19
1879 yil ingliz tiliga, 1943 yil fors tiliga, 1957 yil rus tiliga, 1968 yil o'zbek tiliga
taijima qilinib, nashr etildi. Asarda turh xalqlarning
kalendartizimi, oy
va
muchal
nomlari, bayramlari, Oy manzillari,
juda ko‘p
meteorologik, fenologik
va
tarixiy
та ’lumotlar, qabilalar
va
joylaming nomlari
yozilgan. Yevropalik sharqshunoslar
bu asarni qisqacha ,,Xronologiya“ deb ataydilar.
„Kartografiya" („Tastih as-suvar va tabtih al-quvar“) 10 varaqdan iborat
risola bo‘lib, xorazmshoh Abul Abbos Ma’munga bag‘ishlangan. Risolaning kirish
so‘zida
astronomiya, kartografiya
va
geografiyaning amaliy ahamiyati
tushuntirilgan.
,,Geodeziya“ („Kitobu tahdidi nihoyot al-amokin li tashih masofat al-
masokin“ — „Turar joylaming oralaridagi masofalami aniqlash uchun joylaming
chegaralarini belgilash haqida kitob“). Bu kitobning bittagina qo‘lyozma nusxasi
mavjud. Unda „23 rajab 426“ yozuvibor; bu-1025 yil 20 oktyabr degani. Kitob shu
yili yozib tugatilgan. Aslida Beruniy uni 1017 yilda Xorazmda yoza boshlab,
Kobulda davom ettirgan va G ‘aznada nihoyasiga yetkazgan.
Kitobning uchinchi bobida dunyo geografiyasi bayon etilgan- shaharlarning
kengliklarini aniqlash, iqlimlarga bo'lish, ulaming chegaralari, okeanlar, dengizlar
va orollaming
taqsimlanishi bayon etilgan, shimolda yashaydigan isu va yugra
qabilalari tilga olingan.
Kitobning beshinchi bobi joylaming geografik uzunligini aniqlash usullariga
bag‘ishlangan. Umuman, bu kitobda taklif qilingan va amalda qo‘llanilgan
o‘lchash uslublari, asboblari o‘rta asrlarda eng ilg‘or usullar va eng ma’qul
asboblar bo'lgan. Beshinchi bobning oxirida ko‘pgina misollar keltirilgan;
jumladan, Bag‘dod bilan Ray, Ray bilan Jurjon, Jurjon bilan Bolxon oraliqlaridagi
meridian farqini aniqlash usuli, Balx va Jurjoniya shaharlarining uzunlik va
kengliklariga asoslanib Omul (Choijo‘y)ning uzunlik va kengligini aniqlash usuli,
Balx bilan Buxoro orasidagi masofani ularning kenglik
va uzun- liklariga qarab
aniqlash usullari va hakozolar berilgan. Olim bir qancha joylarning kenglik va
uzunliklarini shu usullarda aniqlagan.
„Hindiston“ („Kitobi fi tahqiqi molil hind min maqola Maqbula fil aql au
marzula“ — „Hindlarga maxsus narsalarni tushuntirish kitobi“) ni olim 1020 yilda
yoza boshlab, 1030 yilda tamomlagan. Geografiya uchun bu kitobning ahamiyati
katta. Unda umumiy geografik ma’lumotlar (Yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar,
quruqlikning chegarasi, dengiz va quruqliklar, suv ko'tarilishi va qaytishi,
boshlang‘ich meridian tarixi)
bilan birga, Hindiston tabiatining mufassal ta’rifi
(tog‘lari, daryolari, shaharlari, qabilalari, hayvonoti va hokazo), tom ma’nosi bilan
Hindiston tabiiy gegrafiyasi bor. Undagi etnografik ma’lumotlar, din, falsafa, urf-
odatlar ta’rifi mufassal va haqiqiydir.
20
Qoshg‘ariy. Mahmud Qoshg'ariyning umumiy turkiy tillami o'rganish, turkiy
til shevalarining qiyosiy gramatikasini tuzish, folklor va etnografiya sohasidagi
xizmatlari benihoya kattadir. Shu bilan birga, u turli tabiiy fanlar
atamashunosligini yaratishga va geografiya faniga ham katta hissa qo‘shgan.
Mahmud Qoshg'ariy mashhur „Devonu lug‘atit turk“ asarini bundan IX asr awal
yozib qoldirgan bo‘lib, u qimmath tarixiy-geografik
va toponimik manba
hisoblanadi.
Qoshg‘ariyning geografiyasi quyidagilami о ‘z ichiga oladi:
1)
“Devon“da berilgan tabiiy geografik atamalar va ulaming izohi;
2)
„Devonu lug‘atit turk“ka ilova qilingan dunyo kartasi;
3)
,,Devon“da uchraydigan joy nomlari va ulaming izohi;
4)
O`rta Osiyoda uchraydigan ayrim qabilalaming joylashishi haqidagi „aholi
geografiyasi“ga doir ma’lumotlar;
5)
,,Devon“dagi astronomik ma’lumotlar, kalendar tizimi - muchallar va
ulaming tarixi.
Do'stlaringiz bilan baham: