Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Tarbiyachiga qanday usuliy yordam ko’rsatiladi va u nazorat
qilinadi?
2. Tarbiyachi faoliyati va ilg’or tajribalarini qanday yorita oladi?
3.Tarbiyachining ixtisoslik bo’yicha malakalari qanday oshiriladi?
4. Tarbiyachi ota-onalar bilan hamkorligi qanday oshiriladi?
5. Bog’chada mudira vazifalari nimalardan iborat?
6. Bog’chada tarbiyachi-usulshunosh vazifalari nimalardan
iborat?
7. Bog’chada tuman xalq ta’limi bo’limi usulshunosi vazifalari
nimalardan iborat?
120
Xulosa
"Til va nutq o’stirish metodikasi"
fani oliy ta'lim tizimida
maktabgacha tarbiya bo’limi talabalari uchun o’quv-usuliy qo’llanma
hisoblanadi. U bo’lajak tarbiyachilarning yosh avlodni har tomonlama
kamol toptirish, ularning nutqini to’g'ri shakllantirish, mashg'ulot
jarayonida ta'lim texnologiyasi va zamonaviy modellarini o’rganishga
qaratilgan.
O’quv-usuliy qo’llanmaning materiallari tugalangan boblar, fasllar
va qismlar asosida yaratilgan. Har bir bob mavzulari so’ngida mavzuni
mustahkamlash savollari keltirilgan. Bu savollar bob va mavzularning
mazmuni,
materiallarini
chuqur
o’rganishga
da'vat
etadi.
Mustahkamlash uchun berilgan savollar fanga oid dalillarga qaratilgan
bo’lib, mashg'ulot jarayonidagi voqealarni bir-biriga qiyoslash, mustaqil
munosabat bildirish va bolalarning nutqini o’stirish faoliyatining
uzviyligini ta'minlashga xizmat qiladi.
O’quv-usuliy qo’llanma maktabgacha ta'lim muassasida nutq
o’stirish jarayonini keng qamrab olganki, unda tarbiyachining
pedagogik faoliyatining asosi bolalarning lug'at boyligini o’stirish,
grammatik nutqini to’g'ri shakllantirish, tovush madaniyatini
tarbiyalash, hikoya qilishga o’rgatish, qayta hikoyalashda monologik
nutqini kamol toptirish, ularni badiiy adabiyot bilan tanishtirish va
maktabda tayyorlashda savodxonlik ta'limini egallashga qaratilgan. Bu
vazifalarni bajarishda har bir ishning mazmuni ta'limning o’ziga xos
metod va usullarini joriy etishga, uni o’rganishni talab etadi.
Ta'lim jarayonining asosiy shaxsi tarbiyachi sanaladi. Shuning
uchun uning pedagogik faoliyatida tarbiyalanuvchi nutqini o’stirish
vazifasi bilan birgalikda, tilshunoslik fani yuzasidan ham har
tomonlama nazariy bilimga ega bo’lish mas'uliyati yuklanadi.
Bolalar nutqini o’stirish keng ko’lamli qat'iy rejaga asoslangan.
Bunda nafaqat tarbiyachi vazifasi, balki bog'cha mudirasi, usulshunos
va tuman usulshunosining ham muhim pedagogik mas'uliyati va
ularning o’zaro hamkorligi, uzviyligi zarurat kasb etadi. O’quv-usuliy
qo’llanmada ana shu shaxslarning bola nutqi rivojidagi burchlari va
vazifalari ham aniq ko’rsatildi.
Bundan tashqari, qo’llanmada talabalarning fan bo’limlari
yuzasidan egallagan bilimlarini atroflicha nazorat qilish, o’z-o’zining
bilimini tekshirish maqsadida test savollari tartib berildi. Test savollari
bo’lim va mavzular doirasida yaratildi.
121
O’quv-usuliy
qo’llanmaning
ijobiy
ahamiyati
shundaki,
bolalarning nutqini o’stirish vazifasi hozirgi davr maktabgacha ta'lim
muassasalari uchun yaratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |