Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
59
va tizimli malaka oshirish orqali ularning kasbiy mahoratini muttasil oshirib boorish ta’lim muassasalari 
bitiruvchilarining mehnat bozorida talab qilinishini ta’minlaydi [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyul kuni “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga 
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-sonli qarori kasbga 
yo‘naltirish va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha davlat siyosatining yеtakchi yo‘nalishlarini ko‘rsatadi [2].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son Farmonida quyidagilar oliy va o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:
– zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalari va chet tillarini chuqur o‘zlashtirgan kadrlarni 
sifatli va yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash;
– barcha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, mutaxassislar 
tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasi davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga muvofiqligini 
ta’minlash;
– sanoat va boshqa korxonalarda talabalarning amaliyotini tashkil etish;
– zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali jahon ta’lim resurslaridan, 
ilmiy adabiyotlar va ma’lumotlar bazalarining elektron kataloglaridan foydalanish;
– xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
hamkorligining qo‘shma dasturlarini amalga oshirish, sohadagi yutuqlarni xalqaro darajada keng yoritish;
– ish beruvchilarning talab va takliflari, ilg‘or xorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy 
o‘zgarishlar asosida mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlash 
uchun o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish.
Insonni kelajakka, kasbiy o‘z taqdirini belgilashga tayyorlash bu ta’limning asosiy maqsadi va еtakchi 
vazifasi bo‘lib, uning kelajakdagi taqdiri va uning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq zamonaviy 
tendensiyalar, yangi texnologiyalar, professional faoliyat talablari va mezonlaridir.
Mutaxassislik va kasb tanlash bu – insonning kelajakdagi hayotining mazmuni va sifatini belgilaydigan 
muhim qarorlardan biridir.
Shuni ta’kidlash kerakki, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish muammosi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. 
Ko‘p asrlar davomida, an’anaviy ravishda (kamdan kam holatlar bundan mustasno) kam ta’minlangan 
oilalarda bolalar o‘z ota-onalarining kasblarini o‘zlashtirdilar va davom ettirdilar. O‘zgarishlar faqat mavjud 
holatlar, noan’anaviy vaziyatlar yoki ijtimoiy to‘ntarishlar yuz berganda, jamiyat tuzilishining jiddiy o‘zgarishi 
natijasida ba’zi kasblar eskirgan va keraksiz holga kelganida sodir bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda ham shuni kuzatishimiz mumkinki, yoshlarning kasb tanlashi kasbga bo‘lgan layoqati 
yoki ongli qarori asosida, ma’qul kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, o‘zlari uchun “sinab ko‘rishda” 
emas, balki moda- tendensiyalari, qisqa muddatli qiziqish asosida, ota-onalarning bosimi yoki do‘st va 
tanishlarning fikrlari asnosida tanlanmoqda.
Biroq ko‘p narsa kasb tanlashning mas’uliyatliligi va jiddiyligiga bog‘liq –maktabda va universitetdagi 
motivatsiya va qiziqish, ish joyida muvaffaqiyatli moslashish, ta’lim va keyingi kasbiy faoliyatning 
muvaffaqiyati, martabaning o‘sish jarayoni, kasbiy faoliyatidan qoniqishi va natijalarga erishishi. Shu 
o‘rinda o‘z qobiliyatini to‘g‘ri baholash va kasb tanlashda bir qaror qabul qilish juda muhim ahamiyatga 
ega. Bu kelajak hayotda, mutaxassislikda o‘z o‘rnini topish imkoniyatini oshiradi.
Kasb tanlashda o‘quvchi o‘z qobiliyatini to‘g‘ri baholashi va qaror qabul qilishi juda muhimdir. Bu 
kelajak hayotda, o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘z o‘rnini topish imkoniyatini oshiradi: bu ularga xato qilish, 
professional moslashish huquqini beradi. Bu tanlov eng muhim hisoblanib,
 
shaxsning professional taqdirini 
belgilash jarayonining bosqichidir.
Insonni kelajakka tayyorlashga, kasbiy o‘z taqdirini o‘zi belgilashga va rivojlantirishga yo‘naltirish 
ta’limning ishlab chiqarish faoliyati va uning tez o‘zgarishi bilan bog‘liq rivojlangan funksiyasini 
ta’minlashning ajralmas sharti bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu fikrga asoslangan holda ishonch bilan aytish 
mumkinki, ta’lim va tarbiya, xususan, “kasbga yo‘naltish” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki 
o‘qitish natijasida inson o‘z imkoniyatlariga keng ko‘lamda qo‘llashga ega bo‘ladi. Kasbiy faoliyatning 
tanlangan sohasidagi qiziqishlarini, qobiliyatlarini, moyilliklarini ro‘yobga chiqarishga ega bo‘ladi



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish