6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
101
kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o‘ylab ko‘ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz
ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‘zgarib
boramiz, ammo ko‘p hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi. SHu tariqa maktabni
tugatib qo‘yganimizni, ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‘yoki bilmay
qolamiz...Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy
tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari,
tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘q. Qolaversa,
uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko‘tarish
ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq Ittifoqda dialektikani
mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruq va o‘lik ta’limot sifatida qarashga, uning
imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi davr fanida metafizika uch asosiy ma’noga ega:
1.
Falsafa umumiy hodisalar haqidagi fandir. Bu ta’limotning asoschisi Aristotel bo‘lib, u
«narsaning birinchi turi» haqidagi ta’limotdir. Bu ma’noda, «metafizika» tushunchasini
XX acpning yirik nemis faylasufi M.Xaydegger ham o‘rganadi. Uningcha, bu kategoriya
bilishning ob’ekti va sub’ektini bir vaqtda ifodalovchi tushunchadirham o‘rganadi.
Uningcha, bu kategoriya bilishning ob’ekti va sub’ektini bir ifodalovchi tushunchadir.
2.
Maxcyc falsafiy fan ontologiya, umuman, borliq haqidagi ta’limot bo‘lib, nazariya bilish
mantig‘i va uning xususiy ko‘rinishlaridan mustasnodir. Shu ma’noda, bu tushuncha G‘arb
falsafasida o‘tmishda ham (Dekart, Leybnits, Spinoza va h.k.), hozirda ham keng
qo‘llaniladi.
3.
U bilish (tafakkur) va harakatni falsafiy tushunish ma’nosida dialektikaga qarama-qarshi
qo‘yiladi. Bunda shu ma’nodagi tushuncha, ya’ni antidialektika haqida so‘z boradi. Uning
eng asosiy xususiyatlaridan biri bir tomonlamalik bilish jarayonining faqat bir qismini
mutlaqlashtirishdir. Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hech qachon
o‘zgarmasdan qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo‘lgan.
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm,
dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‘lib,bilimning alohida shakllari
natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: