19
Назарий қисм.
Psoriaz
Etiologiyasi, klinikasi va diagnostika. Zamonaviy
davolash
Psoriaz-teri kasalliklari ichida tez-tez uchrab turadigan, surunkali qaytalanuvchi,
mul'tifaktorial
tabiatga
ega
kasallik.
Psoriaz
epidermis
hujayralarining
giperproliferatsiyasi, keratinizatsiyasining
buzilishi, dermada esa yallig'lanish
reaktsiyasi va turli a`zo-sistemalarda patologik jarayonlarning yuzaga kelishi bilan
kechadi. Bu kasallik yillab davom etadi hamda retsidiv (qaytalanishi) va remissiya
bilan almashinib turadi.
Epidemiologiyasi:
Statistik ma`lumotlarga qaraganda yer shari aholisining 2% -3%
psoriaz bilan
kasallanadi. Adabiyotlarga qaraganda psoriaz G'arbiy Yevropa va Skandinaviyada
keng tarqalgan. Masalan Daniyada 2,9% , Buyuk Britaniyada 2,0%, Norvegiyada
4,8%, AQSHda 1,4%, Xitoy va Gonkongda 0,57%ni, O'zbekistonda 0,9%ni
tashkil
qiladi.
Psoriaz teri kasalliklari orasida 5-10%ni tashkil qiladi. Ýrkaklar va ayollar bu kasallik
bilan bir xil kasallanadilar. Psoriaz ko'pincha 20-40 yoshdagilarda uchraydi. Kasallik
keyingi yillarda bolalar orasida juda ko'p uchramoqda.
Kasallikning ilk klinik belgilari R. Willan (1801) tomonitan ta`riflab berilgan.
1841yilga kelib Gebra psoriazni mustaqil kasallik sifatida ajratgan.
Etiologiyasi va patogenezi.
Psoriaz kasalligining kelib chiqishida bir necha nazariyalar bor: irsiy, virusologik,
immunologik,
neyrogen, endokrin, moddalar almashinuvining buzilishi(uglevodlar,
oqsillar, yog'lar, tsiklik nukleotidlar, keylonlar va b.q ), infektsion-allergik.
Irsiy nazariya
. Psoriaz kasalligining qarindoshlar orasida irsiyatda ko'proq
uchrashi
aniqlangan. SHungà qarab psoriaz ikki xil tipga bo'linadi: 1- tipi psoriaz kasalligi bilan
kasallanganlarning oilalarida, qarindoshlarida uchrab 18-25 yoshdan boshlanadi. Bu
20
tipi 65 % ni tashkil qilib, kasallik og'irroq kechadi. 2-tipi psoriaz 50-60
yoshlarda
uchrab nisbatan engilroq o'tadi va oilaviy holatlar aniqlanmaydi. Agar ota-onaning
biri psoriaz bilan og'rigan bo'lsa, u holda ularning bolalarida psoriaz uchrash ehtimoli
25%ni, ularning har ikkalasi ham kasallangan bo'lsa, u holda bu ehtimollik75%ni
tashkil qiladi. Bunday taxlillar shuni ko'rsatadiki, psoriaz mul'tifaktorial kasallik bo'lib,
genetik ulushi 60-70 %ni tashkil qiladi. Psoriazning irsiy tabiatga ega ekanligi, uning
genetik markyori bo'lmish-HLA sistemasi bilan assotsiatsiyasi isbotlaydi. Psoriaz
rivojlanishida har xil genlar yakka yoki birgalikda ishtirok qiladi.
Hujayralarning
bo'linishi va ko'payishi protoonkogenlar tomonidan nazorat qilinadi, turli sabablar
natijasida bunday genlarning nazorat qilish qobiliyati buziladi, natijada epidermisning
faolligi oshadi. Psoriaz bilan kasallangan bemorlarda yog', uglevod almashinuvining
buzilishlari va terisida proteoglikogenlar (mys,fos, abl)
miqdorining oshganligi
aniqlangan. Ilmiy ma`lumotlarga qaraganda psoriaz ko'pincha B13, Bw16, Bw17, CT7
antigenlar bilan bog'liq. Psoriatik artritda B27 antigeni tez-tez uchraydi. Ýgizaklardagi
psoriazning klinik ko'rinishlari bir-biruga juda o'xshash bo'lishi ham irsié nazariyani
isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: