga bo‘linishi mumkin.
32. Qonun loyihasi (qonun) qismining belgisi va nomi sahifaning o‘rtasiga
bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi. Qonun loyihasi (qonun) qismining nomi “yarim
qora” shriftda yoziladi.
33. Bo‘limlar rim raqamlari, kichik bo‘limlar va boblar esa arab raqamlari bilan
raqamlanadi hamda sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi,
arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
Kichik bo‘limlar, boblar va paragraflarning belgisi va nomi bosh harf bilan,
bo‘limlarning belgisi va nomi esa bosh harflar bilan “yarim qora” shriftda,
qo‘shtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda, bitta qatorda raqami ko‘rsatilib, ketidan
nuqta qo‘yilgan holda yoziladi.
34. Qonun loyihasining (qonunning) moddasi:
uning asosiy tarkibiy birligi hisoblanadi;
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega bo‘ladi;
nomga ega bo‘ladi, bundan ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi
qonun
loyihalari mustasno.
Modda belgisi bosh harf bilan va xatboshidan yoziladi.
Moddaning nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan “yarim
qora” shriftda yozilib, undan keyin nuqta qo‘yiladi. Agar modda nomga ega bo‘lmasa,
u holda moddaning raqamidan keyin nuqta qo‘yiladi hamda moddaning belgisi bosh
harf bilan va yarim qora shrift bilan xatboshidan yoziladi.
Modda raqamlanmaydigan qismlarga bo‘linadi. Modda qismlarining joylashuv
tartibi bosh harf bilan boshlanadigan va nuqta bilan tugaydigan xatboshilarni ketma-
ket sanash orqali aniqlanadi.
Moddalarning qismlari bandlarga bo‘linib, bandlar doirasimon qavs bilan
yopiladigan arab raqamlari yoki kichik harflar bilan belgilanadi.
Moddalarning
qismlari xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
Bandlar qavs ichida arab raqamlari bilan kichik bandlarga yoki xatboshilarga
bo‘linishi mumkin.
35. Qonun loyihasining (qonunning) qismlari, bo‘limlari, kichik bo‘limlari,
boblari, paragraflari va moddalari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak.
Har bir
bobning (paragrafning) moddalarini alohida-alohida raqamlashga yoki har bir
bo‘limning (kichik bo‘limning) boblarini alohida-alohida raqamlashga yo‘l
qo‘yilmaydi.
36. Qonun loyihasiga (qonunga) qismlar, bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar,
paragraflar, moddalar yoki butun qonun loyihasiga (qonunga)
doir izohlar kiritilishi
mumkin emas.
37. Agar qonun loyihasiga (qonunga) bir nechta ilova mavjud bo‘lsa, ular “№”
belgisi ko‘rsatilgan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining
(qonunning) matnida ilovaga havola qilinganida “№” belgisi ko‘rsatiladi.
Ilova belgisi 12 o‘lchamli shriftda qonun loyihasi (qonun)
matnidan keyingi
sahifaning yuqorisidagi o‘ng burchakka, qonunning
raqami va imzolangan sanasi
ko‘rsatilmagan holda joylashtiriladi.
Ilovaning nomi sahifaning o‘rtasiga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: