www.ziyouz.com kutubxonasi
11
57. Samura roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
Libosning oqini kiyinglar, chunki oqlari pokizaroq va yaxshiroq bo‘ladi. O’liklaringizga
undan kafan qilinglar.
58. Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun erta
bilan uylaridan chiqdilar, badanlarida qora qildan to‘qilgan chodarlari bor edi.
59. Mug‘iyra roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir jubba
kiydilar, o‘zi rumiy bo‘lib, yenglari tor edi. (Jubba – keksa kishilar kiyadigan bo‘yi va
yengi uzun to‘n)
Do'stlaringiz bilan baham: |