Ort yelka tagliklarni, tepa yelka tagliklarini va qiyma tegliklarni
qiymaga qo’yish.
Ort yelka tagliklarini ort bo’lak yoqa o’mizi chizig’i
bo’ylab qo’yib, biriktirib tikish mashinasida yenglarni yeng o’miziga
o’tqazma chokiga ulab tikiladi. Ularni tepa yelka tagliklari qo’yilishi bilan
bir vaqt yoki avra va astar yeng o’mizlarni maxsus mashinada
puxtalayotganda kiyim o’miziga qo’ysa bo’ladi. Ort yelka tagliklari yelka
choklariga biriktib tikish mashinasida puxtalanadi.
Tepa yelka tagliklari, taglikning o’rtasi yelka chokiga to’g’ri
keladigan, tashqi qirqimlari esa yeng o’mizi qirqimlaridan o’tib turadigan
qilib, kiyim yeng o’miziga to’grilanadi va maxsus mashinada yeng o’tkazma
chog’ida 1 mm oraliqda baxyaqator yuritib puxtalanadi.
118
Qiyma tagliklar yeng o’tkazma choklariga turlash mashinasida yelka
tagliklari bilan bir vaqtda puxtalanadi, bunda qiyma tagliklari yenglar
tomonidan (yeng qiymasi bilan o’tkazma chok orasida) qo’yiladi,
qavatlangan qirqimi o’tkazma chok qirqimlariga to’grilanadi. Qiyma
taglikining uchlari oldingi va tirsak o’tar qismlaridan pastda puxtalanmaydi.
Baxyaqator o’tkazma chokdan 1 mm oraliqda yuritiladi.
9.2. Astar tayyorlash va uni kiyim avrasiga ulash.
Astar kiyimning hamma choklarini yopib Turish va kiyimni kiyib
yurishda qulay bo’lishi uchun ishlatiladi. Fasonga qarab astar kiyim etagigacha
yoki buksa chizig’igacha tushgan bo’lishi mimkin. Astar kiyim etagiga
ulanmagan yoki ulangan bo’ladi.
Kiyimlar astariga odatda bar tutgich, ilgak qo’yiladi. Astarning o’zi
quyidagicha tayyorlanadu:
Yon vitachkalari yeng o’mizidan boshlab bel chizig’igacha, 1 sm chok
hosil qilib biriktirib tikiladi. Chokning kengligi bel chizig’idan boshlab pastga
tomon kamaya boradi va qirqimning pastki uchidan 1-1,5 o’tib yo’q bo’lib
ketadi. Yuqori vitachkalar yelka qirqimida 1 sm kenglikda biriktirib tikib,
uning pastki uchidan 1,5 sm o’tqazib yo’q qilib yuboriladi.
Astarning yon, yelka qirqimlari, yengning tirsak va old qirqimlari, ort
bo’lakning o’rta choki kengligi 1sm qilib biriktirib tikiladi. Yengning old va
tirsak qirqimlari tikilayotganda, ularning o’rta qismi 20-25 sm uzunlikda
tikilmay qoldiriladi.
Agar astarning etak qirqimi avraning etak qirqimiga ulanadigan bo’lsa,
old bo’lak o’rta choki tikilayotganda uning o’rta qismi 30-35 sm uzunlikda,
kiyimni o’ngiga ag’darish uchun tikilmay qoldiriladi.
Astar etak uchigacha yetmaydigan bo’lsa, uning pastki cheti buklanib,
bukish chizig’idan 0,1 sm masofada baxyaqator yuritiladi.
119
Astar etagi avraga ulanmaydigan bo’lsa, astar yon qirqimlari bilan ort
bo’lak o’rta chok qirqimlari maxsus mashinada yo’rmab tikiladi. Yeng astari
astar o’miziga, ularning belgi kertimlari to’g’ri keltirilib universal mashinada
o’tqaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |