www.ziyouz.com kutubxonasi
10
Bir rivoyatda kelganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘ylak kiyar edilar.
Ko‘ylaklarining etagi ikki to‘piqlaridan yuqori va ikki yengi barmoqlarining uchlari ila
barobar bo‘lar edi. Mana bu ikki rivoyat sharhida ba’zi ulamolar deganlarki, biri safardagi
hol, ikkinchisi hozirdagi hollaridir, yo biri shimarilgan vaqti, ikkinchisi esa qo‘yib berilgan
vaqtidir, yo biri, ya’ni qisqaligi, sunnat bo‘lib, uzunligi esa joizdir.
49. Qurra ibn Iyos roziyallohu anhu dedilar: Men Muzayna kabilasidan bo‘lgan bir jamoa
bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bay’at berish uchun kirdim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘ylaklarining tugmasi solinmagan yo tugmasi
ochiq edi. Keyin men qo‘limni yoqalariga soldim va tabarruk maqsadida muhri
nubuvvatlarini ushladim.
50. Anas roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kun Usoma
roziyallohu anhuga suyangan hollarida hujrai saodatdan bir kism yamaniy naqshlik
libosga tavashshuh tariqasida o‘ralib chiqdilar. Keyin sahobalarga imom bo‘lib
namozlarini o‘qib berdilar. (Arablar bir chodrani o‘ng qo‘lning ostidan olib, chap yelkaga
solib olishni tavashshuh deydilar.)
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu tariqada bir odamga suyanib
chiqishlari, ulamolarning bayon qilishlaricha, bemorlik vaqtlarida bo‘lgan ekan.
51. Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhu dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
qachon bir yangi libos kiymoqchi bo‘lsalar, avval uning otini olar, keyin der edilar: Ey
Alloh, O’zingga shukur, bu libosni ato qilganing uchun Senga hamd aytaman. Ey Alloh,
men Sendan bu libosning o‘zidagi va unga ato etilgan yaxshilikni talab qilurman va Sen
bu libosning o‘zidan va unga ato etilgan yomonlikdan panoh berishingni iltijo qilaman.
52. Anas roziyallohu anhu dedilar: Liboslar ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga
nihoyatda mahbubi naqshalik, ya’ni qizil yo‘llik yamaniy chodar edi.
I z o h: Ushbu hadis bilan shu bobning birinchi hadisida ixtilof yo‘qdir, chunki tikilgan
liboslar ichida hammadan mahbubi ko‘ylak bo‘lsa, chodarlar ichida hammadan mahbubi
qizil yo‘llik chodar edi.
53. Abu Hujayfa roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni
muborak badanlarida qizil yo‘llik yamaniy chodarlari bor holda ko‘rdim, va hozir men
guyo u kishining muborak ikki pochalarini yaltirab turganligini ko‘rib turgandayman
(ya’ni chodarlari tamom pochalarini yashirmagan, to‘piqlaridan yuqorida edi).
54. Abu Rimsa roziyallohu anhu dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni
ko‘rdim. Egnilarida yashil rangli ikki liboslari bor edi. (Arablar yo‘llik libosni burd derlar,
agar yo‘li bo‘lmasa, burd demaydilar).
55. Qayla roziyallohu anho dedilar: Men Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni ko‘rdim,
jismlarida za’farga bo‘yalib, unda asari qolmagan eski ikki chodarlari bor edi.
56. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat: Rasululloh sallollohu alayhi vasallam
dedilar: Libosning oqini ixtiyor etinglar, uni tiriklaringiz kiysinlar va unda o‘liklaringizni
kafanlanglar, chunki oq libos liboslaringizning afzalidir.
Shamoili Muhammadiy. Muhammad at-Termiziy
Do'stlaringiz bilan baham: |