Baxtiyor mengliyev



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/227
Sana31.10.2020
Hajmi1,62 Mb.
#50920
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   227
Bog'liq
B.Mengliyev-Hozirgi o‘zbek tili (darslik)

Mantiqiy mushohada uchun 
1.  So‘z  oxirida  undosh  jarangsizlashdi.  Daryo  qirg‘oqqa  ta’sir 
qildimi yoki qirg‘oq daryoga? 
2.Ertakda Yalmog‘iz paydo bo‘lganda, supurgi yo‘qolib qoladi. 
Supurgi  paydo  bo‘lganda  yalmog‘iz  yo‘q  bo‘ladi.  Ular  almashib 
turar  edi.  Bola  Yalmog‘izni  qanday  yo‘qotdi?  Buni  pozitsiya  va 
tovushlar munosabatiga qanday bog‘laysiz? 
 
Unli  fonema  yaxlit  sistemani  tashkil  etib,  bu  sistema  ham  o‘z 
navbatida  sistemachalarga  bo‘linadi.  [i]  va  [u]  fonemalari  “yuqori 
tor”  belgisi  ostida  birlashib,  bunday  belgiga  ega  bo‘lmagan 
fonemalardan  ajraladi.  Quyida  har  bir  unli  fonemaning  sistemaviy 
xususiyatlarini jadvalda aks ettiramiz: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[a] 
  
Sof ovozdan 
iborat 
Quyi keng, 
lablanmagan 
  
[o] 
Quyi keng, 
lablangan 
[e] 
O‘rta keng, 
lablanmagan 
[o‘] 
O‘rta keng, 
lablangan 
[i] 
Yuqori tor, 
lablanmagan 
[u] 
Yuqori tor, 
lablangan 
 
Unli  fonemalar  paradigmasi  katta  va  kichik  paradigmalardan 
iborat.  Lablangan  va  lablanmagan  unlilar  ichki  paradigmalarni 
hosil  qiladi.  Lablangan  unlilar  ichki  paradigmasini  jadvalda 
sistemaviy xususiyatlari asosida quyidagicha berish mumkin. 
93


Lablangan unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada 
hosil bo‘luvchi 
belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[o] 
  
Lablangan  
Quyi keng  
  
Sof ovozdan 
iborat 
[o‘] 
O‘rta keng  
[u] 
Yuqori tor  
 Lablanmagan unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada 
hosil 
bo‘luvchi 
belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[a] 
 
Lablanmagan  
Quyi keng  
  
Sof ovozdan 
iborat 
[e] 
O‘rta keng  
[i] 
Yuqori tor  
Keng/torlik  xususiyatiga  ko‘ra  unlilar  uchta  ichki  paradigmani 
tashkil  qiladi:  yuqori  tor  unlilar  paradigmasi,  o‘rta  keng  unlilar 
paradigmasi, quyi keng unlilar paradigmasi.  
Yuqori tor unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[i] 
 Tor  
Lablanmagan  
Yuqori  
[u] 
Lablangan  
O‘rta keng unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[e] 
Keng 
lablanmagan 
O‘rta 
[o‘] 
lablangan 
Quyi keng unlilar paradigmasi: 
Fonema 
Sistema hosil 
qiluvchi belgisi 
Sistemada hosil 
bo‘luvchi belgisi 
Sistemaga 
betaraf belgisi 
[a] 
Кенг 
lablanmagan 
 Quyi  
[o] 
lablangan 
Aytish  mumkinki,  [i]  va  [u]  kichik  paradigmasi  a’zolari 
farqlovchi  belgilari  ([i]  –  lablanmaganlik  va  [u]–  lablanganlik 
94


belgilari)  asosida  o‘z  mustaqilliklarini  saqlab  qoladi  va  ziddiyatda 
turadi.  [e]~[o‘]  sistemachasi  “o‘rta  keng”  belgisiga  ko‘ra  [i]~[u
sistemachasidan ham, [e]~[o] sistemachasidan ham farqlanadi. 
Ma’lum  bo‘ladiki,  katta  paradigma  uchun  sistema  hosil 
qiluvchi  belgi  ichki  paradigma  uchun  sistemaga  betaraf  belgiga 
aylanib qoladi. Bu sistemaning ichki sistemalarga bo‘linishlaridagi 
qonuniyatlardan biridir.  
Demak, unli fonemaning har biri uch belgidan iborat:  
[i]– yuqori, tor, lablanmagan 
[u] – yuqori, tor, lablangan 
[e] – o‘rta, keng, lablanmagan 
[o‘] – o‘rta, keng, lablangan 
[a] – quyi, keng, lablanmagan 
[o] – quyi, keng, lablangan. 
Tilning  ko‘tarilish  darajasi  birlashtiruvchi  belgi  bo‘lganda 
(masalan,  [i],  [u]  unlilari  “torlik”  belgisi  ostida  birlashadi) 
lablanganlik-lablanmaganlik  farqlovchi  belgi  sanaladi:  [i]  – 
lablanmagan,  [u]–  lablangan.  “Lablanganlik”  birlashtiruvchi  belgi 
bo‘lganda,  tilning  ko‘tarilish  darajasi  farqlovchi  belgi  sanaladi. 
Masalan,  [i],  [e],  [a]  unlilari  “lablanmaganlik”  umumiy 
birlashtiruvchi  belgisiga  ega,  biroq  “yuqori”  ([i]),  “o‘rta”  ([e]), 
“quyi”  ([a])lik  belgilari  bu  fonemalarning  farqlovchi  belgilari 
sanaladi. 
 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish