25
Тошпулатов И. Енгил саноат корхоналари рақобатбардошлигини бошқариш тизимини
такомиллаштириш. // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 2,
март-апрель, 2019 йил.
26
Олимова Н.Х, Умарова Д.А., Юсуфжонов Х.В. Управление качеством промышленной продукции
- как фактор конкурентоспособности предприятия. Научный журнал "COGNITIO RERUM". №
11/2021, стр. 20-23
“Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” mavzusidagi Respublika onlayn
ilmiy-amaliy anjumani materillari
41
Xomidov M.Х., magistr, Farg’ona davlat universiteti
IQTISODIYOTDAGI TARKIBIY O’ZGARISHLAR VA IQTISODIYOTNI
MODERNIZATSIYALASH JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISH
ZARURIYATI
Ma’lumki, O’zbekistonda mustaqillik yillari davomida sanoat sohasini isloh etish va
rivojlantirish o’zbek modeli asosini tashkil etgan beshta tamoyildan kelib chiqib amalga
oshirildi. Bunda davlatning bosh islohotchi ekanligi va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o’tish tamoyillariga amal qilishga alohida e’tibor qaratildi. Ya’ni, iqtisodiyotning
yetakchi tarmog’i hisoblangan sanoatni isloh etish davlat tomonidan tartibga solishning turli
usul va mexanizmlaridan foydalanilgan holda bosqichma-bosqich olib borildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan Toshkent viloyati
faollari bilan uchrashuvda: “O’zbekistonning iqtisodiy siyosati tamomila yangi xalq xo’jalik
kompleksini bunyod etishga qaratilgan. Bu kompleks respublikaning iqtisodiy va siyosiy
mustaqilligi uchun garov bo’lib, respublikamiz xalqiga munosib turmush sharoitini yaratib
beradi”,
27
- deya bejiz ta’kidlanilmagan.
Bugungi kunda olib borilayotgan davlat iqtisodiy siyosati va qabul qilingan davlat
dasturlari yaqin kelajakda O’zbekistonning sanoat salohiyatini jiddiy kuchaytirishini
ta’minlashga qaratilgan. Unga mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan to’la foydalanish,
investitsiyalarni ko’paytirish asosida yangi quvvatlarni ishga tushirish, sanoat resurslarini
tejamli ishlatish, eng muhimi - yangi texnologiyalar asosida mehnat unumdorligini oshirish
orqali erishiladi.
Sanoat rivojlanishining uchinchi bosqichida avtomobilsozlik, motorsozlik, radio,
elektronika kabi sanoat tarmoqlarining taraqqiy etishi uchun ko’plab chora-tadbirlar amalga
oshirildi. O’zbekistonda mashinasozlik sanoatining muhim tarmog’i hisoblangan
avtomobilsozlik - avtomobillar, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli jihozlar va boshqa
asbob-uskunalar ishlab chiqarish yanada rivojlandi. Sanoat rivoji eksport hajmining 24
foizga ko‘payishini ta’minladi. Jumladan, yengil avtomobillar eksporti 3,3 marta, avtobuslar
2 barobar, yuk avtomashinalari 1,5 karra, transformator va akkumulyatorlar 2,7 marta,
kabel-o‘tkazgich mahsulotlari 2,2 baravar, poyabzal 2,1 karra oshgan. Tayyor trikotaj va
tikuvchilik mahsulotlari 25, trikotaj mato 31, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari 38, oziq-
ovqat mahsulotlari 14, rangli metallar va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 45, qora
metalldan ishlab chiqarilgan mahsulotlar 54 foiz oshgan.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga sanoat tarmoqlaridagi holatni doimiy ravishda tahlil
qilib borish, muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish, hududlarning sanoat salohiyatini
yanada oshirishga turtki beradigan tizim yaratish yuzasidan topshiriq berildi. Bunda kichik
va o‘rta biznes korxonalari bilan ishlashga alohida ahamiyat qaratish zarurligi ta’kidlandi
28
.
27
https://president.uz/oz/lists/view/4537
28
http://m.xabar.uz/uz/iqtisodiyot/shavkat-mirziyoyev-sanoatni-rivojlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |