N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari


URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

URUG’LIKNING SIFAT KO’RSATKICHLARI
 
«Qishloq xo’jalik ekinlarining urug’i, sifatini aniqlash usullari» kitobida 
urug’lar sifatini aniqlash usullari bo’yicha davlat standartlari belgilangan. 
«Urug’larning navdorlik va ekinboplik sifatlari» kitobida hamma dala ekinlarining 
sifatiga qo’yilgan talablar keltirilgan: tozalik, namlik, urug’lar kasalliklari va 
boshqa ko’rsatkichlar. 
Ekinboplik sifatlariga ko’ra urug’lik sinflarga bo’linadi. Urug’lik uchun 
ekilgan dalalarda faqat I sinf urug’lar, ishlab chiqarishda I va II sinf talablariga 
javob beradigan urug’lar ekiladi. Ko’pgina ekinlar uchun I sinf urug’larda 
unuvchanlik 95 %, tozaligi 99 % dan kam bo’lmasligi kerak, III sinf urug’lari 
ayrim hollardagina umumiy ekinzorlarga ekish uchun ruxsat etilishi mumkin. 
O’zbekistonda urug’lik sifatlarini aniqlashni «O’zDavurug’nazo-ratmarkaz» 
va uning viloyat hamda tumanlardagi bo’limlari amalga oshiradi. 
Urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlariga ekologik hamda agrotexnik 
omillar katta ta’sir ko’rsatadi. Urug’lik yetishtirilayotgan mintaqa va ob-havo 
sharoiti ekologik omillarning asosini tashkil qiladi. 
Urug’lik ob-havo sharoiti qulay, unumdor tuproqli dalalarda yetishtirilishi 
maqsadga muvofiq. 
O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda yetishtirilgan urug’lik sifati 
lalmikorlikda yetishtirilgandagiga nisbatan yuqori bo’ladi. Ko’plab o’tkazilgan 
tajribalarning ko’rsatishicha, mahalliy sharoitda yetishtirilgan urug’lar boshqa 


110 
mintaqa yoki respublikadan keltirilgan urug’larga nisbatan yuqori hosil 
yetishtirishni ta’minlaydi. 
Donning to’lish va pishish davrida issiq va havo nisbiy namligi optimal 
bo’lsa, bunday urug’larning ekinboplik va hosildorlik sifatlari yuqori bo’ladi. 
Namlik yuqori, havo salqin, yoki juda issiq sharoitda yetishtirilgan urug’larning 
ekinboplik va hosildorlik xususiyatlari past bo’ladi.
O’simliklarning yotib qolishi, bir tomonlama azotli o’g’itlarning ko’p 
qo’llanishi, o’simliklarning qalin bo’lishi urug’larning ekinboplik va hosildorlik 
sifatlarini pasaytiradi. O’simliklar yotib qolishining oldini olishda retardantlar 
qo’llaniladi.
Urug’chilik xo’jaliklarining asosiy maqsadi faqat sifatli urug’ yetishtirishgina 
emas, balki har gektar yerdan maksimal hosil olish hamdir. O’simlik yuqori hosil 
va sifatli urug’larni faqat hamma texnologik usullar o’z vaqtida, tez va sifatli 
o’tkazilgandagina shakllantiradi.
Urug’larning hosildorlik sifati uning yirikligi, bir tekisligi, o’sish energiyasi, 
unuvchanligi, o’sish kuchi, oqsil miqdori, kasalliklarga chidamliligi va boshqa 
ko’rsatkichlardan iborat. SHuning uchun urug’lik ekinzorlar parvarishi bo’yicha 
alohida texnologiya qo’llanilishi zarur.
Urug’lik ekinzorlar eng yaxshi o’tmishdoshlardan keyin joylashtirilishi kerak. 
Bunda o’tmishdoshlar o’simliklarning o’sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit 
yaratishlari hamda tur va navlarning ifloslanishiga yo’l qo’ymasligini 
ta’minlashlari juda muhim.
O’zbekistonda kuzgi boshoqli don ekinlarini urug’ uchun yetishtirishda eng 
yaxshi o’tmishdoshlar – g’o’za, makkajo’xori, sabzavot ekinlari, kartoshka, beda, 
dukkakli don ekinlari hisoblanadi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish