4
2.
Eni 24 sm, bo‘yi 32 sm va balandligi 18 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli
parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?
3.
Qutini 5-rasmda tasvihangandek qilib bog‘lash uchun qancha ip kerak bo‘ladi?
4.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlah
a, b
va
с
bo‘lsa, uning qirralari
uzunliklari yig‘indisini hisoblash formulasini yozing.
5.
Qirrasi 3 sm bo‘lgan kublardan 6-rasmdagi parallelepiped yasaldi. Hosil bo‘lgan
parallelepipedning eni, bo‘yi va balandligini toping. Bu parallelepiped nechta kubdan
tuzilgan?
6.
Qirrasi 3 dm bo‘lgan yog‘och kub sirti qizil rangga bo‘yaldi (7- rasm).
Shundan
so‘ng u qirrasi 1 dm bo‘lgan kubchalarga bo‘lib arralandi.
a) Natijada nechta kubcha hosil bo‘ldi?
b) Ularning orasida nechtasining bir yog‘i, nechtasining ikki yog‘i va nechtasining
uchta yog‘i bo‘yalgan bo‘ladi? Hech bir yog‘i bo‘yalmagan
kubchalar ham hosil
bo‘ladimi?
7.
O‘lchamlah 12 dm, 21 dm va 14 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped
sirtining yuzini hisoblang.
Narnuna:
Yuqorida ko‘rilgan 1- rnisol.
8.
8- rasmda tasvirlangan to‘g‘ri burchakli parallelepiped
shaklidagi usti ochiq
akvariumni yasash uchun nechta va qanday o‘lchamdagi shisha bo‘laklah kerak
bo‘ladi?
5
9.
Qirrasi 6 sm bo‘lgan kubni bo‘yash kerak. Buning
uchun qanday kattalikdagi
yuzani bo‘yash kerak bo‘ladi?
10.
9- rasmdagi jism nechta kubdan tashkil topgan?
11.
Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 16 sm va 6 sm. Bu qog‘oz qirrasi 4 sm bo‘lgan
kubni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
12.
Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 sm va 8 sm. Bu qog‘oz eni 3 sm, bo‘yi 4 sm va
balandligi 5 sm bo‘lgan parallelepipedni yelimlab qoplash uchun yetarli bo‘ladimi?
13.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a) 6 sm, 9 sm va 13 sm; b) 8
sm, 12 sm va 15 sm; d)4 sm, 21 sm va 30 sm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.
14.
O‘lchamlari 9 dm, 15 dm va 18 dm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedning
sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 dm
2
yuzani bo‘yash uchun 2 g bo‘yoq kerak bo‘lsa,
parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak bo‘ladi?
15.
10- rasmda to‘g‘ri burchakli parallelepiped berilgan. Uning uchlarini belgilang va
barcha qirralan uzunligini toping. Bu qirralarning qaysilari o‘zaro teng bo‘ladi?
Uning barcha yo‘qlarini yozing va o‘lchamlarini aniqlang. Bu yoqlardan qaysilari
o‘zaro teng bo‘ladi?
16.
Eni 12 sm, bo‘yi 25 sm va balandligi 13 sm bo‘lgan to‘g‘ri
burchakli paralle-
lepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?
6
17.
Qirrasi a ga teng bo‘lgan kub qirralari uzunliklari yig‘indisini hisoblash
formulasini yozing.
18.
Rangli qog‘ozning o‘lchamlari 12 sm va 7 sm. Bu qog‘oz eni 4 sm, bo‘yi 6 sm va
balandligi 2 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepipedni
yelimlab qoplash uchun
yetarli bo‘ladimi?
19.
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning o‘lchamlari: a)3sm, 6 sm va 7sm; b) 11 dm,
13 dm va 13 dm; d) 40 dm, 9 dm va 6 dm bo‘lsa, uning sirti yuzini toping.
20.
O‘lchamlari 40 sm, 30 sm va 20 sm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli parallelepiped
shaklidagi taxta bo‘lagi sirtini bo‘yash kerak. Agar 1 dm
2
yuzani bo‘yash uchun 2 g
bo‘yoq kerak bo‘lsa, parallelepiped sirtini bo‘yash uchun qancha bo‘yoq kerak
bo‘ladi?