Rеjа: Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi


Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana20.03.2022
Hajmi0,9 Mb.
#503545
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5269459705759012574

 
4. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari. 
Zararli 
moddalar inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ayrimlarining oz miqdori ham 
kasb kasalligi yoki jarohat keltirib chiqarishi mumkin. Shunga ko‘ra, ya’ni zararli moddalar 
inson organizmiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab, GOST 12.1.007-76 - «Zararli moddalar. Sinflari 
va xavfsizlikning umumiy talablari» bo‘yicha quyidagi sinflarga bo‘linadi: 
I - juda yuqori xavfli - РЭЧМ <0,1 мг м3; 
II- yuqori xavfli - 0,1 < РЭЧМ <1,0 мг м3 ; 
III- xavfli (o‘ldiradigan) - 1,0 < РЭЧМ <1,0 мг м3; 
IV- kichik xavfli - RECHM > 10,0 мг м3. 
Ishlab chiqarish muhiti havosidagi zararli omillarni inson salomatligiga zararli ta’sirini 
kamaytirish maqsadida ularga ma’lum chegara-ruxsat etilgan chegaraviy meyor (RECHM) 
belgilanadi. 
Xonadan atmosfera havosiga chiqariladigan moddalar imkoni boricha tozalab chiqarilishi 
kerak. Bu zararli moddalarning havodagi konsentratsiyalari RECHMdan oshib ketmasligiga 
alohida e’tibor berilishi zarur. 
Xonaga kiritiluvchi havo tarkibidagi zararli moddalar miqdori 0,3 q RECHM dan 
oshmasligi kerak. 
Zararli ishlab chiqarish
- bu shunday ishlab chiqarish omilki, uni ta’siri natijasi xodimni 
kasallanishiga olib keladi. Xavfli ishlab chiqarish omili bu shunday ishlab chiqarish omilki, uni 
ta’siri natijasi xodimni shikastlanishiga olib keladi. 
Mehnat sharoitlarini zararlik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha tasnifi quyidagicha: 
Optimal mehnat sharoitlari 
(1 sinf) - ishlovchilarni bunday sharoit - larda sog‘lig‘i 
saqlanadi va ish unumdorligini yuqori darajada bo‘lishiga imkoniyatlar yaratiladi. Boshqa 
omillar uchun optimal deb shartli ravishda shunday mehnat sharoitlari olinadiki, noqulay omillar 
yo‘q bo‘ladi yoxud aholi uchun xavfsiz deb topilgan darajadan yukori bo‘lmaydi. 
Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari (2 sinf) –
 
ish joylari uchun muhitni omillari va mehnat 
jarayoniga belgilangan gigiyenik normativi yukori bo‘lmagan sharoitlar, tanadagi funksional 
o‘zgarishlar esa belgilangan tartibdagi dam olish vaqtida tiqlanadi yoki keyingi smena 
boshlanishiga tiqlanadi, ishlovchilarning yakin va uzoq kelajagda sog‘lig‘iga va ularning 
avlodiga salbiy ta’sir etmaydi. Ruxsat etilgan mehnat sharoitlari shartli ravishda xavfsizdir. 
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) –
belgilangan gigiyenik normativdan yukori bo‘lgan 
zararli ishlab chiqarish omillari mavjudligi bilan ta’riflanadi va ta’siri natijasida ishlovchilarni 
tanasi yoki uning avlodiga salbiy ta’sir etadi. 
Xavfli (ekstremal) mehnat sharoitlari (4 sinf) -
shunday ishlab chiqarish omillar darajasiki,
ish smenasi davomida (yoki uning qismida) hayot uchun xavf yaratadi yoki yuqori xavf-xatarli
o‘tkir kasbiy shikastlanishga , shu jumladan og‘ir turlariga, olib boradi. 
Zararli mehnat sharoitlari (3 sinf) -
gigiyenik normativlar darajasidan oshib ketishi va 
ishlovchilar organizmidagi o‘zgarishlarni ifodalovchi 4 ta zararlik darajasiga ega:
1-daraja 3 sinf (3.1) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari 
ta’sirida ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, sog‘lig‘iga shikast 
/
/
/
/


yetkazish xavf-xatari ko‘payadi, odatda zararli omillar ta’siri (keyingi smena boshlanishi)dan 
ham muddati ko‘proq bo‘lgan dam olishdan keyin, tiklanadi. 
2-daraja 3 sinf (3.2) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari 
ta’sirida ishlovchi organizmida funksional o‘zgarishlarga olib boradi, kasb kasalligining 
boshlang‘ich alomatlari yoki yengil turlari (kasbiy mehnat qobiliyatini yo‘qotmasdan), davomli 
ekspozitsiyadan keyin (ko‘pincha 15 va undan ortiq yillardan keyin) paydo bo‘ladi. 
3-daraja 3 sinf (3.3) - shunday mehnat sharoitlarki, muhit va mehnat jarayoni omillari 
ta’sirida ishlovchi organizmida turg‘un funksional o‘zgarishlarga olib keladi, ko‘pincha ish 
faoliyati davomida kasb kasalligini yengil va o‘rta darajali turlari rivojlanishiga (kasbiy mehnat 
qobiliyati yo‘qoladi) olib boradi. (5-jadval). 
4-daraja 3 sinf (3.4) - shunday mehnat sharoitlarki, bunda kasb kasaligini og‘ir shakllari
paydo bo‘ladi (umumiy mehnat qobiliyati yo‘qoladi). 
GOST 12.0.003-74 ga asosan xavfli va zararli omillar o‘z ta’siriga qarab quyidagilarga 
bo‘linadi:

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish