Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

 
14.
 
 Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi -
metodika 
fanlarini o‘qitishning fanining nazariy, milliy asoslari, innovatsion 
texnologiya asosida pedagogik bilim berish, ilg‘or tajribalarni 
o‘rganish, kuzatish, tahlil qilish kabilarni o’rganadi. 
15.
 
Maktabgacha pedagogika - 
maktabgacha ta ’lim-
tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona 
ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni 
tarbiyalash hamda ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o 
‘rganadigan fan. 
 
16.
 
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish -
maktabgacha ta'lim muassasalarida sahna chiqishlarini tayyorlash, 
bolalaming ijodiy faoliyatlariga rahbarlik qilishning metod va usullari 
o’rganadi.
 
 
 


10 
1.2. Mutaxassislik fanlarni o’qitishda pedagogik jarayon, o’quv 
jarayoni, tizimli yondashuv tushunchalari 
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘zaro tashkiliy hamkorlikda 
faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ko‘rinishdagi maktabgacha tarbiya, o‘rta 
umumiy ta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv 
yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o‘zaro 
uzviylikdagi bog‘liqlik 
pedagogik tizim
deyiladi. 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab 
elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro 
yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq 
quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv 
axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning 
shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini 
boshqarish usullari. 
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon 
bo‘ladi:
Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki 
harakati, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar xarakteriga, o‘zaro tahsir kuchiga bog‘liq. 
Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya 
obyekti bir vaqtning o‘zida tarbiya subyekti ham hisoblanadi. O‘zaro 
faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi 
hamkorlik pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi. 
Sub’ekt bilan obhekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar mavjud:
Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib turish). 
1.
Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi faoliyat). 
2.
Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat). 
3.
Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari. 
Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita 
va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga 
oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan 
talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. 
Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib 
xizmat qiladi
1

1
Педагогика. Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / В. А. Сластенин, И. 
Ф. Исаев, Е. Н. Шиянов; Под ред. В.А. Сластенина. - М.: Издательский центр 
"Академия", 2002. - 576 с. 


11 
Shaxsni shakllantirishni amalga oshirish ta’lim-tarbiyaning 
tashkil etuvchilari ya’ni ularning barcha elementlari-ta’lim maqsadi, 
ta’lim vazifalari, ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim mazmuni, 
metodlari, shakllari, vositalari, mustaqil o‘quv topshiriqlari, mustaqil 
faoliyat, nazorat, o‘z- o‘zini nazorat orqali o‘z natijasiga erishiladi. 
Shunday ekan ta’lim-tarbiyani alohida elementlarga bo‘lib emas, balki 
yaxlit holda karash va amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga 
qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘lini yaqinlashtiradi. Chunki, 
yuqorida kayd kilib o‘tganimizdek, voqelikdagi barcha narsalar yaxlit 
tizim 
sifatida 
bir-biriga 
chambarchas 
bog‘langan. Ulardan 
birortasining funktsiyasi buzilsa, yoki birortasi ishlamay qolsa 
maqsadga erishilmaydi. Masalan, mashina dvigatelining yonilgi 
uzatgich tizimini olaylik, uning yonilg‘i uzatuvchi elementlaridan 
birortasi ishlamay qolsa, yoki yomon ishlasa dvigatel yonilgi bilan 
ta’minlanmaydi, natijada mashinaning o‘t oldirishi qiyinlashadi yoki 
o‘t olmaydi. Ta’lim-tarbiyada ham shunday. Ushbu jarayonning biror 
elementa yaxshi faoliyat ko‘rsatmasa, o‘zlashtirish qiyinlashadi va 
bilim samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham pedagogik 
texnologiyada ta’lim- tarbiya jarayoniga tizimli yondashish Juda 
muhim bo‘lib, katta ahamiyat kasb etadi. 
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonining muhim 
elementlaridan biri ta’lim mazmuni qancha murakkablashtirilib, uni 
ta’lim oluvchilarga etkazish yo‘li aniqlashtirilsa, kuchli intellekt va 
yuksak ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish 
osonlashadi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish