Zokirjon saidboboyev


IX-XIII asr boshlarida Movarounnahrdagi mustaqil



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/159
Sana22.03.2022
Hajmi5,6 Mb.
#505525
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Bog'liq
fayl 192 20210327

5. IX-XIII asr boshlarida Movarounnahrdagi mustaqil
davlatlar va ularning siyosiy tarixiy geografiyasi
Arab xalifaligida VIII asr oxiri — IX asrning boshlariga kelib 
siyosiy va ijtimoiy hayotda vujudga kelgan tanazzullar oqibatida 
zaiflashuv yuzaga keldi. Bu vaqtda xalifalar xalq g‘alayonlarini 
bostirishda mahalliy zodagonlardan foydalanadi va bu zodagonlar
108


xizmatlari evaziga biror viloyatning noibi qilib tayinlangan. Bu 
esa mahalliy zodagonlami davlat boshqaruv ishlarida qatnashishi 
uchun imkon beradi. Xuddi shunday jarayonlar vaqtida 
Xurosonda mahalliy aholi vakillaridan bo‘lgan Tohir ibn Husayn 
Xuroson noibligiga o'tiradi. Bu voqea 821 yilda yuz berib, Tohir 
xalifa Ma’munni taxtga chiqishiga yordam bergan edi. Tohir tez 
orada xalifa nomini xutbadan chiqartirib tashlaydi va bu uning 
mustaqillikni e’lon qilishini bildirar edi. Bu yangi sulola 873 yil- 
gacha davom etib, mazkur yilda yana bir mahalliy sulola salforiylar 
tomonidan tor-mor qilinadi.
IX 
asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrda 
somoniylar
sulolasi
paydo bo‘ldi. Bu sulola asoschisi Somon boiib, uning 
xalifalik oldidagi xizmatlari evaziga nabiralariga Movarounnahrning 
turli viloyatlari noiblik sifatida beriladi. Nuhga 
Samarqand',
Ahmadga 
Farg‘ona\
Yahyoga 
Shosh
va 
Ustrushona;
Ilyosga 
Hirot
beriladi. Somoniylar sulolasi noiblariga dastlab Ahmad, 864 yilda 
uning vafotidan so'ng esa o‘g‘li Nasr boshchilik qildi. 873 yilda 
Buxoro aholisining taklifiga binoan bu hudud ham somoniylar 
boshqaruviga o ‘tib, unga Nasrning ukasi Ismoil noib qilib 
tayinianadi. Ismoil Nasrga bo‘ysunmay mustaqil siyosat yurgiza 
boshlaydi. 886 yilda Nasr va Ismoil o'rtasida jang bo‘lib, Ismoil 
yengiladi. Lekin ikki yildan so‘ng bo‘lib o‘tgan keyingi to'qnashuvda 
Ismoil g‘alaba qozonadi va 892 yilgacha, ya’ni akasining vafotigacha 
rasmiy ravishda somoniylar hukmdori sifatida e’lon qilinmaydi. 
Ismoil taxtga o‘tirgach, mamlakatda harbiy, davlat boshqaruvi 
sohalarida islohotlar o‘tkaziladi. Ismoil Somoniy 900 yilda Buxoro 
yaqinida safforiylar qo'shinini mag‘lubiyatga uchratadi va Xuroson 
ham somoniylar davlati tarkibiga kiradi.
Somoniylar davlati ikki ulkan mamlakatni — Movarounnahr 
va Xurosonni o‘z ichiga olgan. Movarounnahrga Amudaryo 
shimolidagi yerlar kirgan. Shulardan Buxoro, Samarqand Sug‘di 
Istaravshan, Choch, Iloq, Farg'ona, Kesh, Nasaf viloyatlari siyosiy 
va madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan edi. Daryolarning 
yuqori oqimi viloyatlaridan Chag'oniyon, Xuttalon, Qubodiyon,
109


Ahorun, Shumon, Vashgird, Rasht, Kumed, Badaxshon, Karon, 
Shikinon, Vaxon, Ro'shon qisman somoniylarga tobe’ edilar. 
Xuroson Amudaryoningjanubida joylashgan Balx, G ‘uzg‘onon, 
Garjiston, Marv, Hirot viloyatlarini o‘z ichiga olgan.
Somoniylar xalifalikdagidek hukmronlik tizimini o'rnatdilar. 
Davlat tepasida amir turgan. Amirlikning m a’muriy tizimi 
quyidagicha bo‘lgan: 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish