210
huquqiy, ma’naviy - axloqiy munosabatlariga asoslangan barqaror ijtimoiy birligidan iborat"
46
.
Darhaqiqat, oila er - xotin, ularning bola - chaqalari, eng yaqin tug’ishganlaridan iborat kishilar
guruhi, boshqacha aytganda xonadonidir. Chunki oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir
erkaknnng o’zi yoxud bir ayolning o’zi oila bo’la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina
iborat emas. Oila er - xotindan tashqari erning ota - onasi, ya’ni qaynota va qaynonalar, farzandlar,
uka va singillardan iborat ko’p bo’g’inli xonadon. Uning har bir a’zosi o’z
mavqeiga ega, shu
oilaning ichki intizomiga buysunib yashaydi. Shu ma’noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir. Bu
jamiyatning o’z saltanati bor: Bunda minglab tasodiflar jarayonida er - xotin muhabbati sinovdan
o’tadi, shu sinov jarayonida ular bir - birlarini chuqurroq tushuna boradi, bir - birlarini qadrlashni
o’rniga qo’yadigan bo’ladi, bir - birlariga kechirimli bo’lishadi, er - otaga, xotin-onaga aylanadi,
farzandlarni tarbiyalab elga qo’shadi, orzu - xavas ko’radi. Shu manoda oila inson hayotiga
to’kislik baxsh etadi, jamiyatning muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi.
Oila ana shu asoslarga tayangan holda kishilik tafakkuri va ijtimoiy harakatining ulug’ kashfiyoti
bo’ldi. Demak, oila-jamiyatning asosiy bo’g’ini, yacheykasi bo’lib, unda er - xotinlik, ota - onalik,
farzandlarning va tug’ishganlarning o’zaro shaxsiy qarindoshlik va mulkiy maqsadlari,
manfaatlari va huquqlari bilan bog’liq munosabatlar mujassamlashgandir. Kishilar uchun
muqaddas dargox bo’lgan oila insonlarning tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy
munosabatlari zamirida vujudga keladi. Albatta oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi. Bu
jarayonda eng avvalo ikkala jins o’rtasidagi kelishuv, ya’ni nikoh asosiy rol o’ynaydi. Chunki oila
taqdiri rasmiy - nikohiy tus olishidan boshlanadi, shundagina er - xotin oldida, xotin er oldida, ular
ota - ona sifatida farzandlaru
qavm - qarindoshlar, mahalla - ko’y, qisqasi jamiyat oldida, o’z
navbatida farzandlar ham o’z ota - onalari va el oldida ma’suliyat sezadilar va burchli ekanliklarini
his etib yashaydilar.
Xo’sh, nikoh nima? Nikoh ham arabcha so’z bo’lib, "O’zbek tilining izohli lug’ati"da: Er -
xotinlikni shariat yo’li bilan rasmiylashtirish marosimi va shu marosimda domulla tomonidan
o’qiladigan shartnoma ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan". Boshqa lug’atlarda ham nikoh "Er -
xotinlikning yuridik (huquqiy) ravishda rasmiylashtirilgan oilaviy ittifoqi, "nikoh ahdi",
"erxotinlik, uylanish" ma’nolarida ishlatilgan.
3
Nikoh to’g’risida ham turli ta’riflar bor. Shundan
eng ma’quli quyidagi ta’rifdir: "Nikoh ikki jinsdagi shaxslarning oilaviy munosabatlarda ishtirok
etish uchun o’zaro ahdlashuvidir".
4
Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FXDYO)
bo’limida tuziladi va rasmiylashtiriladi Qonunga binoan nikoh tuzish shartlaridan eng muhimlari
– nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga etganliklari. Bizda yigitlar18,
qizlar-17-nikoh yoshlari qilib belgilangan. Nikoh tuzishdan oldin ikki yosh orasida goh ochiq
sevgi-muntazam uchrashuvlar, ahdu-paymonlar va orqa varotdan bir-birini yoqtirish bo‘lishi
mumkin. Har ikkala ahvolda ham rozilik o‘zgarmas shart hisoblanadi.
Muhammad Alayhissalom uylariga sovchi kelganda qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar
va rad javobi olganlar. Faqat Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida Bibi Fotima rozilik berganlar.
Demak, farzandning roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat. Hozirgi kunda ham
ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz
uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul ko‘rsagina to‘y bo‘ladi. Juda ko‘p hollarda bunday
yoshlar o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «O‘tgan kunlar»
romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini
buning mumtoz namunasi desa
bo‘ladi. Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra ahloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa bo‘ysundiriladi.
Oddiy birga yashashda esa tabiiy extiyojni qondirish birinchi o‘rinda turadi. Nikohda u ikkinchi
46
Ortiqov A. "Etika asoslari" kursidan leksiya matnlari, - Т.: 1999, 95-bet.
3
Qarang: Safarov O, Mahmudov M. Oila ma’naviyati. –T.: 1997, 15-bet.
4
Davlat va huquq asoslari. Izohli lug’at., -Т.: "O’qituvchi", 1996, 49-bet.
211
darajali mavqe’ni egallaydi. Demak, nikoh - oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, erkak bilan
ayolning bir - biriga va bolalariga, ya’ni bir oilaga mansub kishilarning bir - birlari oldida va
jamiyat oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini belgilaydigan oilaviy
ittifoqidir. Demak, oila nikoh asosida vujudga keladi. Lekin oila va nikoh aynan bir tushunchalar
emas. Oila - nikoh va qon-qardoshlik bilan bog’langan kishilarning tarixan shakllangan ittifoqidir,
eng avvalo, er va xotin, ota - onalar bilan bolalar o’rtasidagi munosabatlardir. Nikoh - oilaning
faqat huquqiy asosi bo’lib, bir oilaga mansub kishilarning, eng avvalo,
er va xotinning va
farzandlarning bir -birlari oldida huquq va majburiyatlarini, axloqiy va huquqiy ma’suliyatini
ifodalaydi.
Oila va nikoh tarixiy hodisa bo’lib, ular jamiyatning kelib chiqishi va taraqqiyotida azaldan mavjud
bo’lmagan. Oilaning kelib chiqishi hali batamom oydinlashtirilgan emas. Bu to’g’rida turlicha
nuqtai-nazarlar
mavjud.
Mutaxassislarning
aksariyatining
fikricha,
oila
va
nikoh
munosabatlarining evolyutsiyasi quyidagicha yuz bergan: Ibtidoiy tuzumning avvalida (ilk va
so’nggi paleolit chegaralarida) umuman oila va nikoh bo’lmagan, u davrda promiskutet deb
nomlangan tartibsiz jinsiy aloqalar odati hukm surgan, ya’ni to’dadagi har bir ayol barcha
erkaklarniki va har bir erkak barcha ayollarniki hisoblangan. Keyin bu aloqalar o’rnini guruhiy
nikoh egallagan. Guruhiy nikohda bir urug’dagi hamma erkaklar boshqa urug’ning barcha
ayollariga er bo’lish huquqiga ega bo’lganlar. So’ngra esa mazkur jamiyat oilasining asosiy shakli
sifatida juft oila paydo bo’lgan. Juft nikohda esa er - xotin hisoblangan erkak va ayol o’z
urug’larida yashagan. Bu oila qarindoshlikni ham ota tomonidan (otalik davri),
ham ona
tomonidan (onalik davri) hisoblab borgan, lekin bu oilalarda hali er - xotin nikohi barqaror, alohida
xo’jalikka ega emas edi. Bu davrda (bronza davri boshlanishi va temir davrida) tabiiy faktor o’z
vazifasini tugalladi, ya’ni jinsiy munosabatlar doirasida qon -qardoshlar istisno qilindi, jinsiy
munosabatlar faqat bir erkak va bir ayol munosabatlariga aylangan nikohda xotin er bilan yashash
uchun uning urug’iga ko’chib o’tgan. Monogam (yakka nikohlik) oila paydo bo’ldi. Nihoyat
individual oila bo’lib, bu kichik oilada nikoh er -xotinni hamda ularning bolalarini bir - biri bilan
mustahkam bog’laydi. Bu holat xususiy mulkchilik rivojlana boshlab ibtidoiy jamoa tuzumi
emirilayotgan davrga to’g’ri keladi. Oila shakllari nikoh xarakteriga qarab ham bir biridan farq
qiladi: 1) Poligam (ko’p nikohlik) va monogam (bir nikohlik) oila; 2) hukmronlik kimning qo’lida
bo’lishiga qarab oila patriarxal (ota yoki aka-ukalarning biri tomonidan boshqariladigan)
matriarxal (ona tomonidan boshqariladigan), 3) demokratik (er - xotinning tengligiga asoslangan)
oilaga bo’linadi. Hozirgi jamiyat oilasi "demokratik" oilaning tipik shaklidir.
Mashhur amerikalik faylasuf Jorj SaktaYana (1803-1952) ta’kidlaganidek: "Oila, bu — tabiatning
shoh asarlaridan biriga aylandi". Fransuz yozuvchisi V. M. Gyugo (1802- 1885): "Oila
- jamiyatning duru gavhari", — degan edi. Buyuk tatar olimi Rizouddin ibn Faxruddin (18481917)
"Oila" asarida Shunday degan edi: "Millatlar sharafini yuqori martabaga ko’taradigan narsa
millionlar ila sanalmoqda bo’lgan askarlaru dunyoda eng buyuk va zo’r bo’lgan kemalar emas,
balki eng oz e’tibor beradiganimiz, yo bo’lmasa hech bir zamon e’tibor bermasdan keladiganimiz
bo’lmish oiladir. Oila nizomsiz bo’lsa, uning yomon oqibati butun millatga ta’sir
etar va shu
sababdan fazilat yeriga razolat, taraqqiyot o’rniga tubanlik negiz ko’rar. Xudoning o’zi asrasinku,
agarda bir millatga bunday hol ro’baru kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochulg’usidir"
47
.
Do'stlaringiz bilan baham: