UMMU ZAR’ HIKOYASI
193. Oisha roziyallohu anho dedilar: Kunlarning birida o‘n bir nafar xotin bir yerga jam
bo‘ldilar va hammalari o‘z erlarining ahvolini to‘laligicha bayon qilishni va hech bir so‘zni
yashirmaslikka ahd qildilar. Bu xotinlar hammalari Yaman xotinlari yo Hijoz xotinlari
edilar. Nomlari aniq ma’lum emasdir.
Birinchilari dedi: Mening erim ishdan chiqqan, oriq tuyaning go‘shtidir. Yana o‘zi chiqishi
qiyin bir tog‘ning ustidadir. Tog‘ yo‘li oson emaski, unga chiqilsa. Go‘sht ham semiz mol
go‘shti emasdirki, uni ixtiyor qilinsa, va olib tushilsa, ya’ni, butun foydasiz bekor bir
narsadur.
Ikkinchilari dedi: Men erim rozilarini bayon qilmasman. Qo‘rqurmanki, agar uning
ayblarini berkitmay so‘zlab qolsam, "zohiriy" va "botiniy" ayblarining hech birini qo‘ymay
so‘zlab tashlarman, ya’ni mening erimda bor ayblarni sanab bo‘lmas, qaysi birini ham
so‘zlab o‘tiray.
Uchinchilari dedi: Mening erim badxulq, bedavo uzundki, undan shikoyat qilsam, yo
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |