soat 9:00dan boshlab Toshkent shahridagi “Gulshan” Madaniyat
va istirohat bog’I hududida o’tkaziladi.
“PISA tadqiqotlarida kreativ fikrlashni
baholash doirasi“ nomli qoʻllanma nashrdan
chiqdi
15:27 17 Avgust 2020
Jamiyat
356 0
Kreativ fikrlash insonga XXI asr jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun
kerakli boʻlgan muhim kompetensiyalardan biridir. “XXI asr koʻnikmalari” yoki “XXI
asr kompetensiyalari” deb ataladigan bu kompetensiyalar muttasil oʻzgarib
borayotgan, biz bilgan kasblar yoʻqolib, yangi mutaxassisliklar paydo boʻlayotgan,
globallashgan, mavjud maʼlumot hajmi har soniyada bir necha barobarga oshib
borayotgan, raqamlashgan jamiyatda moslasha olish va oʻz oʻrnini topish uchun
juda muhimdir. Bu kompetensiyalar kognitiv koʻnikmalarning yuqori darajada
rivojlangan boʻlishini, jumladan, mantiqiy fikrlash, solishtirish, tahlil va sintez,
muammolarga yakka tartibda va jamoa boʻlib nostandart yechimlar topa olish
qobiliyatlarini taqozo qiladi. Bu koʻnikmalarni rivojlantirish esa, oʻz navbatida,
anʼanaviy kontentga asoslangan pedagogika va baholash usullaridan chekinib,
kompetensiyaga asoslangan oʻqitish va baholashni joriy qilishni talab qiladi.
Oʻzbekiston 2022-yilda ilk bor qatnashishi kutilayotgan PISA xalqaro baholash
dasturi oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligi bilan bir
qatorda, kreativ fikrlashini ham baholaydi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish va
baholash uchun esa birinchi navbatda bu domenning oʻzini tushunish, uning ilmiy
asoslarini tadqiq qilish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tayyorlangan “PISA
tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli adabiyot aynan kreativ
fikrlash domenining komponentlarini, kreativ fikrlash domeniga taʼsir qiluvchi
omillarni xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda
ochib berilgan
. Xususan, kreativ
fikrlash deganda nima tushunilishi, kreativ fikrlashning qay darajada kontent va
boshqa domenlarga bogʻliqligi, taʼlim jarayonida kreativ fikrlashning rivojlanishiga
taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy omillar batafsil yoritilgan. Shubhasiz,
kreativ fikrlash domenining ilmiy asoslarini tushunish pedagoglarga taʼlim
jarayonida oʻquvchilarining kreativ faoliyatini ragʻbatlantirish uchun samarali
metod va texnologiyalarni tanlashda katta yordam beradi.
Mazkur adabiyotning yana bir muhim jihati – kreativ fikrlashni tekshirishga
qaratilgan PISA test topshiriqlari namunalari, ularning tavsifi, unda tekshiriladigan
kompetensiyalar va baholash mezonlari keltirilganligidir. Bu esa bevosita PISA
dasturida qabul qilingan kreativ faoliyatni baholash mexanizmlarini tushunishda
katta koʻmak boʻlib xizmat qiladi. Oʻqituvchilar shu singari topshiriqlarning qanday
ishlashini bevosita tahlil qilib, tushunib, oʻz darslariga kiritish imkoniyatiga ega
boʻladilar.
Taʼlim jarayonida funksional va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish va ularni
baholashga qaratilgan manbalar, afsuski, oʻzbek tilida juda kam. Mavjud manbalar
asosan kontent pedagogikasiga asoslangan boʻlib, ular, yuqorida aytilganidek, har
doim ham XXI asr kishisi ehtiyojlarini hisobga olmaydi.
Koʻpchilikning xorijiy tildagi manbalardan foydalanish imkoniyati yoʻqligini hisobga
olsak, mazkur adabiyot pedagoglar va taʼlim sohasi vakillari uchun qimmatli manba
boʻlib xizmat qiladi.
Eslatib oʻtamiz, qoʻllanma hududiy malaka oshirish markazlari, hududiy
boshqarmalar, 348 ta xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan
tayanch maktablari hamda tegishli tashkilotlarga begʻaraz tarqatiladi.
“Daryo”ni Telegram’da o‘qing!
Join!
Mahalliy
Dunyo
Texnologiyalar
Madaniyat
Avto
Sport
Foto
Uzum uz!
Qo‘ziqorin
Arxiv
Do'stlaringiz bilan baham: |