“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
39
Har bir xalq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga alohida
e’tibor qaratiladi. Ammo zamonaviy jamiyatlardagi keskin o‘sish sur’atlari, turli ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-
mafkuraviy inqirozlarning avj olishi, inson zimmasiga yuklatilayotgan rang-barang ijtimoiy vazifalarning
ortib borayotganligi oilada juda katta faollik taqozo etadi hamda zamonaviy jamiyatlarda oilaning o‘rni
hamda vazifalari ko‘lami masalasiga ma’lum o‘zgarishlar kiritadi.
Oila milliy qadriyatlar maskani hisoblanadi. Yoshlarni oilaga tayyorlash jarayoni har bir millatning
madaniy va ma’naviy, ruhiy qadriyatlaridan hisoblanib, xususan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
insoniyat tarixida xalq ma’naviy takomilining eng ulug‘ va oliy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Oilaviy
madaniyat, oilaviy hayotga ongli kirib borish, oilaviy vazifalarni bajarishga tayyorgarlik, hayotda oila o‘rnini
yuksak qadrlash, oilaga mas’uliyat bilan qarash, xalq ma’naviy merosidagi oila qadriyatlarini o‘z zamoni
talablari bilan uyg‘unlashtirib rivojlantirish har vaqt insonning hayotiy mezoni va jamiyat oldida turgan
dolzarb vazifalaridan biri sifatida tan olingan.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning ilk yillaridanoq
tadqiqotchilarning diqqatini tortib keldi. Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik
yillarida keng rivoj topdi, aholi o‘rtasida targ‘ib va tashviq etila boshlandi, davlat dasturlarining bosh
mohiyatini tashkil qildi.
Mamlakat aholisining yarmidan ko‘proq qismini yoshlar tashkil qilishi, o‘sib borayotgan yosh avlodni
jamiyatda mustaqil yashashga tayyorlash vazifasining dolzarbligi yoshlarni jamiyat hayotiga va oilaviy
turmushga tayyorlash ishlarini jadallashtirishni va yangicha mazmunda qayta qurishni talab etdi. Insonlarning
o‘zaro munosabatlarida keskinliklarning o‘sib borayotganligi, zamonaviy ziddiyatlarning inson tafakkuri
va ongiga ta’sir etish orqali uning psixologik holatida salbiy va asabiy oqibatlarning vujudga kelayotganligi
kabi muammolar yoshlarni oilaga tayyorlash vazifasini to‘laqonli olib borish talabini kun tartibiga qo‘yadi.
Oilaga nisbatan insoniyat tarixida asrlar davomida shakllanib, e’zozlangan ma’naviy ehtiyojlar tizimi,
oilani shaxs ma’naviyatini asrab-avaylaydigan, uning barkamolligi mezonlaridan biri, deb tan oladigan
qonun-qoidalar majmuyi sifatida anglash, oilani butun jamiyat va millat taqdiri hamda taraqqiyotiga bevosita
oidligini chuqur idrok etish shaxsning ma’naviy yеtukligini ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblangan. Chunki
oilani muqaddas deb bilmagan inson ma’naviy qashshoq insondir. Oilani muqaddas deb anglash har bir
jamiyat a’zosining o‘z vijdoni, o‘z oilasi va farzandlari oldidagi burchidir.
Global o‘zgarishlar asosida so‘nggi vaqtlarda o‘zbek oilasida va oila a’zolari munosabatlarida ma’lum
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Mazkur ta’sirning o‘ziga xos ijobiy va salbiy oqibatlari mavjud. Ijobiy tomoni
shundaki, mavjud global shart-sharoitlar va talablar o‘zbek oilasining funksionallik jihatdan o‘sishi hamda
o‘z mas’uliyatidagi vazifalarga tayyorligini oshiradi, o‘zbek oilasining dunyo hamjamiyati bilan bo‘lgan
turli aloqadorligini, uning jahon bozori va texnogen o‘sishga nisbatan bo‘lgan integratsiyasini ta’minlaydi,
shu nuqtayi nazardan o‘zbek oilasining davr va zamonga hozirjavobligini oshiradi, oilaning ijtimoiy o‘rni
nuqtayi nazaridan ma’lum ijobiy transformatsiyaga sabab bo‘ladi. Salbiy ta’sir esa globallashuv oqibatida
yuzaga kelgan ommaviy madaniyat, turli mafkuraviy tahdidlar, diniy va boshqa turdagi ekstremizim, rangli
inqiloblarning avj olishi, ksenofobiya, mehnat resurslari migratsiyasi va boshqa o‘nlab tazyiqlar oilalar
tinchligi, ravnaqi, osudaligini buzishi, milliy oilaviy mentalitetning qo‘porilishida namoyon bo‘ladi. Shu bois
bugungi kunda milliy an’analarni oilaviy turmush borasida umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo‘shib olib
borish talab etiladi. Yoshlarni oilaviy hayotga psixologik, ruhiy, jismoniy, jinsiy tomondan to‘liq tayyorlash
masalalari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lum bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishni taqozo etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |