294-mashq.
Ushbu matn qaysi uslubga xos? Fikringizni misollar bilan izohlang.
Tilshunos olimlarning 1970-yili Ispaniyada bo`lib o`tgan yig`ilishida
ma’lum bo`lishicha, yеr yuzi aholisi 2976 xil tilda gaplashar ekan.
Yеr sharidagi aholining uchdan ikki qismi 13 xil tildan foydalanadi. Bu
tillarning har birida kamida 50 million kishi gaplashadi. Bu 13 xil til dunyoga kеng
tarqalgan tillardir. Tillar keng va tor doirada qo`llanishiga ko`ra xalqaro,
millatlararo, milliy til, xalq tili kabi turlarga bo`linadi.
Har bir mamlakatning o`z davlat tili mavjud. Bizning ko`p millatli
respublikatimizda 130 dan ortiq tilda gaplashiladi, umumiy o`rta ta’lim 7 tilda olib
boriladi. Respublikamizning davlat tili o`zbek tilidir. Ayni paytda o`zbek tili
millatlararo aloqa vositasi hamdir.
295-mashq.
Ushbu matn qaysi uslubga xos? Fikringizni misollar bilan izohlang.
Multimedia
Multimedia texnologiyalari o‘rta asrning 80-yillaridan boshlab keng
qo‘llanila boshlangan. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy
vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv
materiallarini o‘quvchi-talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan
ko‘rinishi. Multimedia texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan darsliklar
o‘quvchilarga qulaylik yaratadi. Bunda elektron darslikning istalgan sahifasiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish ta’minlanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir paytning o‘zida ham ma’ruza eshitish, ham
materialni kompyuter ekranida ko‘rish darsni o‘zlashtirish sifatini oshiradi.
Lug`at
dastur –программа
vosita –средство
ta’minlanmoq –снабжаться
o‘zlashtirish –освоение
ESHITISH MASHQI
Matnni diqqat bilan tinglang, so`ngra qayta yozing. Matnning qaysi uslubga xosligini
aniqlab, lisoniy vositalarini tahlil qiling.
Mashhur alloma, ensiklopedist olim Abu Nasr Farobiy musiqashunos olim
ham edi. Uning “Musiqa haqida katta kitob” asari nafaqat Sharqda, balki butun
dunyo bo`yicha ham bu sohada yaratilgan birinchi asar edi. U bu asarida tovush
tabiatini ilmiy jihatdan ta’riflagan, kuy garmoniyasi va ritmikasining matematik
tamoyillarini ochib bergan. Farobiy o`sha davrda Sharqda mavjud bo`lgan rubob,
tanbur, nay, ud, do`mbira kabi asboblarni chalish qoidalarini tuzgan. U misiqa
alifbosi nisoblanuvchi notalarni birinchi bo`lib ixtiro qilgan, o`zi yangi musiqa
asboblari ham kashf etgan, musiqalar yozgan va o`zi ijro qilgan bastakor ham edi.
296-mashq
. Berilgan matnni rus tiliga tarjima qiling. Terminlarning har ikki tilda
berilishini qiyoslang.
Медресе
Медресе – это средние и высшие мусульманские школы. Они готовили
учителей для начальных мусульманских школ. Медресе по-арабски означает
«средняя или высшая школа». Первые медресе появились в VII-VIII веках. В
Средней Азии первые медресе былы открыты в Бухаре, Самарканде,
Исфиджабе, Туркестане, Отраре и в других городах.
Медресе строились возле мечетей и были очень красивыми, удобными
для занятий. Медрeсе делились на четыре ступени, обучение длилось 12-13
лет. В начальных классах изучалась религия, а в старших – арабский язык,
литература, история, право, астрономия, философия, математика, география и
другие предметы. Видные узбекские деятели, ученые, поэты, писатели
обучались в медресе.
Do'stlaringiz bilan baham: |