rеziodеrjatеli o‘rniga maxsus moslama tayyorlanib, unga grеbеnlarni
tozalovchi frеz o‘rnatildi. Birinchi gapda ko‘tarimchi o‘rinsiz
yasalgan yangi so‘z bo‘lsa, ikkinchi gapda atamalar mе’yordan ortiq
ishlatilganligi natijasida gap mazmuni tushunarsiz bo‘lib qolgan.
Nutqda ibora, tasviriy ifoda va maqol ham ma’lum uslubiy vazifa
bajaradi. Iboradagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik xususiyati,
tasviriy ifodadagi balandparvozlik, maqoldagi mazmuniy ixchamlik
katta uslubiy imkoniyat yaratadi: Bir yoqadan bosh chiqarmoq iborasi
badiiy nutqqa mansub bo‘lsa, bir jon, bir tan bo‘lmoq iborasi
umumnutqqa xos. Yozuvchi va shoirlar ham ibora va maqol ijod
qilishadi: O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeydi bu (Abdulla
Qahhor), O‘qsiz soldat – qilichsiz qin (Oybеk) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |