Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Download 7,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/152
Sana26.03.2022
Hajmi7,01 Mb.
#510811
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152
Bog'liq
pU4n1szOyjGzyXFBcaVKO4crJPnzmEvEZJKo3RoP

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka ikki yoshgacha bo‘l-
gan zog‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari moyil. Suzgich
pufagining yallig‘lanish kasalligi ko‘proq karp turidagi baliq-
larni o‘stiruvchi xo‘jaliklarda uchraydi. Boshqa turdagi baliqlar
(kumush va tillarang tovonbaliq, plotva, verxovka, qumbaliq,
olabug‘a, cho‘rtanbaliq, lin, oq amur, peshanado‘ng, gulmohi)
karp turidagi baliqlar bilan birgalikda saqlanganida kasallikka
chalinmaydi.
Kasallik manbayi — kasal baliqlar, ularning ekskret va sek-
retlari, o‘lgan baliqlarning jasadlari hamda kasallanib sog‘aygan
baliqlar. Zararlanish kasal va sog‘lom baliqlarni birga saqlan-
ganda hamda sog‘lom baliqlarni nosog‘lom suv havzalarida o‘t-
kazayotganda, undagi suv va loyqa orqali kuzatiladi.
Kasallikning o‘tkir enzootik, ba’zan epizootik ko‘rinishi yozda
kuzatiladi. Yilning boshqa fasllarida esa kasallik yarim o‘tkir va
surunkali oqimlarda kechadi. Kasallikning kechishi va namoyon
bo‘lishi baliqlarning zich saqlanganligi, boqish va saqlash sha-
roitlari hamda suv havzalarining zoogigiyenik va sanitar holatiga
bog‘liq.
Immunitet. Kasallanib sog‘aygan baliqlarda nisbiy immunitet
hosil bo‘ladi.
Klinik belgilar. Kasallikning inkubatsion (yashirin) davri suv
havzalarining sanitar-epizootik holati va ekologik sharoitga bog‘liq
holda 35—90 kun, ayrim tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra
suvning harorati +15 °C dan past bo‘lsa, 8 oygacha davom etishi
mumkin.
Kasallikning o‘tkir oqimi. Oldinlari sog‘lom bo‘lgan suv
havzalarida hamda nosog‘lom xo‘jaliklardan keltirilgan baliqlarda
kuzatiladi. Statsionar nosog‘lom xo‘jaliklarda, kasallik yarim o‘tkir
va surunkali oqimlarda kechadi.
Kasallikning o‘tkir oqimida kasal baliqlar tashqi taassurotlarga
kuchsiz javob qaytaradi, ular suv havzalarining qirg‘oqlarida va
suv yuzasida passiv suzib yuradi. Ularni qo‘lda ushlash oson. Oziqa
qabul qilmaydi. Patologik jarayonning rivojlanishi natijasida
kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘ladi, qorin devorining


223
anus qismi kattalashadi, gidrostatik muvozanat va harakat ko-
ordinatsiyasi buziladi. Baliqlar yo yonboshiga, yoki boshini
pastga qilib vertikal holatda suzadi. Kasallikning o‘tkir oqimi
14—20 kun davom etib, ikki yoshdagi baliqlarning 80—100%
zararlanadi, baliqlarning ahvoli og‘irlashadi va ommaviy ravishda
nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘lmay qolgan baliqlarda kasallik yarim o‘tkir va surunkali
oqimga o‘tib oladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimida namoyon
bo‘lgan belgilari unchalik yaqqol sezilmaydi va kasallangan baliqlar
miqdori ham kam. Patologik jarayon kasallikning 25—30-kunlarida
biroz avj oladi, so‘ngra pasayib boradi. Qishda esa kasallik surunkali
oqimda kechib, shu yilgi baliqlarning asta-sekinlik bilan nobud
bo‘lishi kuzatiladi (59—90% gacha).
Kasallikning surunkali oqimida klinik belgilar kuchsiz namo-
yon bo‘ladi. Ayrim paytlarda ba’zi baliqlarda qorinning damla-
nishi kuzatiladi. Patologik jarayonning pasayishi bilan kasal ba-
liqlar sog‘lomlaridan unchalik farq qilmaydi. Erkin suzib yuruvchi
suv havzalarida baliqlar orasida o‘lim sodir bo‘lmasa-da, qishla-
gandan so‘ng ikki yoshli baliqlarning 35—60% nobud bo‘lishi
mumkin.
Kasal baliqlarning qon tarkibida kuchli o‘zgarishlar kuzati-
ladi. Kasallikning o‘tkir oqimida SOE (ROE) 1,5—2 marta
tezlashadi, gemoglobin miqdori 20—40%, eritrotsitlar soni esa
18—42% ga kamayadi. Rivojlanayotgan leykotsitoz leykopeniyaga
o‘tadi. Limfotsitlar kamayib, monotsitlar 35—55% gacha, poli-
morf o‘zaklilar 14 % gacha ko‘payadi. Qonda ko‘p miqdorda
yosh eritrotsitlarning hosil bo‘lganligi kuzatiladi.
Kasal baliqlarda oqsil sintezining buzilishi, azot va uglevod-
yog‘ almashinuvi izdan chiqadi.

Download 7,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish