Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Download 3,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/273
Sana26.03.2022
Hajmi3,48 Mb.
#511277
TuriСборник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
37
Bu mashhur hadisni Jomiy shunday talqin qiladi:
فرش جات هك شكم ردام ز رس
دشاب ناردام هار زا درک
تشهب هک وا یابريز وش کاخ
دشاب ناردام ياه مدق رد
ya’ni onaga bee’tibor bo‘lma, shon-sharaf toji onaning oyog‘i gardidadir, uning oyog‘i ostidagi tufroq 
bo‘lginki, jannat onalar qadami ostidadir.
Jomiy hadis mazmunini juda go‘zal tarzda ifodalaydi. Qit’aning birinchi bayti farzandga nasihat ohangida 
bo‘lib, “sen onangdan bosh tovlama, chunki sening shon-u sharafing, sog‘-omonliging, kamoling onangning 
bosgan qadami izining gardidandir deya, tazod san’atidan mohirona foydalanadi. Baytda toj-gard, bosh-oyoq 
kabi qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni qo‘llab, ta’sirchan badiiy timsollarni aks ettirgan. Jomiy 3-4-misralarda 
birinchi baytdagi ta’sirchanlikni oshirgan holda: “Onang oyog‘i tagidagi tufroq bo‘l, jannat onalar oyog‘i 
ostidadir,” – deb, hadisning she’riy tarjimasini nozik iboralar orqali beradi.
Navoiyda:
Onalarning oyog‘i ostidadur,
Ravzayi jannat-u jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l anoning oyog‘i tufrog‘i.
Navoiy hadisning she’riy tarjimasini 1-2-misralarda beradi. Bunda ravzayi jannat, jinon bog‘i kabi 
arabiy va turkiy iboralar orqali ta’did san’atini qo‘llab, hadisning badiiy ifodasini kuchaytiradi. 3-4-misralar 
esa bir qarashda Jomiy talqinining tarjimasidek tuyuladi, biroq Navoiy: “Jannatning eng go‘zal bog‘laridan 
biri – ravza bog‘ini istasang, onaning oyog‘i ostidagi tufroq bo‘l”, – deydi. 
Fuzuliyda:
Analar hurmatin duytun ki, mudam
Gabili-rahmati-ilah olaciz.
Ictak anlar ajag‘i altinda
Kar dilersiz ki, jannati bulasiz,
ya’ni onalarning hurmatini doim joyigi qo‘ying, Alloh rahmatiga erishasiz. Jannatiy bo‘lishni istasangiz, 
bu istagingiz onaning oyog‘i tagidadir. 
Fuzuliy bu hadis ma’nosini juda chiroyli talqin qiladi: “Onalarni hurmat qilgan Alloh rahmatiga muyassar 
bo‘ladi”, – deya Jomiy va Navoiy talqinida qo‘llangan timsollardan foydalanmaydi, balki “Alloh rahmati” 
va “istak” kabi o‘zga timsollar orqali hadis mazmunini ochib berishga harakat qiladi. Qit’aning so‘nggi ikki 
misrasi Jomiy va Navoiy talqiniga hamohangdir.
Jomiy, Navoiy va Fuzuliy yuqoridagi hadisning she’riy tarjima sharhlarini o‘z ona tillarida talqin qilar 
ekanlar, unda ifodalangan axloqiy g‘oyaning mohiyatini badiiy timsollar orqali jilolantirib, hadisning ta’sir 
doirasini kengaytira olganlar. 
Bu hadisning ta’siri islom ta’limotidagi ayol – ona timsolida nihoyatda ulug‘lanishi “Biz insonga ota-
onasini (rozi qilishni) amr etdik...!”
28
– degan, ilohiy hukm bilan izohlanadi. Ona homiladorlik vaqtidan to 
farzand dunyoga kelgunga qadar bir qancha mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Shu vajdan payg‘ambarimiz 
(s.a.v.) yuqoridagi hadislari orqali jannatni onalar oyog‘i ostiga to‘shab qo‘yadilar. Demak, Jomiy bu hadisga 
besabab murojaat etmagan. Musulmon olamida onalarning hurmati farz darajasiga ko‘tarilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislari va ularning mazmun-
mohiyati davrlar osha xalq e’tiborining markazida bo‘lib kelgan. Shu sabab oyat va hadislar mazmuni asrlar 
davomida musulmon xalqlarining milliy adabiyotiga singdirib kelindi. Natijada diniy va milliy ta’limotlar 
uyg‘unlashib, adabiyotlar mushtarakligi vujudga keldi. Musulmon xalqlari adabiyotining bir-biriga uzviy 
bog‘liqligi sharq mumtoz adabiyoti rivojiga juda katta hissa qo‘shgan mushtarak asarlar misolida o‘z 
ifodasini topadi.
“Arba’in” janri badiiy uslubining yuzaga kelganligi badiiy tafakkur va estetik qarashning shakllanishi 
va rivojiga katta ta’sir ko‘rsatganligini, jumladan, arba’inlar mintaqa adabiyotida din arkonlari bilan badiiy 
tafakkur uyg‘unligini vujudga keltirgan tarixiy-adabiy voqelik sifatida o‘zligini namoyon qiladi.
28
“Луқмон” сураси. 14-оят.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish