O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bolib, ushbu hujjat O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‗n ikkinchi chaqiriq
XI sessiyasida. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi suveren O‗zbekiston
Respublikasi ijtimoiy hayotining muhim tomonlarini konstitutsiyaviy jihatdan tartibga solishning umumiy prinsiplarini
mustahkamladi, davlat boshqaruvining mohiyatini belgilab berdi.
―Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obro‗ – e‘tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi‖. ISLOM KARIMOV. ―O‗zbekiston Respublikasi davlql hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi ijro etuvchi va sud hokimiyatiga
bo‗linishi prinsipiga asoslanadi‖.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda. Konstitutsiyaning o‗ziga xos xususiyatlari: 1.ushbu hujjat huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini, hozirgi
zamon konstitutsiyaviy ilmini o‗zida mujassam etgan; 2. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‗zbek xalqi
madaniyati va an‘analarining chuqur ildizlariga suyangan; 3. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan
yangi, prinsipial siyosiy hujjat.
Davlatimizning Asosiy qonunini qabul qilinishida o‗ziga xos huquqiy pretsedent hisoblangan ijtimoiy-siyosiy tadbir, ya‘ni
ikki marotaba konstitutsiya loyihasining xalq muhokamasidan o‗tkazilishi bunga yorqin dalildir. Bundan tashqari,
Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillaridan biri jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarining xalq
muhokamasidan o‗tishi lozimligi to‗g‗risidagi qoida O‗zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligining to‗la qaror
topganligini anglatadi.Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‗zlashtirish, hokimiyat
idoralari faoliyatini to‗xtatib qo‗yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi
va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‗ladi.O‗zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi
va Prezidenti ish olib borishi mumkin.Davlat o‗z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‗zlab, ijtimoiy adolat va
qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzumning asosiy shartlaridan biri bo‗lmish
xalq hokimiyatchiligini mustahkamlab beradi.Konstitutsiyada O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy
organlarining tuzilishi, hokimiyatlarning bo‗linish tamoyili asoslab berilgan.Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi -
huquqiy davlatning eng muhim belgilaridandir. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson
huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi.
“O„zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatiardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalardan mustaqil holda ish yuritadi”. O‟ zbekislon Respublikasining Konstitutsiyasi, 106- modda. “O„zbekiston Respublikasi