72
yuzasidan o‘quvchilarda ayrim hayotiy hodisalar mavjudligi, o‘quv
materialining hajmini inobatga olish zarur. Mavzu o‘quvchilarning
real o‘quv imkoniyatlariga muvofiq bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek,
o‘rganilayotgan material o‘quv jarayonining qaysi bosqichida
turganligini va qanday aniq o‘quv hamda tarbiyaviy masalalar hal
etilayotganligini aniq tasavvur qilish lozim. Mavzu o‘quvchilarning
o‘quv imkoniyatiga muvofiq kelsa, yani u shu mavzu yuzasidan
qandaydir tushunchalarni egallagan bo‘lsalar, yoxud avvalgi o‘qish
bosqichlarida o‘rganilayotgan o‘quv ma’lumoti yuzasidan muayyan
tasavvurga ega bo‘lsalar, reproduktiv metodlar bilan muammoli bayon
qilish metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
2.
Qo‘llaniladigan ta’lim metodlari ta’lim
printsiplariga muvofiq
kelishi lozim. Bunda tanlanadigan o‘qitish metodlari pedagogika
fanlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib, ta’lim
printsiplarini amalga oshirishda real imkoniyat vujudga keltirilmog‘i
darkor. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda talabalarga ta’lim-tarbiya
berish, tarbiyalash, talaba shaxsini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi
bunda nazariyaning amaliyot bilan, ilmiylikning puxtalik bilan
mustaqillik va izchillik printsiplariga bog‘liqlikda olb borilishi ta’lim
metodi muvaffaqiyatini ta’minlaydi va o‘zlashtirishni kuchaytiradi.
Shuningdek real o‘quv imkoniyatlarini inobatga olgan holda
pedagogik ma’lumotlar-shaxs ta’lim, tarbiya,
bilim oluvchilarning
ijtimoiy kelib chiqishlari pedagogik jarayonning xos xususiyatlarini
hamda bolaning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi faktorlar, ota-onaning
tarbiyachilik sanati; tarbiya va ma’naviyat, bolaning rivojlanishi,
tarbiyaning nazariy ilmiy va milliy asoslari to‘g‘risidagi aniq
ma’lumotlarni o‘zaro bog‘liqlikda o‘rgatish, pedagogika turkum
fanlarini o‘qitishda tarixiylik va milliylikka asoslanishda reproduktiv,
tadqiqiy-ijodiy, tadqiqot, muammoli o‘qitish,
maqsadga muvofiq
bo‘ladi
3.
Ta’lim metodi mashg‘ulot turi, maqsadi va vazifalariga
muvofiq bo‘lishi shart. Mutaxassislik fanlari ta’limiy, tarbiyaviy
rivojlantiruvchi funksiyalar bilan ruhiy-ijtimoiy malakalar, aqliy
qobiliyat, ijodiy tafakkur, o‘zini anglash, shaxs, faoliyat,
ijtimoiylashuv, jamiyat, o‘zini
boshqarish, ma’naviy yuksalish
kabilarni
amalga
oshirish
pedagogika
darslarining
muhim
vazifalaridan hisoblanadi. Buning uchun pedagogik turkum fanlar
mashg‘ulotlarida bu funksiyalarni amalga oshirishga yaxlit bir tizim
sifatida yondashishga yordam beradigan metodlarni qo‘llash kerak. Bu
73
funksiya va maqsadlar yaxlitligini ta’minlashda namoyish-kuzatish,
maruza, suhbat metodlari bilan birga nazorat, o‘z-o‘zini nazorat
metodlarini qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.
4.
Talabalarning o‘quv materialini o‘zlashtirish
va qayta
shug‘ullanishdagi faoliyatlarini faollashtiruvchi o‘qish motivlarini
shakllantiruvchi, o‘quv axborotini egallashga qiziqish, tashabbusni,
mustaqillikni va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishga undovchi
metodlarni qo‘llash. Bunga uchun ta’limning muammoli, qisman
izlanish
va evristik, tadqiqotlilik, rag‘batlantirish metodlaridan
foydalanish orqali erishiladi.
5.
Qo‘llaniladigan metod o‘qituvchining o‘quv ishi sharoitlari va
imkoniyatlari-mashg‘ulot o‘tkaziladigan xona va uning jihozlanishi,
o‘quv asboblari, gigiyenik sharoitlar mavjudligi, yil fasli,
kunning
tarkibiy qismi, o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishga
tayyorligi va shu kabilarni inobatga olib tanlanishi lozim.
6.
Qo‘llaniladigan metod o‘rganilayotgan mavzu xususiyatlariga
muvofiq bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishni nazardan qoldirmaslik
darkor. Masalan, “Pedagogikaning umumiy asoslari” bo‘limini
o‘tishda, ko‘proq pedagogika fanining predmeti, metodologiyasi,
drektiv va normativ hujjat (“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim sohasida davlat ta’lim standarti”
vazirliklar, rektorat tomonidan fanni o‘qitishga qo‘yilgan talablar)ni
inobatga olgan holda metod tanlash lozim. Buning uchun o‘qitishning
tushuntirish-illyustrastsiya, muammoli bayon qilish, hikoya, suhbat,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish kabi metodlardan foydalanish
maqul hisoblanadi.
7.
Qo‘llaniladigan metod talabalarning real o‘quv imkoniyatlari
o‘zlashtirish darajali, yosh va individual xususiyatlarni hisobga olgan
holda tavsiya etiladi. Talabalarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib
chiqib bir mashg‘ulotning o‘zida bir
necha metoddan foydalanish
mumkin. Masalan, o‘quvchi-talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil
o‘zlashtirishi bo‘sh bo‘lgan talabalar uchun reproduktiv, produktiv,
qisman izlanish (evristik) metodlardan foydalanilssa yaxshi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: