«Axborotlashtirish to‘g‘risida»
(11.12.2003 y.),
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»
(11.12.2003 y.),
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»
(29.04.2004 y.)
«Elektron tijorat
to‘g‘risida»
(29.04.2004 y.) va
«Elektron to‘lovlar to‘g‘risidagi»
(16.12.2005 y.)gi qonunlari
qabul qilindi. Bu qonunlarning qabul qilinishi jamiyatni axborotlashtirish borasida rivojlangan
mamlakatlar bilan teng hamkorlik qilish uchun zarur huquqiy-me‘yoriy asoslarni yaratib berdi.
Keyingi davrda respublika rahbariyati bu qonunlarning amalda ishlashi masalasiga katta
e‘tibor bilan qaramoqda. Ayniqsa, bu borada qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 8 iyul 2005 yildagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-
117 sonli, 5 sentabr 2005 yildagi "Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter
havfsizligini ta‘minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-167 sonli
qarorlari qabul qilindi. Ularda elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunni amalda tatbiqiga oid,
kompyuter havfsizligiga bo‘ladigan zamonaviy tahdidlar, havfsizlikni ta‘minlash borasidagi
xalqaro tajribalarni o‘rganish, kompyuter insidentlariga tezkor munosabat bildiruvchi xizmat
bo‘linmasi faoliyati to‘g‘risidagi masalalar hal etilgan. O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrda №256 sonli «Axborotlashtirish sohasida
normativ huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi, 28 dekabrda №282 sonli
««ZIYONET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarorlari qabul qilindi.
Ohirgi qabul qilingan bu qarorlar Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi, axborot
havfsizligini ta‘minlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun
mas‘ul bo‘lgan davlat organlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, davlat organining
rasmiy saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar, davlat organlarining axborot tizimini yaratish
tartiblari va axborot tizimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar, axborot resurslarini yaratish,
ekspertizadan o‘tkazish va «ZIYONET» tarmog‘ining texnologik maydonchasidan foydalanish
tartiblarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda 181-
sonli «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan
o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilingan.
Mazkur Qarorda
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv
davlat xizmatlari to‘g‘risidagi Nizom, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan.
Qarorda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Тoshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish va ko‘rsatilayotgan ana
shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va jismoniy shaxslarning interaktiv davlat
xizmatlaridan sifatli foydalanishini ta‘minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
qo‘llash yo‘li bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari
faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishlari belgilab o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |