M uh am m ad yo qub o sto n a q u lo V budjet hisobi



Download 8,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/150
Sana23.03.2022
Hajmi8,3 Mb.
#506393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150
Bog'liq
7-Budjet-hisobi.-M.Ostonaqulov-2008-Darslik

2

B U D J E T H I S O B I N I N G O B Y E K T L A R I
Budjctning daromadlari va xarajatlari budjet hisobining asosiy 
obyektlari bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulaming budjet ijrosi 
jarayonining ayrim bosqichlaridagi hisobi muhim ahamiyatga ega.
Davlat budjeti daromadlari iqtisodiy mazmuni bo‘yicha:
1) yuridik shaxslardan tushgan mablag‘lar;
2) jism oniy shaxslardan tushgan mablag‘larga bo‘linadi.
D avlat budjeti daromadlari budjetga tushish tavsifi bo‘yicha:
1) soliqlar sifatidagi tushumlar;
2) nosoliq tushumlarga b o ‘linadi.
Davlat budjeti daromadlari ulaming hisoblanish va kelib tushish 
davrlari bo ‘yicha:
1) hisoblangan daromadlar;
2) kassa daromadlariga b o ‘linadi.
D a v la t b u d jetin in g h iso b la n g a n d a ro m a d la ri. Budjctning 
kassa organiga kelib tu shguniga qadar davlat soliq ham da m oliya 
organlari tomonidan hisoblanishi kerak boMgan darom adlar d av lat 
b u d je tin in g h iso b lan g an d a ro m a d la ri, deb ataladi. D avlat soliq va 
m oliya organlarida hisoblangan daromadlarning faqat tezkor hisobi 
olib boriladi.
D avlat budjetining kassa darom adlari. Budjctning bankdagi 
schyotlariga haqiqatda kelib tushgan daromadlar davlat budjetining kassa 
daro m ad lari, deb ataladi. Kassa daromadlari budjctning daromad qismining 
bajarilish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham budjet daromadlarining 
tushumida faqat kassa daromadlari bo‘yicha baho beriladi.
D a v la t budjetining k assa x arajatlari. Budjetning bankdagi 
schyotlaridan budjctda ko‘zda tutilgan xarajatlargagina m ablag1 beriladi. 
Budjet m ablag‘lari naqd pul sifatida hamda pulsiz hisob-kitoblar yo‘li 
bilan berilishi mumkin. Budjetning bankdagi schyotlaridan bank 
muassasalari tomonidan berilgan summalar davlat budjetining kassa 
x a ra ja tla ri, deb ataladi.
4


D avlat budjetining h aq iq iy x a ra ja tla ri. Budjet m ablag‘lari 
hisobidan haqiqatda qilingan xarajatlar summasi hamda hisoblangan 
yoki haqiqatda qilingan, ammo hali to ‘lanmagan xarajatlar davlat 
bud jetinin g haqiqiy x a ra ja tla ri deb ataladi. Budjetning haqiqiy 
xarajatlari moliya organlarida hisobga olinmaydi. Haqiqiy xarajatlar 
hisobi faqat bu xarajatlarning paydo b o ‘lish joylaridagina, y a ’ni budjet 
tashkilotlarida va xo‘jalik yurituvchi subycktlarda olib boriladi.
Moliya organlari kassa xarajatlari haqidagi m a’lumotlami bank 
muassasalaridan, haqiqiy xarajatlar haqidagi m a’lumotlami esa budjet 
tashkilotlaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan oladi.
Hisoblangan va kassa daromadlar, kassa va haqiqiy xarajatlar budjet 
ijrosi jarayonining turli bosqichlarini tavsiflaydi. Moliya organlari budjet 
ijrosini kassa daromadlari va xarajatlarida qayd etadi.
3 . B U D J E T T A S N I F I N I N G A N A L I T I K
H I S O B D A G I A H A M I Y A T I
Davlat budjeti ijrosida qatnashuvchi barcha organlarda davlat 
budjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida budjet 
tasnifi yotadi. Budjet tasnifi davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul 
qilish hamda ijro etish maqsadida budjet m a’lumotlarini bir tizim ga solish 
uchun foydalanish va u budjet m a ’Iumotlari xalqaro tasn if tizimlarining 
aynan shunday m a’Iumotlari bilan qiyoslanishini ta ’minlash maqsadida 
davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, 
shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlash 
hisoblanadi. Budjet tasnifi hamma budjetlam i bir yagona davlat budjetiga 
jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy fimksiyani amalga 
oshirishuvchi hujjatgina bo‘lib qolmay, u katta iqtisodiy ahamiyatga 
ham egadir. Tasnifda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bir xil 
alomatlari bo‘yicha guruhlanadi va ular bo‘linmalar deb yuritiladi. 
Bo‘limlar, paragraflar, boblar va moddalar budjet tasnifi boMinmalari 
hisoblanadi.
Budjet tasnifi qonunchilikda belgilangan tartibda O ‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tom onidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. 
Turli darajadagi budjetlar yagona budjet tasnifi ko‘rsatkichlari doirasida
5


shakllantiriladi va ijro etiladi, y a ’ni tasnif obyektlariga berilgan 
guruhlashtirish kodlari b o ‘yicha daromadlar va xarajatlar guruhlanadi.
B u d j e t ta sn ifi:
1) budjet daromadlari;
2) budjet xarajatlarining vazifa jihatidan;
3) budjet xarajatlarining tashkiliy;
4) budjet xarajatlarining iqtisodiy;
5) davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasniflarini 
o ‘z ichiga oladi.

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish