Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

qoidasi 
va 
fazilatlari 
quyidagilardir:

har kuni mehmon chaqirgandan ko‘ra, ularni bir marta chaqirish lozim, toki 
dasturxonga qo‘yilgan ne’matlar bodastir va aybsiz bo‘ladi; 

uyingizga qadam ranjida qilgan odamning oldiga peshvoz chiqing va ular 
bilan chiroyli muomala qilingki, ular sizning duoingizni qilsin; 

zinhor mehmondan yuqoriga o‘tirmang. Agar mehmon sizni o‘tirishingizga 
rozilik bildirsagina ular bilan birga bo‘ling. Yo‘qsa, uzringizni so‘rab 
«mezbonlik» ishlaringizni davom ettiring; 

mehmonga “Undan oling, bundan oling. Nega hech nima yemayapsiz, 
bularning bari sizlar uchun qo‘yilgan. Agar dasturxonda yetishmovchilik 
bo‘lsa uzr, boshqa kelganlaringizda batafsil qilamiz”, degan mulozamatni 
hadeb aytayvermang. Bunday so‘zlar ayniqsa, tarbiyali insonlarga 
yarashmaydi;

mehmon garchand og‘ir botadigan so‘zlarni gapirsa ham, unga qattiq 
gapirmaslik, uni hurmat qilish zarur. 
Mehmondorchilikdagi 
illatlar
quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

mehmonga ta’na qilish, dasturxondagi ne’matlar va taomlarni maqtayverish; 

mehmondan avval mast bo‘lib olish; 

huda-behuda kulaverish; 

ochko‘zlik qilib, oldidagi narsalarni yeb tugatish; 

mehmonlar oldida xonadon a’zolariga (xotini, farzandlari va xizmatkorini) 
tanbeh berish, ularni so‘kish va haqoratlash.”
2
Xalqimiz mehmonni e’zozlashining sababi shundaki, mehmonning kelishi 
yaxshiliklar ramzi ekanligi, mehmon dilxushliklarni keltiruvchi, araz va ginalarga 
barham beruvchi ekanligidadir. Darhaqiqat, mehmon kelganda er-xotin o‘rtasidagi 
janjal ham, bolalarning xarxashasi ham to‘xtaydi, ovozimiz o‘z-o‘zidan sekinlashib 
muloyim bo‘lib qolamiz. Shuningdek, uyimizga mehmon kelishi ozodalik va 
pokizalik sababchisi hamdir. Shundan bo‘lsa kerak, onalarning “Qizim, 
o‘tirishingni qara, uyni supurib qo‘ysang bo‘lmaydimi. Shu holatda biror kishi 
kelib qolsa, o‘ylamaydimi isqirt yashar ekan deb?!” koyishlari shundan bo‘lsa 
kerak. Hatto uyimizda yotgan bemor ham biroz bo‘lsa-da kasalini unutib, mehmon 
bilan suhbat qurgisi keladi. 
1
Қаранг: Кайковус. Қобуснома. – Т.: Истилол. 1994. 53-бет. 
2
Ҳусанов Б., Ғуломов В. Муомала маданияти. – Т.: Иқтисод-молия. 2009. - Б.71 


126 
Hayotda hamma ham yaxshi mehmondo‘st uy egasi va har kim – kutilgan, 
qiziqarli mehmon bo‘la olmaydi. Buning uchun, avvalambor, mehmonlarni 
qimmatbaho idishlar, kumush jihozlar va boy taomlar bilan mehmon qilish shart 
emas. Juda oddiy mazali taom tayyorlash mumkin; eng muhimi, kelgan mehmonlar 
o‘zlarini yaxshi va dildan ularning kelishlaridan xursand ekanliklarini 
ko‘rishidadir. Kutilmagan mehmonning tashrifi kishini sevintiradi, lekin ba’zida 
noqulay axvolga ham solib qo‘yadi. Shuning uchun birovnikiga tashrif 
buyurmoqchi bo‘lsangiz, boriladigan vaqtni, uning nima qilishini va turmush 
tartibini hisobga olish kerak. Eng yaxshisi, qaysi vaqtda borilsa, malol kelmasligini 
uy sohibidan shaxsan yoki telefon orqali so‘rash kerak. Mehmonga ertalab va 
kechasi borilmaydi. Odob qoidalariga ko‘ra, mehmonga soat 12 dan soat 20 gacha 
bo‘lgan vaqt oralig‘ida boriladi. 
Mehmonga borganda mayda-chuyda tartib-qoidalarni ham esdan 
chiqarmaslik kerak. Eshik oldiga kelgach, eshik qo‘ng‘irog‘ini qisqagina chalish, 
yoki eshikni sekingina taqillatish lozim. Birinchi qo‘ng‘iroqdan keyin eshik 
ochilmasa, takror qo‘ng‘iroq chalish mumkin, lekin ikki martadan ortiq qo‘ng‘iroq 
chalinmaydi. Bu munosabatingiz salbiy ekanligini bildiradi. Uy sohibi mehmonga 
ketgan bo‘lsa aslo uning ketidan bormang. Mehmonga borganda, agar uy sohibi 
bilan oldindan kelishilgan bo‘lmasa, begona kishilarni ergashtirib olib borish 
yaramaydi.
Bolali uyga yoki bolalarga xursand bo‘lishadigan xonadongagina bolalar 
olib boriladi. 
Mehmonlarni to‘plashning eng qulay payti – juma yoki shanba kunlaridir: 
ertasiga uyni sarajomlab, o‘zingiz ham dam olasiz. Mehmonlarni uyda kutib 
olishdan avval, ularni qanday kutib olish imkoniyati borligini ham hisobga olish 
maqsadga muvofiq. Mehmonlarni shunday o‘tkazish kerakki, ularning kasbiy 
qiziqishi mehmondorchilikning munozaraga aylanib ketish darajasida mos 
kelmasin. Mehmonlarni bir-biriga tanishtirish bilan ularning qiziqishlari haqida 
ham aytib kirishib ketishga yordam beradi. 
Kechaning avvali juda tashvishli bo‘lishini hisobga olish lozim. Shuning 
uchun mehmonlar kelishidan yarim soat avval ishlarni tugatishga ulgurish kerak. 
Bu bilan mehmonlarni nisbatan betashvish, yaxshi kayfiyatda kutib olish mumkin. 
Mehmonlarni kutib olish jarayoni samimiy bo‘lishi lozim. Vaqtliroq kelib qolgan 
mehmonga yuvinish va o‘zini tartibga keltirib olish xonasini ko‘rsatiladi. Uy egasi 
mehmonlarni aniqlik va eshitilarlik qilib tanishtirishi lozim. Mehmonlarning 
kamchiliklari haqida gapirilmaydi. Uy egasining asosiy vazifasi – bu har kim 
o‘zini yaxshi va qulay his qilishi uchun do‘stona munosabatni shakllantirishdir. 
Agar uy egasi mehmonlarni qiziqtirishga ko‘zi etmasa, unda buning uchun 
udabburonroq do‘stini taklif qilsin.
Mehmon kutishdan tortib uni kuzatishgacha, dasturxonni bezashdan tortib, 
narsalarni joylashtirishgacha, taomlarning mazasidan tortib, mehmon bilan 
bo‘ladigan suhbatgacha – barcha-barchasi go‘zallik qonuniyatlari asosida bo‘lishi 
zarur. Jumladan, mehmondorchilikning muhim subyekti bo‘lgan pazandalik 
san’atida taom tayyorlash jarayoni, uni bezash, taomlarni tartib bilan tortiq 


127 
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan 
holda bugungi kundagi mehmondorchiliklarning aksariyatida dasturxonga yengil 
taomlar (somsa, go‘shtli salatlar), so‘ngra birinchi va ikkinchi taomlar tortiladi. 
Birinchi taom suyuq (sho‘rva, mampar, lag‘mon, tiftel va h.k), ikkinchi taom 
quyuq (palov, qovurdoq, dimlama, mantii, norin va h.k)lardan iborat bo‘ladi. 
Mazkur jarayonni go‘zal tashkil etishdagi asosiy unsurlar - idishlarning 
chiroyliligi, tozaligi, qulayligi, joylashtirishning nafosati hamda taomning 
mehmonga xush yoqadigan xilini tanlay bilishdadir. Zero, mehmonga xush 
yoqmagan taomni taqdim qilish mehmondorchilikdagi nafosat mezonlarini buzib 
yuborishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, ko‘nglimiz tilamagan taomni mehmon 
dasturxoniga qo‘yish yoki o‘zimizga ravo ko‘rmagan narsani mehmonga sovg‘a 
qilish - mehmonni mensimaslikdir.
Kimgadir yaxshi, kimgadir esa shunchaki g‘amxo‘rlik qilish yaramaydi. 
Mezbon tashvish va ishning ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, xushchaqchaq 
ko‘rinishga harakat qilishi lozim. Shu bilan birga, mehmonlar ham nafaqat 
mezbonlarga nisbatan, balki mehmonlarga nisbatan mulozamatli va diqqatli 
bo‘lishi lozim. Iliq kayfiyatni hosil qilishda mehmonxonani yaxshi yoritish ham 
ahamiyat kasb etadi. Haddan tashqari yorug‘lik noqulaylik tug‘diradi. Ammo 
mehmonlar o‘tiradigan joylar yetarli yoritilgan bo‘lishi kerak. Bunda turli yoritgich 
vositalaridan: stol, osma va devor lampalaridan foydalanish mumkin. Do‘stona 
kechalarga vazmin kuylar yarashadi. Agar siz o‘zingizning yangi video tasmangiz 
bilan maqtanmoqchi bo‘lib, ularni mehmonlarga havola qilsangiz – bu hammaga 
ham yoqavermasligini nazarda tuting. 
Kechaning muvaffaqiyatli o‘tishida uy bekasining kayfiyati va ko‘rinishi 
muhim o‘rin egallaydi. Hamma narsaga ulgurish kerak: uyning ozoda va 
tartibliligi, pishiriqlar yaxshi chiqishi, chiroyli kiyinib, yaxshi ko‘rinmoq lozim. 
Agar siz bunday ichki qoniqishni his qilmasangiz, mehmondorchilik yaxshi 
o‘tmaydi. Sizni kayfiyatingiz butun bir kechaga ta’sir qiladi. Shu sababli 
o‘zingizga e’tibor berish yoddan chiqmasin. 
Mehmonlar kelishi bilan televizor yoki radioni o‘chirib qo‘yish va butun 
e’tiboringizni ularga qaratish mezbonning mehmonga bo‘lgan ijobiy munosabatini 
ko‘rsatadi. Ba’zi hollarda ish ko‘payib ketsa, biron yaqin qarindosh yoki 
tanishingizni yordamga chaqirishingiz mumkin. Bu paytda telefonda gaplashish 
barchaning diqqatini jalb qiladi, ammo bu ijobiylik kasb etmaydi. Qayta 
qilishingizni aytib, so‘ng suhbatni to‘xtatish lozim. Mehmonlarni ichishga, 
yeyishga zo‘rlash ularning me’dasiga tegish mumkin.
Uy bekasining mehmondorchilik bilan ovora bo‘lishi, uy egasining esa 
mehmonlarga “qarab” o‘tirishi tabiiy, ammo uy egasining ayoliga mehmonlar 
oldida o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni berishi nojoiz: “Derazani ochib 
yubor” yoki “Stul olib kel” qabilida. Agar er ayoliga qo‘shimcha salat olib kelishni 
eslatsa, buning yomon joyi yo‘q. Ammo, buni odob bilan amalga oshirish kerak. 
Hech qachon er taomning mazali bo‘lmaganini ko‘pchilik oldida aytmasligi lozim, 
ayolning o‘zi pirog tagiga olib ketgani yoki taom sho‘rroq bo‘lganini shundoq ham 
biladi. Er “Bizning uyda hech qachon tartib bo‘lmaydi” yoki taom kechiksa, 


128 
“Ovqat hech qachon vaqtida tayyor bo‘lmaydi” degan tanbehlar bilan o‘z 
madaniyatsizligi hamda yomon boshqaruvchi ekanligini bildirib qo‘yadi. 
Mehmonni sizning farzandingiz, mushuginggiz, kuchuginggizning ajoyib 
xususiyatlari borligini tan oldirishga majbur qilmang. To‘y yoki biron tantanali 
marosimning videotasmasini mezbon mehmonlarga taklif qilar ekansiz, ularni bu 
bilan zeriktirib qo‘ymagan ma’qul. 
Mehmonlarni uyga taklif qilar ekansiz, ular sizning uyingizni ko‘rib 
chiqishlari mumkin ekanligini ham nazarda tutish lozim. Bu bilan ko‘nikishga 
to‘g‘ri keladi. Agar oila a’zolarining biri mehmon bilan ko‘rishib, ammo o‘tirishda 
ishtirok etmagan bo‘lsa, mehmonning ketishi arafasida uni kuzatishga chiqishi 
lozim. Mehmonlar bilan xayrlashayotganda mezbon ularni kuzatish uchun 
yo‘lakka chiqishi va ayollarni kuzatuvchilari bor-yo‘qligi borasida g‘amxo‘rlik 
qilishi shart. Agar mehmonlarni bir qismi ketsa, qolganlar ularni muhokama 
qilishlari shart emas. Ular ham xuddi shunday “muhokamaga” olinishlarini gumon 
qilishlari mumkin. 
Agar mehmonlar kech qolib ketsa, siz esa oyoqda zo‘rg‘a turgan 
bo‘lsangiz qanday ish tutish lozim? Qishda derazaning ochilishi yaxshi ta’sir 
beradi. Juda bo‘lmasa, ertangi rejalar haqida suhbat boshlagan ma’qul. 
Hammaning ertalab barvaqt turishi “yodlariga tushadi”. Ba’zida bu ham ta’sir 
qilmasligi mumkin. Befahm mehmon uchun universal davo yo‘q. Oxirigicha 
chidashga to‘g‘ri keladi. Agar mehmon taklif qilinmagan, shunchaki kirib 
o‘tadigan bo‘lsa, unda ish osonroq kechadi. Esnab turib, bilmagandek qilib: “Uzr, 
kun juda og‘ir bo‘ldi, barvaqt turish kerak. Agar istasangiz shu yerga joy solib 
beramiz”. Farosati bo‘lsa, (agar uzoqda turmasa) yotgani uyiga ketadi. Bo‘lmasa, 
o‘zbekning mehmondo‘stlik sha’niga dog‘ tushirmaslikka harakat qilamiz. 
G‘alati mehmonlar ham uchrab turadi. Biri o‘zidan boshqani tan olmasa, 
ikkinchisi u burchakdan bu burchakka “tiqilishni” yaxshi ko‘radi. Uchinchisi – 
o‘zini “madaniyatli” qilib ko‘rsatish uchun hech ham dasturxonga o‘tirmaydi, 
sizning esa qorningiz och

Yana biri o‘ta “kamgap” – mehmon uning 
zerikmasligi uchun qiynalib ketadi. Yana biri telefonida gaplashsa yoki televizor 
ko‘rsa, hamma narsani bir zumda unutib qo‘yadi. Yana boshqasi kerak bo‘lmagan 
narsani so‘rayverib jonga tegadi. Olib kelgan taomdan hech biri yoqmaydi. Yana 
shunday tanishlar borki, oshxonaga kirib taom pishirish, “oshxonadagi tartib” bilan 
shug‘ullanib ketadi. Bu kabi o‘nlab mehmonlarga mezbonlar, mehmonlar esa 
mezbonlarga sabr qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ayniqsa, hadeb sizni bezovta qilib uyingizga kelaveradigan, uzoq 
o‘tiradigan mehmon bilan munosabatlarni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi. Albatta, “Biz 
ketishimiz kerak” yoki “Mazam bo‘lmayapti” qabilidagi bahonalar bilan o‘z 
noroziligini bildirish mumkin. Lekin niyatingizni bilib turib, sizni o‘zingizni 
yo‘qotib qo‘yishingizni, taraddudlanishigizni kuzatishni yaxshi ko‘radigan odamlar 
bor. Ularga yo pinakni buzmay o‘z ishingizni qilishingiz yoki ochiqchasiga 
bezovta bo‘layotganingizni aytib qo‘yganingiz yaxshi. 
Biror mehmon vaqtliroq ketmoqchi bo‘lsa, bunga boshqalar e’tiborini jalb 
etmay, uy sohiblari bilangina xayrlashib, ularga ketish sababini aytadi. 


129 
Boshqalarga bildirmay ketishning iloji bo‘lmagan taqdirda bosh silkitib barcha 
bilan xayrlashiladi. Mehmonlar ziyofatning xarakteriga qarab, o‘z vaqtida 
ketishlari kerak.
Mehmondorchilik – ulug‘ xislat, ammo u ham ma’lum bir chegaralarga ega 
ekanligini – o‘zingiz ham bu dunyoga mehmon bo‘lib kelganingizni unutmang. 
Sizni taklif qilishsa

yu, siz bormasangiz, bu hurmatsizlikdir. Kechki 
ovqatdan voz kechishning eng oxirgi muddati – ikki kun avval, ammo keltirgan 
sabab jiddiy bo‘lishi lozim. Bunga yo‘l qo‘yilgan taqdirda imkon qadar tezroq 
og‘zaki ravishda uzr so‘rashni unutmaslik muhim. Mehmondorchilikda ko‘p 
bo‘lib, ammo javoban o‘zi ham mehmonga chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi. 
Agar o‘z uyingizda mehmon qabul qilishga sharoit bo‘lmasa, uning boshqa 
yo‘llarini qidirib ko‘rish mumkin, masalan, qahvaxona, restoran, teatr, agar 
mashinangiz bo‘lsa – shahardan tashqaridagi sayrga taklif qilish mumkin.
Shunday hollar bo‘ladiki, oiladagi er-xotinlardan biri taklifni qabul qilib, 
juftisiz mehmonga borish-bormasligi masalasida ziddiyatlar kelib chiqadi. 
Ko‘pincha bunday takliflarni hamkasablardan olamiz, darajaning oshishi, 
dissertatsiya himoyasi va boshqalar. Bunday takliflarni tadbirning bir martalik 
xususiyatga ega bo‘lgani uchun qabul qilish mumkin. Tez-tez qaytariladigan 
takliflarga nisbatan esa: 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish