“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
61
Shermanova F.D.,
Qori Niyoziy nomidagi ilmiy-tadqiqot
instituti tayanch doktaranti
ZAMONAVIY OILADA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI
MEDIATA’LIM MUHITIGA TAYYORLASH
Annotatsiya.
Maqolada zamonaviy oilada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida
mediatexnologiyalarning o‘rni, ahamiyati, sabab va oqibatlari. Ota-onalar mediasavodxonligini shakllantirish
va maktabgacha yoshdagi bolalarni mediata’lim muhitiga ijobiy tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
zamonaviy oila, ma’naviy axloqiy tarbiya, zamonaviy ota-ona, mediata’lim, mediaaxborot,
mediamadaniyat, mediaxavfsizlik, mediabozor.
Аннотация.
В статье, причины и последствия медиатехнологий в воспитании дошкольников в
современной семье. Разработаны рекомендации по формированию родительской медиаграмотности
и позитивной подготовке дошкольников к среднеобразовательной среде.
Ключевые слова:
современная семья, духовно-нравственное воспитание, современные родители,
медиаобразование, медиаинформация, медиакультура, медиа безопасность, медиарынок.
Annotation.
The article discusses the causes and consequences of media technologies in the upbringing
of preschool children in the modern family. Recommendations for the formation of media literacy of parents
and positive preparation of preschool children for the media education environment have been developed.
Keywords:
Modern family, spiritual and moral education, modern parents, media education, media
information, media culture, media security, media market.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq oila institutini mustahkamlashni o‘zining
ichki siyosati qilib belgiladi. Ushbu masalaning dolzarbligi taraqqiyotning bugungi bosqichida ham yanada
oshib bormoqda. “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-
xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan
to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur” [1]. Bu vazifalarni amalga oshirishda esa “Oila” ilmiy-amaliy markazi,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida alohida tadqiqotlar olib borilmoqda
Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi hamda zarrasidir. Har bir bolaning voyaga
еtishi, shakllanishi va rivojlanishida so‘zsiz oila asosiy o‘rin tutadi. Ongli oila bo‘lib yashash, dunyodagi
barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir [2]. Shunday ekan, uning jamiyatdagi o‘rni,
ahamiyati ham muhimdir. Farzandlarning dunyoga kelishi va kamol topishi, oilada olib borilayotgan tarbiya
mazmuni jamiyat uchun munosib vorislar bo‘lib еtishlari oilaning jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanligidan
dalolatdir. Demak, jamiyatning mustahkam bo‘lishi sog‘lom muhitda, tarbiyali va bilimli ota-ona bag‘rida
voyaga еtayotgan munosib barkamol avlodlarga bog‘liq.
Bugungi kunda oila markazlari tomonidan zamonaviy oila tushunchasi ommaga targ‘ib etilmoqda.
“Zamonaviy oila modeli”da ayolning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy maqomi oshishi oila ichidagi rollar va oila
hayoti me’yorlarining o‘zgarishiga olib keladi. Ota-ona professional karyerasini va oilaviy majburiyatlarini
mutanosib ravishda (tengma-teng) olib boradi. Farzandlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari va mustaqil bo‘lish
fikri singdirib boriladi. Bu borada Oila institutini mustahkamlash, zamonaviy, farovon va sog‘lom oilalarni
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan farzandlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ta’lim olish mezonlari
keyinchalik birinchi o‘ringa chiqadi [3].
Global axborot makonida har qanday mediaaxborotga ochiq kira oladigan resurslarga to‘lib-toshgan
jamiyatda bolalarimizning asosiy vaqtlari oila davrasida kechar ekan, har bir ota-ona o‘z farzandlarining
axborot asri muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan mediaga nisbatan o‘z munosabati, ularning xizmatlaridan
foydalanish holatlari, darajasi (uzoq yoki kam vaqt), shuningdek, ularning aynan qanday axborot, teleko‘rsatuv
Do'stlaringiz bilan baham: |