Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Gidropon turlari va ularning tavsifi



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Gidropon turlari va ularning tavsifi.
Ildiz oziqlanadigan muhitni fizik-
kimyoviy xususiyatlari, o‘simliklar ildiz tizimini havo, suv va mineral oziqa 
elementlari bilan ta’minlash texnologik jihozlarini konstruktiv hal etilishiga ko‘ra 
gidroponika quyidagi 5 asosiy turlarga ajratiladi: 

suvli ekin
– ildiz oziqlanadigan muhit oziq tuzlarining suvdagi eritmasi 
hisoblanadi; 

agregatoponika
– ildiz oziqlanadigan muhit qattiq materialli (agregatli) substrat 
(lotinchada 
aquareqatus
– mexanik aralashma yoki bir xil zarrachalarning mexanik 
birikmasi) bo‘lib vaqti-vaqti bilan mineral o‘g‘itlarning eritmasi berib turiladi; 

xemoekin
(xemoqo‘ltura) (lotincha 
chemia
– kimyo, 
cultura
– yetishtirish, 
ishlov berish so‘zlaridan olingan) ildiz oziqlanadigan muhit oziqali eritma bilan 
ho‘llanib turiladigan, g‘ovak organik materialdir; 

ionitoponika
– ildiz oziqlanadigan muhit katta zarrachalardan iborat bo‘lib, ikki 
mo‘mli: kationit va anionitli aralashma ko‘rinishida, ularni ionlari qisman mineral 
tuzlarning ionlari bilan almashtirilgan; 

aeroponika
(grekcha 
aer
– havo so‘zidan olingan) – havo ildiz oziqlanadigan 
muhit hisoblanadi. Bu o‘simliklarning ildiz tizimi maxsus so‘kchaklarning qorong‘i 
havo bo‘shlig‘iga joylashtirib oziqa 
eritmalar 
ildizga 
purkagichlar 
(forso‘nkalar) yordamida vaqti-vaqti 
7-расм.
Сувли экин тасвири


47 
bilan purkaladi yoki ildizlari trubaga joylashtirilib vaqti-vaqti bilan shu truba orqali 
oziqa eritma oqiziladi. 
Suvli ekinlarda
o‘simliklar mineral tuzlarning suvdagi erit-masi to‘ldirilgan turli 
sig‘imli idishlarda substratsiz o‘stirila-di. O‘simliklar ildizlari oziq eritmaga botib 
turadi (21-rasm). 
Suvli ekin uslubi Yaponiyada (xayponika), shuningdek Yevropa mamlakatlarida 
tarqalgan, xususan ko‘kat ekin-larni yetishtirishda. MDH mamlakatlarida suvli ekin 
tajribaviy izlanishlarda foyda-laniladi. Bu usulning keng joriy qilinishiga 
foydalanishning murakkab-ligi, eritma reaksiyasining turg‘o‘n bo‘lmasligi, kislorodni 
suvda yaxshi eritmas-ligi (9,4 m/l) sababli u bilan ildizni qoniqarli ta’minlanmasligi, 
qo‘pol va bahaybat bo‘lishi, foydalanishni murakkabligi to‘sqinlik qiladi. Shu bilan 
birga oziq eritmasi konsentratsiyasini kerakli holatda saqlash qiyinchiligini yuzaga 
kelishi to‘sqinlik qiladi. 
Buyukbritaniya, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda suvli ekinlar-
ning boshqa xili yupqa qalinlikda jildiratib oqiziladigan (plyonkali) suvda o‘stiriladiga 
ekin NFT (
Nutrient film Technique
) turi qo‘llaniladi. Bunda nur o‘tkazmaydigan 
polietilen yoki qattiq materialdan yasalgan, uzunligi 5-20 m va eni20-25 sm bo‘lgan 
yuza tarnovlar biroz qiya (nishabli) (1:100) holda ilitilgan yerga o‘rnatiladi. Tarnov 
tubidan 1 mm qalinlikda, uni yuqori qis-midan ingichka truba orqali suro‘n-kali berib 
turiladigan oziqali eritma oqib turadi va pastki tomoniga o‘rnatilgan idishga yig‘i-ladi, 
eritma u yerdan nasos orqali asosiy rezervuarga o‘tkaziladi (22- Ko‘chat mineral 
paxtali kubik-larda yetishtiriladi va u tarnov (qayiqchalarga) joylashtiriladigan, ular 
orali-g‘idagi plyonka chetlari shunday buklanadiki, bunda tarnov (lotok) uchburchak 
shakliga kirishi kerak. Ko‘chat o‘tkazilganidan so‘ng oldiniga oziqali eritmaning oqish 
tezligi 5 l/min, nihol ildizi to‘liq rivojlanganida esa – 3 l/min tashqil qiladi. 
Plyonkali gidroponika me’yorida oziqlantirish tartiboti yaratishga imkon beradi, 
tuproqni zararsizlantirishdan xoli bo‘linadi, o‘simliklar aylanishini (almashinishini) 
tezlashtiradi, suv, o‘g‘it va yonilg‘i sarfi kamayadi hamda mehnat xarajatlari 
qisqaradi. Ammo, suvli ekindagi kabi oziqa eritmasi buferlikka ega bo‘lmaydi. 
Shuning uchun eritmani nordonligi va elektr o‘tkazuvchanligi qattiq nazorat qilinadi. 
Elektr o‘tkazuvchanlik ma’lum miqdorgacha pasaysa, eritma to‘g‘rilanadi 
(koorektirovka). 
Uni 
biroz 
ishqoriylashtirish 
uchun 
orto-fosfor 
kislotasi, 
nordonlashtirish uchun esa kaliy yod qo‘shib korrektirovka qilinadi. 
Suvli ekinning bu turini ijobiy tomoni Shundan iboratki ildiz tizimini o‘sishi 
uchun qulay sharoit yaratilishidadir. O‘simlik mo‘ntazam ravishda yetarli miqdorda 
namlik, oziq moddalar va havo kislorodini oladi. Germaniyaning Grosbernedagi 
sabzavotchilik instituti issiqxonaning foydali maydonini 1 m
2
da bodringda olayotgan 
hosili 53 kg ni, pomidordan esa 32 kg gachani tashqil etadi. MDH mamlakatlari 
xo‘jaliklari bu usulda salat va ko‘kat ekinlarni yetishtiradilar. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish