iborat. Ular xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida xizmat ko‘rsatadi. Yoqilg‘i
sanoatining yirik korxonalari Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyatlarida joylashgan.
Neft sanoati yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqla¬ridan biri hisoblanadi
va neftni qayta ishlash korxonalari¬dan tashkil topadi. Hozirgi davrda sanoatning
bu tarmog‘i mamlakat xalq xo‘jaligi va aholining neftga bo‘lgan talabini to‘la
qondirish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Shu sababdan ham bu tarmoqning ahamiyati
beqiyos.
Neftni qayta ishlash sanoati sohasida Oltiariq, Farg‘ona, Buxoro neftni qayta
ishlash zavodlari ishlab turibdi. Farg‘ona zavodi surkov moylar va yonilg‘i ishlab
chiqarishga ihtisoslashgan, ishlab chiqarish bo‘yicha 50
ga yaqin texnologik
qurilmaga ega. Oltiariq neft zavodi esa yonilg‘i yo‘nalishida, Ko‘kdumaloq neft-
gaz koni ochilgandan keyin 1993 yildan Fransiyaning TEKNEP firmasi bilan
hamkorlikda Bu¬xoro viloyatining Qorovulbozor tumanida Buxoro neftni qayta
ishlash zavodi qurilishi boshlandi. Uning yiliga 2,5 mln. ton¬na gaz kondensatini
qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan 1-navbati 1997 yil avgustda ishga tushirildi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida yuqori oktanli benzin, dizel yoqilg‘isi, koks,
parafin, motor moylariga qo‘shilmalar, engil mashinalar uchun motor va surkov
moylari (kompressor, turbina, urchuq moylari), kerosin, bitum,
suyultirilgan neft
gazlari (butan, texnik pro¬pan va b.), mazut kabi 50 dan ortiq turdagi neft
mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yangi mahsulot turlari ishlab chiqarish dasturiga
muvofiq yangi texnologiyalar o‘zlashtirilmoqda.
Yoqilg‘i sanoatining eng muhim tarmoqlaridan biri gaz sanoati hisoblanadi.
Gaz yoqilg‘ining juda arzon turi, iqtisodiyotning barcha sohalarida keng
foy¬dalanish mumkinligi hamda ekologik jihatdan ustunligi tufayli unga bo‘lgan
talab kundan-kunga o‘sib bormoqda. Agar 1940 yilda respublikada atigi 0,7 mln.
m3 tabiiy gaz qazib olingan bo‘lsa, hozirgi paytda u 68 mlrd. m3 ni tashkil etadi.
Gazning respublikada qazib olinayotgan yoqilg‘i balansidagi hissasi 90,1
foizga
teng.
Respublika neft va gaz sanoatini rivojlantirishning uzoq, davrga mo‘ljalangan
konsepsiyasi ishlab chiqilgan va u izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Yoqilg‘i sanoatining yana bir muhim tarmog‘i bu ko‘mir sanoatidir.
O‘zbekiston Respublikasi qidirib topilgan 2 milliard tonna ko‘mir zahiralariga ega.
Ko‘mir qazib olish va yetkazib berish ishlari bilan «Ko‘mir» aksiyadorlik
birlashmasi shug‘ullanadi. Angren konida qo‘ng‘ir ko‘mir, Sharg‘un va Boysun
konlarida toshko‘mir qazib olinadi. Ko‘mir konlari korxonalar tomonidan turli
usullarda o‘zlashtirilayotir: ochiq usulda, er osti va er
ostini gazlashtirish usuli
bilan (Nou-Xau). Ko‘mir energetika maqsadlarida va maishiy yoqilg‘i sifatida
ishlatiladi. Ko‘mirni qayta ishlashdan chiqqan chiqindi organik va mineral
o‘g‘itlarga aylantiriladi.
Konlardan chiqqan ko‘mirlar sifatli yonilg‘i, qimmatbaho hamda kamyob
materiallarning turli xillarini olish uchun xom ashyodir. U masalan, koks briketa,
motor yonilg‘isi, kalsiy kar¬bidi, sorbent qora va rangli metallurgiyada uglerodli
qo‘shimchalar sifatida ishlatiladi.
Ko‘mir
qazib olish jarayonida kaolin, ohak, kvars qumlari, ko‘mir kukuni,
kamyob er elementi (germaniy), shag‘al va boshqa foydali qazilmalar olinadi.
Yaxshi xom ashyo, ko‘pdan sinalgan ekin maydonlarning bisyorligi, suv
hamda elektr va issiqlik energiyasi, temir yo‘llarning
mavjudligi, stansiyalarning
yaqinligi va xalqaro ayeroportlar borligi ishlab chiqarish sanoat kompleksini
bunyod etishda qo‘l keladi. Shuningdek, qazib olingan va boyitilgan kaolin, chinni
fayans va sopol buyumlar, o‘tga chidamli va qurilish g‘ishtlari, tom yopqichlar,
drenaj va kanalizatsiya quvurlari, xo‘jalik va manzarali chinni buyumlar, shisha va
shisha idishlar, elektr izolyatorlari ham bu ishda yordam beradi. Bundan tashqari,
kao¬lin qog‘ozsozlik,
rezina-texnika, plastmassa sanoatida, shuning¬dek,
kosmetika va boshqa maqsadlarda ishlatish uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston hududining geologik xususiyatlari qo‘shimcha foydali
qazilmalarni o‘zlashtirish va ularni qayta ishlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Ayniqsa, yonuvchi slanets, ohak, bezakli tosh konlarini o‘zlashtirish ko‘pchilikni
qiziqtiradi. Keramzit,
absorbent, o‘g‘it va g‘isht ishlab chiqarish uchun yuqori
sifatli loylar tayyorlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: