“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
209
hisoblanadi. Odatda, axloqiy qadriyatlar deyilganda, har bir kishi, millat, elat, xalqning iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy, ma’naviy-madaniy, kundalik maishiy turmush faoliyatida nisbatan turg‘un, barqarorlikni kasb etib,
o‘zligini bildirib, namoyon etib, nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan
axloqiy sifat va fazilatlar (insonparvarlik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik, halollik
kabi) nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytganda, axloqning asosiy tushunchalari, axloqiy tamoyillar va
axloqiy me’yorlar birgalikda axloqiy qadriyatlar tizimini tashkil etadi. Ushbu tizimning barqarorligi, bir
vaqtning o‘zida umuminsoniylik va milliylikni birlashtira olganligi jamiyat ma’naviy taraqqiyoti va milliy
yuksalishiga ijobiy ta’sir etadi.
Axloqiy qadriyatlar tizimining oila institutiga daxldor bo‘lgan qismi oilaviy axloqiy qadriyatlarni
tashkil etib, unda har bir oila tomonidan qadrlanadigan, ham umuminsoniy, ham milliy axloq mezonlariga
mos keladigan ijtimoiy-axloqiy ideallar, g‘oyalar, tamoyillar, normalar o‘z aksini topadi. Oilaviy qadriyatlar
tizimi butun jamiyat axloqiy muhitining barqarorligiga ta’sir etadi. Oilada bolaga salomlashishdan tortib
to‘g‘ri oqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro muloqot, jamoatchilik ichida o‘zini tutish
singari ma’naviy-ma’rifiy, yurish-turish bilan bog‘liq qadriyatlar singdirib boriladi. Bola o‘zini anglash
sari qadam qo‘yganidan tevarak-atrofni, yaqinlarini, unga g‘amxo‘rlik qilayotgan ota-onalarini tanishni
va ularning xatti-harakatlariga taqlid qilish hamda o‘zlashtirishni boshlaydi. O‘zbek oilalariga xos bo‘lgan
mehnatsevarlik, sadoqat, samimiyat, ishonch, vatanni sevish, adolat, poklik, to‘g‘rilik singari fazilatlar shaxsiy
namuna sifatida ota-onadan farzandga bevosita singdiriladi. Urf-odat va an’analarimiz, madaniyatimizdan
bahramand bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning hayot tarziga yoshliklaridan ota-onalariga ko‘mak berish, so‘ngra
o‘z oilalari uchun qayg‘urish hissi singib boradi.
Oila jamiyatdagi axloqiy muhit barqarorligi kafolati sifatida globallashuv davrida turli shakl va
mazmundagi mafkuraviy, g‘oyaviy, axloqiy tahdidlarga uchramoqda. Oila institutining barqaror axloqiy
muhitiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri aholi migratsiyasi fenomeni hisoblanadi.
O‘zbekistonda aholi migratsiyasining ijtimoiy-axloqiy muhit, axloqiy qadriyatlar tizimidagi
transformatsion jarayonlarga ta’sir ko‘rsatayotganligini jamiyatimiz hayotida turli ko‘rinishdagi g‘ayriaxloqiy,
zararli tahdidlarning paydo bo‘layotganligi, “ommaviy madaniyat”ning milliy axloqiy qadriyatlarimizga zid
bo‘lgan turli ko‘rinishlarining kirib kelayotganligi, oilaviy munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar, oilaning
milliy axloqiy qiyofasi va mohiyati, uning muqaddasligiga munosabat o‘zgarayotganligi, to‘ylar, oilaviy
marosimlarni o‘tkazishda jamiyatimiz uchun yangi qadriyatlarning kirib kelayotganligi kabi jarayonlarda
kuzatishimiz mumkin.
Mamlakatimizdagi axloqiy qadriyatlar tizimiga migratsiya va qaytish migratsiyasi (ya’ni migrantlarning
immigrant davlatdan o‘z vatanlariga qaytishlari) jarayonlarining bevosita ta’siri va buning natijasida axloqiy
muhitda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni ikki qismga bo‘lishimiz mumkin:
1) migratsiya tufayli jamiyatimiz axloqiy muhitida sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan,
umuminsoniy axloqiy qadriyatlar, millatlararo totuvlik, dinlararo tolerantlik, ijtimoiy munosabatlarning
barcha darajalarida bag‘rikenglik axloqining qaror topib borayotganligi, migrantlar va ularning oilasiga
nisbatan jamiyatda axloqiy mas’uliyatning shakllanayotganligi;
2) migratsiyaning jamiyatimiz etosferasi barqarorligiga salbiy ta’siri, xususan, migratsiya sababli
terrorizm, ekstremizm va shu kabi buzg‘unchi mafkuralarning tahdidi ortganligi, “ommaviy madaniyat”ning
turli ko‘rinishlari, axloqsizliklarning targ‘ib qilinayotganligi, milliy axloqiy qadriyatlarimizning qadrsizlanishi,
oila institutining axloqiy mohiyati hamda qiyofasi transformatsiyaga, deformatsiyaga uchrayotganligi,
to‘liqsiz oilalar, ajrimlarning ortayotganligi va boshqalar.
Mamlakatimiz ijtimoiy-axloqiy muhitiga aholi migratsiyasining ijobiy ta’siridan ko‘ra salbiy oqibatlari
ko‘proq seziladi. Buning asosiy sabablaridan biri –migrantlar hamda yaqindagina vatanlariga qaytgan
muhojirlar retsipiyent mamlakatda davlat va jamiyatning turli tahdidlar, axloqsiz shakllaridan himoya
qiluvchi oila, mahalla, ta’lim muassasalari kabi ijtimoiy nazorat institutlar ta’siridan tashqarida bo‘lishadi. Bu
esa migrant sifatida chet elda yurgan yoshlarning turli zararli illatlar, destruktiv tashkilotlar ta’siriga tushib
qolishiga olib kelishi mumkin. Turli ko‘rinishda individual axloqiy qadriyatlari deformatsiyaga uchragan
muhojirlarning doimiy ravishda mamlakatimizda qolgan yaqinlari, oila a’zolari, tengdoshlari bilan muloqot
qilishlari yoki O‘zbekistonga qaytishlari axloqiy muhitning barqarorligiga salbiy ta’sir etmay qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |