Oʻn uchinchi seshanba: mukammal kun haqida
suhbatlashamiz
Morri oʻlimidan soʻng jasadi kuydirilishini xohlardi. U bu haqida
Sharlotta bilan maslahatlashib, shu eng maqbul usul degan qarorga
keldi. Morri dafn marosimini oʻtkazishni qadrdon doʻsti – Brandeys
universiteti ravvini Al Akselrodga ishonib topshirdi. Al Akselrod
Morrini koʻrgani kelganda, Morri unga oʻz jasadining kuydirilishi
toʻgʻrisidagi rejasini aytdi.
– Keyin Al…
– Labbay?
– Meni haddan ortiq kuydirib yubormasliklariga koʻz-quloq boʻlgin, a.
Ravvin hang-
mang boʻlib qoldi. Endi Morri oʻz jasadi haqida hazil
qilishga oʻtgandi. Oʻlimi yaqinlashgani sari, u oʻz jismiga, shunchaki,
arzimas qobiq, ruh saqlanadigan oddiy idish sifatida qaray
boshlagandi. Bari bir, tanasi qurib, faqat foydasiz teri va ustuxonga
aylanib borayotgani sababli undan voz kechish u qadar qiyin
emasdi.
– Biz oʻlim bilan yuzma-yuz kelishdan juda qoʻrqamiz, – dedi Morri
uning yoniga joylashganimdan keyin.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
128
Uning yoqasidagi mikrofonni toʻgʻrilab qoʻydim, lekin u yana tushib
ketaverdi. Morrini yoʻtal tutdi. Hozirga kelib u deyarli toʻxtovsiz
yoʻtalardi.
– Oʻtgan kuni bir kitob oʻqigandim. Unda yozilishicha, shifoxonada
bemor vaf
ot etishi bilan uni darhol choyshabga oʻrab, lyukka
oʻxshash narsaning yoniga olib borib, pastga tashlab yuborisharkan.
Ular murdani tezroq koʻzdan yoʻqotish haqidai oʻylaydi. Odamlar
oʻlimga yuqumli kasallikdek qarashadi.
Men mikrofonni uning yoqasiga qot
irish bilan ovora edim. Morri qoʻl
harakatlarimga bir qarab oldi.
– Oʻlim yuqumli emas. U ham hayot kabi tabiiy hodisa. U – biz
tuzgan kelishuvning bir qismi.
Morri yana yoʻtala boshladi, men ortga tisarilib, doimgidek har
qanday jiddiy falokatga tayyor holda kutib turdim. Oxirgi paytlarda
Morri tunlarni ming azobda oʻtkazayotgandi. Dahshatli tunlar. U atigi
bir necha soat orom olar, keyin esa kuchli yoʻtaldan nafasi boʻgʻilib
uygʻonardi. Hamshiralar yotoqxonaga yugurib kelib, yelkasiga urar
va oʻpkasidagi balgʻamni koʻchirishga urinardi. Hamshiralar uni
odatdagidek nafas oldirishga muvaffaq boʻlganida ham (bu endi
faqat kislorod yuboruvchi uskuna orqali amalga oshirilardi), bunday
kurash Morrining tinka-madorini quritar va u kuni bilan behol yotardi.
Uning
burniga kislorod naychalari oʻrnatilgandi. Ularni koʻrgani
koʻzim yoʻq edi. Menga naychalar chorasizlik ifodasidek tuyulardi.
Ularni yulib olgim kelardi.
– Oʻtgan kecha… – Morri sekingina shivirladi.
– Xoʻsh, xoʻsh? Oʻtgan kecha?
– Meni kuchli yoʻtal xuruji tutdi. Soatlab davom etdi. Oʻlib qolsam
kerak deb oʻyladim. Nafas ololmayman. Boʻgʻilib qolgandim. Bir payt
boshim aylana boshladi… shunda qalbimda qandaydir bir
osoyishtalik hissi paydo boʻldi va men ketishga tayyorligimni his
qildim.
Mich Elbom. Morrining seshanba darslari
www.ziyouz.com
kutubxonasi
129
Morri koʻzlarini katta-katta ochdi.
– Mich, bu betakror tuygʻu edi. Sodir boʻlayotgan hodisani qabul
qilish hissi, qalb osoyishtaligi. Oʻtgan hafta koʻrgan tushim haqida
oʻyladim – unda qandaydir koʻprikdan nomaʼlum tomonga
oʻtayotgandim. Manzil qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, u tomon
borishga tayyor edim.
– Lekin bormadingiz.
Morri bir lahza tin oldi. Soʻng sekingina bosh chayqadi:
– Yoʻq, bormadim. Lekin bora olishimni aniq his qildim.
Tushunyapsanmi? Barchamiz izlayotgan narsa aynan shu. Oʻlim
haqligini xotirjam qabul qilish. Agar oxir-
oqibat oʻlimni xotirjam
qarshi olish qoʻlimizdan kelishini bilsak edi, ana undan keyin
chindan qiyin ishni qilishni ham bir amallardik.
– Qaysi ish?
– Hayot bilan murosa qilish.
U orqasidagi deraza tokchasida turgan hibiskus butasini olib
kelishimni soʻradi. Butani kaftimga qoʻyib, uning yuziga yaqin
keltirdim. U jilmaydi.
– Oʻlish – tabiiy jarayon, – takrorladi u. – Biz oʻzimizni tabiatning bir
qismi sifatida koʻrmasligimiz sababli oʻlim bizni sarosimaga soladi.
Biz insonmiz, demak, tabiatdan ustunroqmiz deb oʻylaymiz.
Morri butaga qarab jilmaydi.
– Aslida unday emas. Dunyoga kelgan har bir narsa, vaqti kelib
oʻladi. – U menga qaradi: – Fikrimga qoʻshilasanmi?
– Ha.
– Yaxshi, – shivirladi u, – inson boʻlishning mukofoti ham bor. Shu
gʻaroyib oʻsimlik va hayvonlardan farqimiz mana nimada. Toki bir-
birimizni yaxshi koʻrib, mehr-muhabbat hissini xotiramizda saqlar
ekanmiz, oʻlganimizdan keyin ham butunlay yoʻqlikka gʻarq
boʻlmaymiz. Sen qoldirgan mehr-muhabbat oʻlmaydi. Sendan
qolgan xotiralar oʻlmaydi. Hayotligingda mehr-muhabbat va
Do'stlaringiz bilan baham: |