290
2) davlat bosh islohotchi o‗rnida bo‗lib, u islohotlarning ustuvor yo‗nalishlarini
belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
3) bozor munosabatlariga o‗tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq
tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;
4) bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning
kuchli ijtimoiy siyosatini o‗tkazish;
5) ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‗nalishini belgilab beruvchi
tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‗tish evolutsion yo‗l bilan, bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi zarur.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‗tish tamoyillari asosida g‗oyat ma‘suliyatli va
murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy
strategiyaning boshlang‗ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarning pirovard
maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma‘muriy
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan
ikkinchi sifat holatiga o‗tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‗ra ustuvor vazifalar bosqichma-
bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga
o‗tish davridagi bir-biriga bog‗liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‗g‗ri keldi:
ma‘muriy buyruqbozlik tizimining og‗ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni
barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich
jarayonida iqtisodiy islohotning g‗oyat muhim yo‗nalishlari O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi:
- o‗tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
- qishloq xo‗jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va
etuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan
qollab-quvvatlanib tan olindi.
Dastlabki vaqtning o‗zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo
etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot,
tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‗yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo
kengash tuzildi.
Bozor munosabatlariga o‗tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat
monopoliyasi tugatilib, ma‘muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga
asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy
sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining
turmush darajasi yaxshilana boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: