“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
178
bo‘shligi, fikr faqirligi, ruh qaramligi, iroda va qobiliyat sustligi, loqaydlik, boqimandalik, axloqiy kemtiklik,
mantiqiy bilimsizlik, tanqidiy mulohaza, burch va mas’uliyatni chuqur his qilmaslik kabi salbiy illatlarni
oz bo‘lsada uchratish mumkin.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emotsional-
ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot quvonch, shodlik,
zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik,
ruhiy tushkunlik, g‘am-g‘ussa, nadomat, o‘z yaqinlari va vatani taqdirini o‘ylash kabi xilma-xil shakllarda
namoyon bo‘ladi. Ana shular barchasining uyg‘unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa,
uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi. Har bir kishiga xos hissiyot
va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyokarash tarkibida yaxlitlashadi
va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib,
inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini
ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda
dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Bilim va dunyoqarash, aynan, bir narsa emas. Olamni tushunish
bilimlar paydo bo‘lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo‘ladi,
u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda biror-bir hodisa yoki narsani
baholashda qo‘l keladi va aynan, ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida
mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy
guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo‘lib qoladi. Bu
borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
“Dunyoqarashni – ilm, daromad, manfaat o‘zgartiradi”, – deb aytgan
so‘zlari fikrimiz tasdig‘i deyish mumkin. Biror partiya yoki guruh o‘z maqsadlariga yetishish yo‘lida butun
jamiyat uchun xos bo‘lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida ko‘prok va salmoqliroq joy egallashga
yoki uni o‘z manfaatlari foydasiga o‘zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning
eng oson va qulay yo‘li o‘zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o‘zgartira olishdir.
Falsafiy dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlar hayotining asosiy maqsadini o‘z xalqi va umuminsoniyatning
ozodligi va farovonligi uchun olib boriladigan kurash bilan bog‘laydilar. Masalan, Zardo‘sht (er.av. VI asrda
yashagan), Muhammad ibn Abdulloh (570-632), Alisher Navoiy (1441-1501), Moxandas Karamchand Gandi
(1869-1949), Ibrohim Mo‘minov (1908-1974), I.A.Karimov (1938-2016) va shu kabi buyuk insonlarning
dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo‘lgan. Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi
nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi,
maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir. Kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti
tendensiyalarini va ayni paytda
Do'stlaringiz bilan baham: |