4. Yorma zavodlarida donning yuzasiga ishlov berish jarayonining
ahamiyati.
Yorma zavodlarida donning yuzasiga qamchinli yoki abraziv yuzali
mashinalarida ishlov berganda don massasi tarkibida qotgan tuproq
bo`lakchalari bo`lsa ular maydalanadi, donning yuzasi changlardan
tozalanadi, qisman donning qobiqlari va murtagi ajratib olinadi.
Tozalangan arpa donlari fraktsiyalari RZ-BKT tosh tozalagich
mashinasida mineral aralashmalardan (tosh, shisha, kesak) tozalanadi.
Tozalangan arpa doni urib tozalovchi R3-BGO-6 va A1-ZSHN ma-
shinalarida ketma ket ikki martadan ishlov berilib, gul qobigi ajratib olinadi
va aspiratorda yengil aralashmalardan tozalangan yadro donning qobig’ini
ajratish bo`limiga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |