«informatika va axborot texnologiyalari»



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/209
Sana24.03.2022
Hajmi4,39 Mb.
#508036
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   209
Bog'liq
Информатика ва АТ

Тushunarlilik.
Algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini qanday bajarishni aniq 
bilishi kerak.
Diskretlik.
Algopitm ijrochisi masalani yechish jarayonini alohida va sodda qadamlar 
ketma-ketligini bajarish deb tushunishi kerak.
Aniqlik.
Algoritmning har biri qoidasi, undagi amallar va buyruqlar bir ma‘noli bo`lishi 
kerak. Shu xossaga asosan algoritm ijrochisi buyruqlar ketma-ketligini mexanik bajarish 
imkoniyatiga ega bo`ladi.
Natijaviylik.
Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritmning ijrosi 
oxir-oqibat ma‘lum bir yechimga kelishi kerak.
Ommaviylik
. Masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun yaratiladi, ya‘ni 
faqatgina boshlangich qiymatlari bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar sinfi uchun tuziladi. 
Bunda boshlang`ich qiymatlar algoritmning qiymatlar qabul qilishi mumkin bo`lgan sohadan 
olinadi. 
6. Algoritmlarni tasvirlash usullari 
Amaliyotda algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullari quyidagilar:
so‘zlar yordamida
(og`zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar);
grafik usulda 
(grafik simvollar yoki blok-sxemalar yordamida);
dastur ko‘rinishida
(dasturlash tillariga oid xizmatchi so‘zlar, operator va funksiyalar 
yordamida).
Algoritmlarni so’zlar yordamida tasvirlash 
Algoritmlarni 
so’zlar yordamida
tasvirlashda bajariladigan buyruqlar va ko‘rsatmalar 
ketma-ket og`zaki nutqda ishlatiladigan so‘zlar orqali yoziladi. 
Misol tariqasida ikki natural sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini aniqlash masalasini 
ko‘rib chiqaylik. Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisi deb, ushbu sonlar bo‘linishi 
mumkin bo‘lgan eng katta umumiy songa aytiladi. Masalan, 12 va 18 sonlarining quyidagi 
sonlarga bo‘linadilar: 2, 3, 6. Bularning ichida eng katta umumiy bo‘luvchi 6 ga teng. Ya‘ni, 
EKUB(12,18)= 6. Ikki sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini topish algoritmi yunon olimi 
Yevklid tomonidan tuzilgan va ushbu algoritmning so‘zlar bilan tasvirlanishi quyida keltirilgan:
1.
Ikkita sonni kiriting;
2.
Agarda bu sonlar o‘zaro teng bo‘lmasa, u holda 3-ko‘rsatmaga o‘ting, aks holda ulardan 
birini javob sifatida oling va ishni to‘xtating;
3.
Ikkita son ichida kattasini aniqlang;
4.
Katta sonni katta va kichik sonlarning ayirmasi bilan almashtiring;
Odatda ijrochiga algoritmning maqsadi ma‘lum bo‘lmaydi. Shuning uchun ijrochi 
―nimaga?‖ va ―nima uchun?‖ kabi savollarni bermaydi. 


126 
5.
Algoritmni 2-qadamdan boshlab qaytaring.
Keltirilgan algoritmni har kanday natural sonlarning EKUBini topish uchun ishlatish 
mumkin.
Algoritmlarni so‘zlar yordamida tasvirlashning bir qancha kamchiliklari mavjud bo‘lib, 
aksariyat xollarda algoritmlarni tasvirlashda bu usuldan foydalanilmaydi. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish