6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI
98
topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar
amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa bo‘lib, bu erda
hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular o‘rtasida
subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va hodisalar
kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat ijtimoiy
ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, individual
tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki siyosatchi, olim,
xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi bilan bog‘liq
bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf
etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid bo‘lishi mumkin.
Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. Nazariya va amaliyot
o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni rivojlantirish, uning
samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt va jamiyat yaxshi
amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha
ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan amaliyoti, til
amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni amaliyotning barcha
shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi.
5.
«Metod» va «metodologiya» tushunchalari
. «
Metod» (yunon. «metodos» –«usul») keng
ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya
tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega – faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda,
siyosatda, san’atda va h.k.) tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi.
Fan metodlari
–
ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan
muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi.
Har bir
fundamental fan, mohiyat-e’tibori
bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot
usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p
hollarda tanlangan metod
tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli
metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy
bilishdagi to‘g‘ri
metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni, yo‘lovchining yo‘lini
yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi.
Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani
hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid
qilish mumkin emas. 3epo, nafaqat
natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega.
Bilish
jarayonida uning roli va
o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy-tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa
metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original
hamda faoliyatli
metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida
qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |