www.ziyouz.com kutubxonasi
13
taqmas edilar, (ya’ni avval taqmas edilar, keyin taqdilar) hayotlarining oxirigacha taqib
o‘tdilar.
72. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari
kumushdan bo‘lib, ko‘zi o‘zidan edi.
I z o h. Birinchi hadisda ko‘zi xabashiy deyildi va bu hadisda ko‘zi o‘zidan deyildi.
Ulamolardan har kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzuklari bir dona edi
deguvchilardan bo‘lsa, bu hadisni dalil etib, yuqoridagi xabashiy kalimasiga xabash
san’atida ishlangan edi, deydilar. Uzuklari bir nechta edi deguvchilardan bo‘lsa, avvalgi
hadisni “ko‘zi xabashiy tosh edi”, deb tafsir qiladilar.
73. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ajam
podshohiga xat yozmoqchi bo‘lganlarida, odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
dedilar: Ajam podshohlari muhr bosilmagan xatni qabul etmaydilar. Keyin Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam uzuk qildirdilar. Hozir men guyo o‘sha uzukning muborak
kaftlarida oqligini ko‘rib turgandayman.
74. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak
uzuklaridagi naqshi bunday edi: birinchi satrda Muhammad lafzi, ikkinchi satrda Rasul
lafzi, uchinchi yuqoridagi satrda esa Alloh lafzi bor edi.
75. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Eron, Rum va
Habash podshohlariga xat yozmoqchi bo‘ldilar. Odamlar dedilar “ular muhri yo‘q xatni
qabul etmaydilar”, keyin Ya’lo ibn Umayya nomli sahobaga amr qildilar. U kishi bir uzuk
qilib keldilar, xalqasi kumushdan edi va unga “Muhammad Rasululloh” jumlasini naqsh
qilib o‘yilgan edi.
76. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon xaloga
kirmoqchi bo‘lsalar, muborak qo‘llaridan uzuklarini chiqarib qo‘yar edilar (chunki unda
Alloh Taoloning nomi bor edi).
77. Abdulloh bin Umar roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning muborak uzuklari hayotlarida o‘z qo‘llarida edi. Vafotlaridan keyin Abu
Bakr roziyallohu anhu qo‘llarida va u zotdan keyin Umar roziyallohu anhu qo‘llarida
bo‘ldi. Usmon roziyallohu anhu qo‘llariga o‘tgandan keyin olti yil saqladilar. Keyin u uzuk
«Be’ru Aris» nomli bir quduqqa tushib yuqoldi. Uning naqshi “Muhammad Rasululloh”
edi.
I z o h. Aris kalimasi amir vaznida masjidi Quboga yaqin bir yerdagi bir bog‘ yo bir
quduqning nomi bo‘lib, yahudlardan Aris nomli bir kishiga mansub bo‘lgan. Usmon
roziyallohu anhu xilofatlariga olti yil bo‘lgan davrda o‘sha quduqni madinaliklar uchun
kovlatib qo‘ygandilar. Bir kun o‘sha quduq labida o‘tirganlarida, bir narsaga muxr
bosmoqchi bo‘lib, muhr saqlaguvchi Mu’ayqib degan kishidan shu uzukni talab qildilar.
Muhr qo‘llaridan quduqqa tushib ketdi. Bu uzukni ba’zi vaqt barakot umidida taqib ham
yurar edilar. Quduqqa tushgandan keyin uch kungacha axtardilar. Quduq suvini tamom
tashqariga oldirdilar, lekin topilmadi. Ulamolar dedilarki, shu uzuk yuqolgandan keyin
Usmon xukumatlariga har turli fitna va fasod boshlandi.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |