~ 373 ~
7
bodring
150-200
150-200
100-150
50-75
120-150
120-150
60-75
8
turli
sabzavotlar
150
150
100
50
100
120
50
9
poliz
ekinlari
250-300
250-300
100-150
50
80-100
100-120
50-60
Tavsiya etilayotgan o‘g‘itlar miqdori o‘simliklarning holatiga, rejalashtirilgan
hosildorlikka, tuproq sharoiti va qo‘llaniladigan agrotexnika
darajasiga qarab bir oz
o‘zgartirilishi mumkin.
Quyidagi 5-jadvadda ko‘rsatilgan fosfor va kaliy o‘g‘itlari
miqdorlari shu oziq
moddalar (P2O5 va K2O) bilan kam ta’minlangan tuproqlarga
nisbatan hisoblangan.
Ularni
amalda
qo‘llash
miqdorlari
agrokimyo
laboratoriyalari
tahlillariga ko‘ra tuproqdagi mavjud va o‘zlashtiriladigan
fosfor va kaliylarning
mavjud miqtsorlari bilan tabaqalashtiriladi. Buning uchun o‘g‘itlarning ekinlarga
mo‘ljallangan yillik miqdorini quyidagi tuzatish koeffitsientiga ko‘paytiriladi: juda
kam ta’minlangan tuproqlar uchun – 1,25, o‘rtacha ta’minlanganlarga – 0,75, yaxshi
ta’minlanganlarga – 0,5, yuqori darajadagilar uchun – 0,25.
Ertagi va o‘rtagi muddatlarda ekiladigan ekinlar uchun
rejalashtirilgan kaliy
o‘g‘itining barchasi va fosforning 75
%
kuzgi shudgorlashda solinadi. Kechki va
takroriy ekinlarga shu o‘g‘itlar yerga ekish oldi haydovini o‘tkazishda beriladi.
Karam va pomidor ekinlariga kaliyli o‘g‘itning yarmini yerni haydashda,
ikkinchi
yarmini o‘suv davridagi ikkinchi oziqlashda azot bilan birga qo‘llash ma’qul.
Fosforning qolgan 25
%
ekish paytida qo‘llanadi. Pomidordosh sabzavotlarga fosforli
o‘g‘itlarning ozroq qismini vegetatsiya davrida ham qo‘llash maqsadga muvofiq.
Azotli o‘g‘itlar ekishda va o‘suv davridagi oziqlantirishda ishlatiladi.
Asosiy o‘g‘itlashda organik va mineral o‘g‘itlarni tayyorlash, ortish,
tashish va
sochishlar mexanizatsiyalashtirilgan. Go‘ng va kompostlarni ortish, tashish va
sochishlar uchun yuklagich buldozer PB-35, yuklagich - PFP-2, PZ-086, PGX-0,5;
2PTS-68526, SHTS-2 -
tirkama transport vositalardan; organik o‘g‘itlarni sochuvchi
KSO-9, RTO-4, PPU-4, RPN-4, ROU-5, PRT-10, PRT-16, RUN-15A, RUN-15B kabi
mexanizmlardan foydalaniladi. Mineral o‘g‘itlarni maydalash uchun PSU-4, USU-20,
AIR-30, yuklash uchun SZU-20, PGX-0,5 markali mashinalar ishlatiladi.
Oziqlantirish.
Ekinlar, odatda, ikki yoki uch marta, ya’ni
maysalar unib
chiqqandan keyin, hosil to‘plash oldidan va yoppasiga hosil to‘plash davrida
oziqlantiriladi. O‘g‘itlar ildizlarining asosiy qismi joylashgan zonaga solinishi kerak.
Shuning uchun birinchi oziqlantirishda o‘g‘itlar ekin qatorlarining biqiniga 6-8
sm
chuqurlikda, ikkinchi va uchinchi oziqlantirishda esa qator oralarining o‘rtasiga 10- 15
sm
chuqurlikda solinadi. O‘g‘itlar, odatda, ekin sug‘orilgandan keyie yer yetilishi
hamonoq, solinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: